Operasion (ishlab chiqarish) faoliyati
Yupqa tovlanuvchi plyonka ishlab chiqaruvchi firma axborot tizim bilan
boshqariladigan, yangi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni investisiyalash davrini
tugatdi. Buyurtmani bajarish vaqti 10 xaftadan 2 kungacha qisqardi, bir vaqtning
o’zida mahsulot sifati oshdi.
Xususiy investorlar bilan ishlovchi moliyaviy firma, investorlarga aksiyalar
va boshqa moliyaviy mahsulotlar o’rtasida mablag’larini erkin joylashtirishga
imkon berkvchi ATni joriy qildi. Bu xizmatni taklif etgan birinchi kompaniya o’z
axborot mahsulotni doimiy takomillashtirish hisobidan bir necha yil aksiyalarini
ushlab turgan kattagina ichki bozorni egalladi. Birinchi ikki yilda kompaniya
yaqin raqobatchiga nisbatan operasiyalar hajmini olti martaga oshirdi. Besh
yildan so’ng unga bozorning 70% tegishli bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |