Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalar tarkibi
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalar (AAT) tarkibi 3.1. –
rasmda tasvirlangan.
AATni texnologik ta’minoti quyi tizimlardan tashkil topgan bo’lib,
foydalanuvchilarning axborotiy xizmatini avtomatlashtiradi, EHM va
boshqa texnik vositalar yordamida quyilgan boshqaruv masalasi yechiladi.
AATni texnologik ta’minoti o’z tarkibiga ko’ra turli tizimlar uchun bir
xil, bu esa ularni bajarish jarayonida o’zaro moslik prinsipini amalga
oshirishga imkon beradi. AAT ta’minotning majburiy elementlari bo’lib
axborot, lingvistik, texnik, dasturiy, matematik, huquqiy, tashkiliy va
ergonomik elementlar qiradi.
Axborot ta’minot (AT) AAT doirasida, axborotlarni tashkil etish
shakli, joylashuv, hajmi bo’yicha qarorlar yig’indisidan tashkil topadi.
U
ko’rsatkichlarni,
qo’shimcha
ma’lumotlarini,
axborot
klassifikatorlarini va kodifikatorlarini, xizmat ko’rsatish uchun mahsus
tashkil etilgan hujjatlashtirishni soddalashtirilgan avtomatlashtirilgan
tizimini, mos ravishdagi tashuvchilarga va o’z vaqtida, ishonchli saqlashni
ta’minlovchi xodimlarni o’z ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot(LT) tabiiy tilni shakllantirish, AAT personalni
hisoblash texnikasi vositalari bilan o’zaro munosabatlari jarayonida axborot
birliklarini tuzish va ularni birikmasi uchun til vositalari yig’indisidan
tashkil topadi. LT o’z tarkibiga axborot bazaning strukturaviy birliklarini
tavsidlash uchun axborot tillarini (hujjatlar, ko’rsatkichlar, revizitlar va
h.k.); boshqaruv tillari va AAT axborot bazasi ma’lumotlarini
manipulyasiyalash; axborot qidiruv tizimini til vositalari; AATni avtomatik
loyihalashtirishni til vositasi; mahsus mo’ljallangan so’zlashuv tillari va
boshqa tillar; avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini amal qilishi va ishlab
chiqish jarayonida foydalaniladigan termin hamda ta’riflar tizimini o’z
tarkibiga oladi.
Texnik ta’minoti (TT) AAT ishini ta’minlovchi texnik vositalar
to’plamidan iboratdir (axborotlarni yig’ish, ro’yhatdan o’tqazish, uzatish,
ishlov berish, aks ettirish, ko’paytirish uchun texnik vositalar va
orgtexnika). Barcha texnik vositalar ichida markaziy o’rini ShEHM
egallaydi. Texnik vositalar bilan bir qatorda texnik ta’minotni strukturaviy
elementlari bo’lib, bu texnik vositalarga xizmat ko’rsatuvchi personal va
uslubiy hamda boshqaruv materiallari, texnik hujjatlashtirish hisoblanadi.
Dasturiy ta’minot (DT) AAT vazifalarini amalga oshiruvchi va texnik
vositalarni barqaror ishlashini ta’minlovchi dasturlar yig’indisini o’z ichiga
oladi. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumtizimli va mahsus dasturlar, hamda
dasturiy ta’minot vositalarini qo’llash bo’yicha instruksiyali-uslubiy
materiallar va uni ishlab chiqish hamda AAT hayotiy siklning barcha davri
mobaynida uni kuzatish bilan shug’ullanuvchi personal kiradi.
Umumtizimli dasturiy ta’minotga foydalanuvchilarni keng doirasiga
mo’ljallangan va hisoblash jarayonini tashkil etish hamda axborotlarga
ishlov berishda ko’p uchraydigan vazifalar uchun yo’naltirilgan dasturlar
kiradi. Ular kompyuterni funksional imkoniyatlarini kengaytirishga,
hisoblash ishlarini ketma-ketligini rejalashtirishini avtomatlashtirishga,
ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini boshqarish va nazorat qilishga,
hamda dasturchilar ishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Mahsus dasturiy
ta’minot AATni yaratish paytida ishlab chiqiladigan konkret funksional
mo’ljallangan dasturlar yig’indisidan tashkil topadi. U o’z tarktbiga
vazifalarni bajarishda ma’lumotlarni tashkil etish va ularga ishlov berishini
amalga oshiruvchi amaliy dasturlar paketini oladi.
Matematik ta’minoti (MT) – bu o’z vazifalarni yechishda va AATni
loyihaviy
ishlarini
avtomatlashtirish
jarayonida
foydalaniladigan
axborotlarga ishlov berishni matematik usullari, modellari va algoritmlari
to’plamidir. Matematik ta’minot o’z tarkibiga boshqaruv jarayonini
modellashtirish vositalarini, boshqaruvni namunaviy vazifalarini yechish
usullari va vositalarini, tadqiq etiladigan boshqaruv jarayonlarini
optimallashtirish usullarini va qarorlar qabul qilishini o’z ichiga oladi (ko’p
kriteriyali optimallashtirish usullari, matematik dasturlash, matematik
statistika va h.q.). AATning bu turdagi ta’minoti bo’yicha texnik
hujjatlashtirish algoritmlash, vazifalarning iqtisodiy-matematik modeli,
vazifalarni ifodalanishini, ularni yechishini matnli va nazoratli misollaridan
tashkil topgan. Personallar bu boshqarishni tashkil etish bo’yicha
mutaxassislar, boshqaruv vazifalarini qo’yuvchilar, hisoblash usullari
bo’yicha mutahassislar, AATni loyihalashtiruvchilardan tashkil topadi.
Tashqi muhit
T
ex
n
o
lo
g
ik
ta
’m
in
o
t
е
х
н
о
л
о
г
и
ч
е
с
к
о
е
Huquqiy
Ergonomik
Dasturiy
Tashkiliy
Matematik
Texnik
Lingvistik
Axborot
ААТ
M
a’l
um
ot
la
rn
i t
o’
pl
as
h
va
s
aq
la
sh
Natijaviy
ma’lumot-
arni
shakllantirish
Ma’lumotlarni
qayta ishlash
Kiruvchi
massivlarni
tayyorlash
M
a’l
um
ot
la
rn
i u
za
ti
sh
Bоshqaruv
apparati va
amalga
oshiriladigan
vazifalar
Ichki axborot
oqimlar
Tashqi axborot oqimlari
Iqtisodiy ob’ekt (tizim)
Iqtisodiy ob’ekt ААТ
Do'stlaringiz bilan baham: |