K. N. Gafurovning umumiy tahriri ostida nashr etiladi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.07.2022
Hajmi1,25 Mb.
#839671
Bog'liq
rivojlantiruvchi o yinlar original



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA
YO‘NALTIRISH VA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK 
RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING 
TARBIYALANUVCHILARI UCHUN 
RIVOJLANTIRUVCHI O‘YINLAR MAJMUASI 
TOSHKENT 2013-YIL 


t.me/@MTMpsixologi 

Maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar 
majmuasi 
Tuzuvchilar:
M.Roziqova 
K.Umarova 
N.Murodova
K.N.Gafurovning umumiy tahriri ostida nashr etiladi. 
Taqrizchilar: N.Xalilova 
H. Usmonova 
«Maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchmlari uchun rivojlantiruvchi 
o‘yinlar majmuasi» da maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini bilish 
jarayonlarini rivojlantirish, maktab ta’limiga ilk o‘quv motivlarini o‘yinlar va mashqlar 
orqali hosil qilish bo‘yicha qo‘rsatmalar berilgan. 
Ushbu metodik qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim muassasasi psixologlari, tarbiyachilari, 
ota-onalar foydalanishlari mumkin. 
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik – pedagogik Respublika tashxis 
markazi ilmiy metodik Kengashining 2013 yil 5 iyul 2 -sonli qarori bilan tasdiqlangan. 


t.me/@MTMpsixologi 

So‘z boshi
Maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim 
sharti ular bilan ishlash chog‘ida qo‘llanayotgan metod va tarbiya shakllarining bolalar 
psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir.ta’lim tarbiya jarayonida asosan didaktik 
o‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiq.
Bolalar bog‘chasida ta’lim olishlari uchun ta’lim jarayoni ularning tabiiy rivojlanishi 
bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. 
Bu metodikani o‘tkazishdan maqsad bilim, ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirishdan iborat. Rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlarining mazmuni bolaning 
psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, 
harakat sohasi, ixtiyoriy xulq-atvori, ya’ni bola tomonidan asl o‘quv dasturini 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy 
sifatlarni takomillashtirishdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasining tarbiyalanuvchilari maktabdagi ta’limga 
bog‘chadan boshlab, tayyorlanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yetakchi faoliyat 
o‘yin faoliyati hisoblansada, 5-6 yoshdan boshlab ularni ta’limni keyingi bosqichiga 
tayyorlash ishlari boshlanadi. 5-6 yoshli bolalar maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan 
tayyor, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, matematik va fazoviy tasavvur, guruhlantirish, 
umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunda ularga maktabgacha 
tarbiya muassasalari tarbiyachilarm va ota-onalarning yordami muhim sanaladi.
Ushbu «Rivojlantiruvchi o‘yinlar» majmuasi 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash maqsadida e’tiboringizga havola etilmoqda.
Majmuadan o‘rin olgan mashg‘ulotlar bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari, 
diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, hotirasi, predietlarni guruhlashtirish va umumlashtirish 
qoliyatlarini rivojlantirib borishni ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida bolalar bilan samimiy, erkin muloqatda 
bo‘lish, ularga mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni 
yaratish, bolalarning qobiliyatlarini holisona baholash muhim omillardan biri sanaladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlangan ushbu 
rivojlantiriuvchi o‘yinlarni qo‘llashda muassasa psixologi, tarbiyachilar, ota-onalar 
hamkorlikda ishlashlari zarur.


t.me/@MTMpsixologi 

Mayda qo‘l motorikasini rivojlantiruvchi mashq. 
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning qo‘l motorikasi, tafakkuri va 
idrokini rivojlantirishga yordam beradi. Bu mashg‘ulotda bola rasmdagi nuqtalarni 
qalam bilan birlashtiradi hamda shaklni davom ettiradi. Metodika 5-6 yoshdagi bolalar 
uchun mo‘ljallangan.
Metodika quyidagicha o‘tkaziladi:
Bolaga avval 
A) 
variantda berilgan 
aylanalarni qalam bilan birlashtirish taklif etiladi. Mashg‘ulot davomida nuqtalarni 
birlashtirishdagi nuqsonlar kuzatib boriladi. Rasmni chizish uchun 5 daqiqa vaqt 
ajratilgan. Bola topshiriqni qay darajada bajarganiga qarab unga keyingi 
B) 
ya’ni 
barglarning rasmini chizish vazifasi beriladi. Buning uchun bolaga 8 daqiqa vaqt 
ajratiladi. 
S) 
variantdagi topshirig‘imiz murakkabroq berilgan bo‘lib, unda tafakkur va 
idrok jarayonlarining qay darajada rivojlanganligi aniqlanadi. Konvertlarni chizish uchun 
5-8 daqiqa vaqt beriladi.
Ko‘rsatma:
Siz hozir quyida keltirilgan rasmlarni qalam bilan birlashtirib chiqing. 
Belgilangan nuqtalardan tashqariga chiqmasdan chizishga harakat qiling.
Natijalar tahlili: 
Agar bola berilgan rasmlarni o‘z vaqtida tartib bilan birlashtirsa, 9 ball beriladi. 
Agarda vaqtidan biroz o‘tib ba’zi joylarida belgilangan nuqtalardan chiqib ketsa 6 ball 
beriladi. Belgilangan muddatdan o‘tib notekis bo‘yab birlashtirsa 3 ball beriladi. 
Rivojlanganlik darajasi: 
9 ball bolaning qo‘l motorikasi, idroki va tafakkuri me’yorida rivojlangan. 
6 ball biroz sustroq. Qo‘l motorikasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha mashqlar 
tavsiya etiladi. 
3 ball yaxshi rivojlanmagan, qo‘l motorikasini rivojlantirish uchun korreksion 
rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar talab etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 

A.
B.
S.


t.me/@MTMpsixologi 

“Berkitilgan shakllarni top” metodikasi 
Mazkur metodika maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘chishi va idrokini 
aniqlashda qo‘llash mumkin. 
Metodika materiali
: turli geometrik shakllar.
Ko‘rsatma:
Quyida turli xil geometrik shakllar berilgan. Xar bir shaklning 
nechtadan keltirilganini aniqlang va sanang.
Natijalar tahlili: 
Agar bola berilgan shakllarni 10 daqiqa ichida barchasini to‘g‘ri topsa 10 ball 
beriladi. Agar 10 tasini topsa 8 ball, keltirilgan shakllarni 7 tasini topsa 5 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
10 ball- bola diqqatining ko‘chishi va idroki me’yorida rivojlangan. 
8 ball- rivojlanish darajasi biroz past. Diqqat va idrokini rivojlantiruvchi mashqlarni 
ko‘proq o‘tkazish tavsiya etiladi.5 ball- yaxshi rivojlanmagan, bolaning diqqat va 
idrokini rivojlantiruvchi korreksion mashqlar tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 

“Predmetlarni joyini top” metodikasi. 
Mazkur metodika 5- 6 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, predmetlarni 
guruhlashtirish, umumlashtirish va ketma-ketligini hamda diqqat va idrokining 
rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Metodika materiali
: turli xil geometrik shakllar tasvirlangan rasmlar. Metodika 
uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ko‘rsatma:
Quyida turli xil predmetlar rasmlari berilgan. Siz ushbu 
predmetlarning shakliga qarab o‘z o‘rniga joylashtiring. 
Natijalar tahlili: 
Agar bola berilgan 12 ta predmetni 10 daqiqa ichida to‘g‘ri joylashtirib chiqsa, 10 
ball beriladi.
Agar 8-10 tasini topsa 8 ball, predmetlarni noto‘g‘ri, o‘rnini almashtirib 
joylashtirsa 4 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
10 ball- bolaning predmeilarni guruhlashtirish va umumlashtirish qobilyatlari hamda diqqati va 
idrokining rivojlanganlik darajasi yaxshi. 
8 ball- biroz past. Predmetlarni guruhlashtirish, umumlashtirish qobilyatlari va diqqati hamda 
idrokini rivojlantirish bo‘yicha mashqlarni ko‘proq o‘tkazish tavsiya etiladi. 
4 ball- yaxshi rivojlanmagan, guruhlashtirish, umumlashtirish qobilyatlari diqqat hamda idrokni 
rivojlantiruvchi korreksion guruhlarga tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 

“Nima tasvirlanganligini top” metodikasi 
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning idrokini o‘rganishga 
mo‘ljallangan. Buning uchun bola rasmning bir necha qismlari yordamida butun rasmni 
yasashi talab qilinadi. 
Metodika materiali
: baliq rasmi noto‘liq va to‘liq tasvirlangan 4 ta rasm. 
Ko‘rsatma:
Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatiladi va shu asosda rasmda nima 
tasvirlanganini topish taklif etiladi. Buning uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar bolalar 
bu vaqt ichida rasmda nima tasvirlanganini topa olmasa yana 10 soniyaga unga rasmning 
B qismi ko‘rsatiladi. Shu tariqa rasm qismlari to bola unda nima tasvirlanganini 
bilmagunicha ko‘rsatiladi.
A) B)
V)
G)
Natijalarni baholash: 
Bola A qismdan, 10 soniya vaqt davomida rasmda baliq tasvirlanganligini topsa 
10-ball beriladi. 
Bola B qismdan, jami 11-20 soniya vaqt sarflab rasmda baliq tasvirlanganligini 
topsa 7-9 ball beriladi. 
Bola V qismidan, vaqt 21-30 soniyaga yetganda rasmda baliq tasvirlanganligini 
topsa 4-6 ball.
Bola G qismdan, 30-40 soniya vaqt davomida baliq tasvirlanganligini topsa 2-3 
ball beriladi. 
Bola 50 soniyadan ortiqroq vaqt davomida A,B va V qismlarni ko‘rib ham baliq 
tasvirlanganini topa olmasa 0-1 ball beriladi. 
Rivojlanganlik darajasi: 
10 ball bola idroki juda yuqori darajada rivojlangan, 8-9 ball yaxshi, 4-7 ball o‘rta, 
2-3 ball past, 0-1 ball juda past.


t.me/@MTMpsixologi 

“Nuqtalarni birlashtiring” metodikasi 
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, idrok, tafakkur va 
mayda qo‘l motorikasini rivojlanishini o‘rganadi. Buning uchun bola rasmning chap 
tomoniga qarab o‘ng tomondagi nuqtalarni birlashtirishi kerak. Metodikani bajarish 
uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Metodika materiali: 
nuqtalarni birlashtirib shakl hosil qilinishi kerak bo‘lgan 
rasm. 
Ko‘rsatma: 
Quyidagi rasmni chap tomoniga mos tarzda, o‘ng tomonidagi 
nuqtalarni birlashtiring.
Natijalarni baholash: 
Bola barcha nuqtalarni belgilangan vaqt mobaynida chap tomondagi rasmga mos tarzda 
birlashtirsa 8-10 ball beriladi. 
Bola belgilangan vaqt mobaynida 3 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 6-7 ball beriladi. 
Bola belgilangan vaqtdan o‘tib 2 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 4-5 ball beriladi.
Bola belgilangan vaqt mobaynida 1 ta rasmdagi nuqtalarni birlashtirsa 2-3 ball beriladi. 
Bola belgilangan vaqtdan o‘tib nuqtalarni notekis, noto‘g‘ri birlashtirsa 0-1 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
8-10 ball- Bolaning diqqati, idroki, tafakkuri va kichik qo‘l motorikasi yuqori 
darajada rivojlangan, 6-7 ball- yaxshi darajada rivojlangan, 4-5 ball- o‘rta darajada 
rivojlangan, 2-3 ball- past darajada rivojlangan, 0-1 ball- juda past darajada rivojlangan. 


t.me/@MTMpsixologi 
10
“Shakllarni o‘chiring” metodikasi 
Quyidagi metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, diqqat, idrok, 
matematik va fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlanganlik darajasini aniqlashga 
yordam beradi. Metodika davomida bola namunada keltirilgan shakllarni jadvaldan topib 
o‘chirishi kerak. Topshiriqni bajarish uchun 6 daqiqa vaqt ajratilgan. 
Metodika materiali: 
ichida turli shakllar chizilgan aylanalar. 
Ko‘rsatma: 
Namunada berilgan shakllarni pastdagi jadvaldan toping va o‘chiring.
Natijalarni baholash: 
Bola barcha shakllarni belgilangan vaqt davomida topsa va o‘chirib chiqsa 5-6-ball 
beriladi. 
Bola belgilangan vaqtdan o‘tib shakllarni topsa va o‘chirsa 3-4 ball beriladi. 
Bola belgilangan vaqt davomida berilgan shakllarni barchasini topa olmasa va 
topshiriqni yakunlay olmasa 1-2 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
5-6 ball- Bolaning diqqati, idroki, matematik va fazoviy tasavvuri hamda mantiqiy 
tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 3-4 ball- yaxshi rivojlangan, 1-2 ball- past 
rivojlangan. 


t.me/@MTMpsixologi 
11
“Bu kimning uychasi?” metodikasi 
Metodika diqqat, idrok va xotiraning rivojlanganlik darajasini aniqlashga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, 4-6 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.
Bolalarga 10 soniya vaqt davomida avval 1-rasm ko‘rsatiladi. Unda hayvonchalar 
o‘zlarining uychalarida joylashtirilgani ko‘rsatilgan. So‘ng rasmni olib qo‘yib, 
hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan 2-rasm ko‘rsatiladi. Bola 
hayvonchalarni qaysi uyda yashashini topib, uycha bilan hayvonchani qalam bilan 
birlashtirib qo‘yishi lozim. Buning uchun bolaga 40 soniya vaqt beriladi.
Metodika materiali: 
Hayvonchalar va ularning uychasi chizilgan rasm. 
Ko‘rsatma: 
Hozir sizga 1-rasm ko‘rsatiladi, siz qaysi hayvoncha qaysi uychada 
joylashganligini yaxshilab ko‘rib olishingiz lozim. So‘ng rasm olib qo‘yiladi va 2-rasm 
ko‘rsatiladi. 2-rasmda hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan. Siz har bir 
hayvonchaga uychasini topib bering va qalam bilan birlashtiring.
1-rasm. 


t.me/@MTMpsixologi 
12
2-rasm 
Natijalarni baholash: 
Bola belgilangan vaqt davomida barcha hayvonchalar uychalarini to‘g‘ri topsa va 
birlashtirsa 8-ball beriladi. 
Belgilangan vaqt mobaynida 3 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va 
birlashtirsa 6-7 ball beriladi. 
Belgilangan vaqt mobaynida 2 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va 
birlashtirsa 4-5 ball beriladi. 
Belgilangan vaqt mobaynida 1 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va 
birlashtirsa 2-3 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
8 ball- Bolaning diqqat, idrok va xotirasi yuqori darajada rivojlangan, 6-7 ball- 
yaxshi rivojlangan, 4-5 ball- o‘rtacha rivojlangan, 2-3 ball past rivojlangan. 


t.me/@MTMpsixologi 
13
“Qarama-qarshi juftliklarni birlashtir” metodikasi 
Metodika diqqat, idrok, mayda qo‘l motorikasi, fazoviy tasavvuri va tafakkurini 
rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Metodikani bajarish davomida 
bolaga qarama-qarshi juftliklarni topish va ularni qalam bilan birlashtirish vazifasi taklif 
etiladi. Metodika 4-6 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. 
Metodika materiali
: qarama-qarshi juftliklar berilgan rasm. 
Ko‘rsatma: 
Quyidagi rasmda berilgan qarama-qarshi juftliklarni topib 
birlashtiring.
Natijalarni baholash: 
Bola barcha qarama-qarshi juftliklarni belgilangan vaqt davomida topsa va 
birlashtirsa 10-ball beriladi. 
Bola berilgan qarama-qarshi juftliklarni o‘z vaqtida topib birlashtirishga ulgura 
olmasa 7-8 ball beriladi. 
Qarama-qarshi juftliklarni topishga qiynalsa, aksariyatini noto‘g‘ri topsa 5-6 ball 
beriladi. 
Qarama-qarshi juftliklarning 1 ta juftini to‘g‘ri topsa 3-4 ball beriladi. 
Qarama-qarshi juftliklarni hech qaysi birini to‘g‘ri topa olmasa 0-2 ball beriladi.
Rivojlanganlik darajasi: 
10 ball- bolaning diqqat, idrok, kichik qo‘l motorikasi, fazoviy tasavvuri va 
tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 7-8 ball- yaxshi rivojlangan, 5-6 ball- o‘rtacha 
rivojlangan, 3-4 ball past rivojlangan, 0-2 ball juda past rivojlangan.


t.me/@MTMpsixologi 
14
«Shakllarni birlashtir» metodikasi 
Maqsad:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sezgi, idrok, va tafakkur, jarayonlarini 
rivojlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish. 
Metodika jihozi:
bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan turli predmetlar va shakllar 
chizilgan jadval beriladi. 
Metodikani o‘tkazish tartibi: 
Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib individual, yoki 5-6 ta bola bilan olib borilishi mumkin. 
Ko‘rsatma:
Bolaga namunada berilgan beshta shaklga mos keluvchi shakllarni pastdagi 
jadval ichidan topish va qalam bilan birlashtirish vazifasi topshiriladi. Topshiriqni 
bajarish uchun 30-50 daqiqa vaqt beriladi. 
Natijalarni baholash: 
Har bir to‘g‘ri topilgan javobga 2 balldan jami 10 ball. 
Bola 30 soniya davomida 5 ta shaklni topib birlashtirsa 10 ball. 
Bola 30 soniya davomida 4 ta shaklni topib birlashtirsa 8 ball. 
Bola 50 soniya davomida 3 ta shaklni topib birlashtirsa 6 ball. 
Bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 2 ta shaklni topib birlashtirsa 4 ball. 
Bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 1-0 shaklni topib birlashtirsa 2-0 ball. 
Rivojlanganlik darajasi: 
10 ball-bolaning sezgi, idrok va tafakkuri yuqori darajada rivojlangan, 8 ball yaxshi, 6 
ball o‘rta, 4-ball past, 2-0 ball-juda past. 
4 va undan past ball to‘plagan bolalar korreksion guruhlarga tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 
15
“Juftini top” metodikasi 
Maqsad:
maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, sezgi, idroki va tafakkur 
jarayonlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish. 
Metodika jihozi:
Turli shakllar va predmetlar chizilgan jadval. 
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, individual yoki kichik guruhlarda olib borish mumkin. 
Ko‘rsatma:
Bolaga turli shakllar va predmetlar chizilgan jadval beriladi. Namunada 
berilgan predmet va shakllar juftini toping. Topshiriqni bajarishga 40-50 soniya vaqt 
ajratiladi. 
Natijalarni baholash: 
Har bir to‘g‘ri topilgan shakl va predmetlarga 2 balldan jami 10 ball, 
10 ball bola 40 soniya davomida 5 ta shakl va predmetlar juftini topsa, 
8 ball bola 40 soniya davomida 4 ta shakl va predmetlar juftini topsa. 
6 ball bola 50 soniya davomida 3 ta shakl va predmetlar juftini topsa, 
4 ball bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 2 ta shakl va predmetlar juftini topsa. 
2-0 ball bola 50 soniyadan ko‘p vaqt davomida 1-0 ta shakllarni topib birlashtirsa. 
Rivojlanganlik darajasi: 
10-ball bolaning diqqat, sezgi, idrok, va tafakkuri yuqori darajada rivojlangan,
8-ball- yaxshi,
6-ball o‘rta, 4-ball-past, 
2-0 ball juda past.
4 va undan past ball to‘plagan bolalarga qo‘shimcha mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 
16
«Bo‘laklarni top» metodikasi 
Maqsad:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqat, xayol va tafakkur jarayonlarini 
rivojlanganlik darajasini aniqlash va rivojlantirish. 
Metodika jihozi:
Turli predmetlar va mevalar rasmlari chizilgan rasm va rasm 
bo‘laklari. 
Metodikani o‘tkazish tartibi: 
Bu metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, individual yoki kichik guruhda olib borish mumkin. 
Ko‘rsatma:
Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan rasm va alohida kesilgan rasm 
bo‘laklari chizilgan jadval beriladi. Namunada berilgan rasmlarga pastdagi jadvaldan 
mosini tanlang va qalam bilan birlashtiring. Topshiriqni bajarishga 30-40 soniya vaqt 
ajratiladi. 
Natijalarni bahodash: 
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan jami 10 ball. 
10 ball bola 30 soniya davomida 4 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 
7,5 ball bola 30 soniya davomida 3 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 
5,5 ball bola 40 soniya davomida 2 ta bo‘lakni to‘g‘ri birlashtirsa. 
2,5 0-ball-bola 40 soniya davomida bo‘laklarni to‘g‘ri birlashtirsa. 
Rivojlanganlik darajasi: 
10-ball-bolaning diqqati, xayol va tafakkuri yuqori, 7,5 ball-yaxshi, 5,5-ball o‘rta, 2,5-0 
ball-juda past. 
2 va undan past to‘plagan bolalar bilan korreksion guruhlarga 
tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 
17
«Eslab qolamiz» metodikasi 
Maqsad:
Bolalarning xotirasini, tasavvurini va qo‘l matorikasini rivojlantirish. 
Metodika jihozi:
Predmetlarning rasmi, oq qog‘oz va qalam. 
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Metodikani 5-6 yoshdagi bolalar bilan olib borish 
mumkin. Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan oq qog‘oz va qalam beriladi. 
Ko‘rsatma:
Bolaga rasmdagi predmetlarni eslab qolishlari uchun 30-50 soniya daqiqa 
vaqt beriladi. Predmetlarning rasmini oq qog‘oz bilan yopib, ularni eslab qolgan rasmini 
chizish kerakligi tushuntiriladi. 
Natijalarni baholash: 
Har bir to‘g‘ri chizilgan rasm uchun 2 balldan jami 12 ball. 
12 ball bola 30 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 
10 ball bola 30 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 
8 ball bola 50 soniya davomida eslab qolgan rasmlarnip chiziyu bersa. 
6 ball bola 50 soniya davomida eslab qolgan rasmlarni chizib bersa. 
4 ball 50 soniyadan qo‘p vaqt davomida rasmlarni chizib bersa. 
Natijalar tahlili: 
12 ball bolaning xotirasini, tasavvurini va qo‘l matorikasi yuqori darajada rivojlangan, 10 
ball yaxshi, 8 ball o‘rta, 4 ball juda past. 
4 va undan past ball olsa xotirasini rivojlantirish bo‘yicha korreksion guruhlarga 
tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 
18
«Kunning qaysi vaqtligini aniqlash» metodikasi 
Maqsad:
Bolalarning diqqat, xotirasi, tafakkur va tasavvurini aniqlash va tahlil qilish. 
Metodika materiali:
Kunning turli vaziyatlari tasvirlangan rasm. 
Metodikani o‘tkazish tartibi:
bu metodika 4-5 yosh bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
individual tarzda olib borgan maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ko‘rsatma:
Jadvaldagi rasmlarga diqqat bilan qarang. Bola harakatlariga mos bo‘lgan 
yonidagi jadvaldan kunning qaysi vaqtligini toping va qalam bilan birlashtirib qo‘ying. 
Natijalarni baholash. 
10 ball bola rasmlarni bir-biriga bog‘liq holda to‘g‘ri belgilay olsa; 
8 ball bola rasmlarning bir-biriga bog‘liq holda, umumiy belgilar bo‘yicha belgilay olsa; 
6 ball bola rasmlar orasidagi bog‘liqlikni, faqat 2- ta belgilay olsa; 
4 ball bola rasmlar orasidagi faqat 1-2 ta bog‘liqlikni aniqlab bera olsa; 
2 ball bola rasmlar orasidagi bog‘liqlikning birortasini ham to‘g‘ri aniqlay olmasa. 
Natijalar tahlili
10-ball bolaning diqqati, xotira va tafakkurini yuqori darajada rivojlangan; 
8-9 ball yaxshi, 6-7 ball o‘rtacha, 4-5 ball past, 0-3 ball juda past. 
4 va undan past ball to‘plagan bolalar bilan individual shug‘ullanish uchun 
korreksion guruhlarga tavsiya etiladi. 


t.me/@MTMpsixologi 
19


t.me/@MTMpsixologi 
«
Maqsad:
Bolaning diqqat, sezgi
Metodika jihozi:
Bolaga oldindan
beriladi. 
Metodikani o‘tkazish tartibi
individual tarzda o‘tkaziladi. 
Ko‘rsatma:
Bola rasmda tasvirlangan
rasmga qarab, qaysi bir predmet
davomida) tushuntiring. 
10 ball bola o‘ziga berilgan topshiriqni
uchun ortiqcha ekanligini sharhlab
8-ball bola topshiriqni 1 daqiqadan
6-ball bola topshiriqni 1,5 daqiqadan
to‘g‘ri topa olsa; 
4,5 ball bola topshiriqni 2 daqiqa
to‘g‘ri topa olsa; 
2-0 ball bola ortiqcha predmetni
10-ball bolaning diыыati, sezgi
ball-yaxshi, 6-ball o‘rta, 4-2 ball
4 va undan kam ball to‘plagan
korreksion guruhlarga tavsiya
20
«Ortiqchasini top»
 
metodikasi 
sezgi, idrok, va tafakkurini rivojlanganligini
oldindan tayyorlab qo‘yilgan turli predmetlarning
tartibi:
 Bu metodika 4-5 yosh bolalar uchun
 
tasvirlangan predmetning nomini izohlab
predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha
Natijalarni baholash. 
topshiriqni 1 daqiqadan kam vaqtda bajarib
sharhlab bera olsa; 
daqiqadan 1,5 daqiqa vaqt davomida to‘g‘ri
daqiqadan 2 daqiqa vaqt sarflab predmetning
daqiqa va undan ko‘p vaqt sarflab predmetning
predmetni topa olmasa; 
Rivojlanganlik darajasi: 
sezgi, idrok, xotira va tafakkur yuqori darajada
ball-past. 
to‘plagan, ortiqcha predmetni topa
tavsiya etiladi

rivojlanganligini aniqlaydi. 
predmetlarning rasmi 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
izohlab bering. Diqqat bilan 
ortiqcha ekanligini (1 daqiqa 
bajarib, predmetni nima 
to‘g‘ri bajara olsa; 
predmetning ortiqchasini 
predmetning ortiqchasini 
darajada rivojlangan, 8-
topa olmagan bolalar 


t.me/@MTMpsixologi 
21
«Namunaga qarab jadvalni to‘ldiring» metodikasi 
Maqsad:
Bola diqqatining ko‘chishini va taqsimlanishini tashxis qilishda qo‘llash mumkin. 
Metodika jihozi:
Geometrik figuralar va shakllar tasvirlangan jadval. 
Metodikani o‘tkazish tartibi:
bu metodika 5-6 yosh bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
individual tarzda olib boriladi. Bolaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 1-9 gacha raqmlar va 
matematik belgi va geometrik shakllar tasvirlangan jadval beriladi. Shuning bilan birga 
bolaga 1-9 gacha bo‘lgan raqamlar aralashtirilgan bo‘sh katakchalar ifodalangan 3 xil 
jadval beriladi. Bolaga namunadagi jadvalni ko‘rib chiqib, esda saqlab qolishlari uchun 
1- daqiqa vaqt ajratiladi va olib qo‘yiladi. Bolaga 1-jadval beriladi, esda saqlab qolgani 
bo‘yicha to‘ldirish vazifasi yuklatiladi. 2 va 3 jadval raqamlari pastdagi bo‘sh kataklarni 
xam shu tarzda to‘ldiradi. Bola topshiriqni bajargandan keyin, jadvaldagi matematik 
belgi va geometrik shakllar xisoblab chiыiladi va bola diqqati ko‘chuvchanligi va 
taqsimlanganligining ko‘rsatkichi pastdagi formula yordamida aniqlanadi. 
Ko‘rsatma:
1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni tagiga berilgan matematik belgi va 
geometrik shakllar berilganlarni diqqat bilan ko‘rib, esda saqlang. Esda saqlangan shakl 
va belgilarni bo‘sh katakchalarga chizib bering. 
Dkt= 0,5Shm-28.Xm 
120 
Dkt-diqqat ko‘chuvchanligi va taqsimlanganligining ko‘rsatkichi; 
Shm-2 daqiqa ichida ko‘rib chiqilgan va ichiga tegishli belgi qo‘yiladigan geomitrik shakllar 
miqdori; 
Xm-topshiriqni bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar miqdori; 
Eslatma: tegishli belgilarning tegishli shakl ichiga qo‘yilmagani yoki teshigli shakl ichiga 
umunan belgi qo‘yilmagani xato bo‘lib xisoblanadi.
Natijalarni baholash: 
10-ball-Dkt 1.00 dan katta – juda yuqori 
8-9 ball-Dkt 0.75 dan 1.00 gacha-yuqori 
6-7 ball-Dkt 0.50 dan 0.75 gacha-o‘rta 
4-5 ball-Dkt 0.25 dan 0.50 gacha-past 
0-3 ball –Dkt 0.00 dan 0.25 gacha-juda past. 


t.me/@MTMpsixologi 
22
«Predmetlar sonini aniqlang» metodikasi 
Maqsad:
bolalarning diqqat va matematik tasavvurlarini shakllanganligini aniqlash. 
Metodika jihozi:
Turli predmetlarning rasmi chizilgan jadval. 
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Bu metodikani individual va guruhiy o‘tkazish mumkin. 
Bolaga turli predmetlarning rasmi tasvirlangan 1-jadval ko‘rsatiladi. 1 daqiqa davomida 
turli predmetlarni sana shva esda saqlab qolish vazifasi topshiriladi. 1 daqiqadan keyin 
ikkinchi jadval bo‘sh katakchalarigaesda saqlab qolgan predmetlar sonini bo‘sh 
katakchalarga yozish vazifasi topshiriladi. 
Ko‘rsatma:
Har bir jadvaldagi predmetlarni sanang va uning natijasini bo‘sh kataklarga 
yozing. 
Natijalarni baholash: 
Har bir to‘g‘ri hisoblangan jami predmetlar yig‘indisiga 6 ball beriladi. 
Bola 1 daqiqa davomida barcha predmetlar sonini hisoblab bersa va to‘g‘ri yozsa 4 ball 
Bola 1 daqiqa 30 soniya davomida predmetlar sonini hisoblasa 2 ball 
Bola 1 daqiqa 50 soniya davomida predmetlar sonini hisoblasa 1 ball beriladi. 
Rivojlanganlik darajasi: 
6 ball-bolaning xotirasini va diqqatining rivojlanganlik darajasi yuqori, 4 ball-yaxshi, 2 
ball-o‘rta, 1 ball-past. 


t.me/@MTMpsixologi 
23
Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.Vsya doshkolnaya programma matematika S.Ye.Gavrikoy, N.L.Kutyavinoy, 
I.G.Togorkovoy, S.V.Щerbinioy Moskva. «Rosmen» 2008 
2.Vsya doshkolnaya programma Vnimanie. Pamyat. S.Ye.Gavrikoy, N.L.Kutyavinoy, 
I.G.Togorkovoy, S.V.Щerbinioy Moskva. «Rosmen» 2008 
3.X.Ahmedov «Bog‘cha bolalarini savodga o‘rgatish» T.2001 
4.R.R.Vil’danova, A.N.Lapshova «Rabota s doshkolnikami» Stat’ya M.2013. 
T.A.Nesterenko 


t.me/@MTMpsixologi 
24

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish