K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Me’yorlarni kamaytirish. Yonilg‘i  sarfining  yo‘l  me’yorlari 
quyidagi hollarda kamaytiriladi:
213
– shahardan tashqaridagi takomillashtirilgan qoplamali yo‘llar-
da ishlayotganida 15 foizgacha;
– muntazam marshrutlarda ishlamaydigan biror korxonaga qa-
rashli avtobuslardan foydalanishda – 10 foizgacha. 
Moylar va plastik surkov moylarining sarf me’yorlari 100 l 
yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlar asosida belgilanadi 
(8. 5- jadval). 
 
8. 5- jadval
Moylar va plastik surkov moylari sarfining
100 l yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlari
Transport turi
Motor 
moyi, l
Trans-
mission 
moy, l
Maxsus 
moy, l
Plastik
surkov
moylari, kg
Benzin va suyultirilgan gaz bilan 
ishlaydigan yengil avtomobillar, 
yuk avtomobillari va avtobuslar
2,4
0,3
0,1
0,2
Dizel yonilg‘isida ishlaydigan yuk 
avtomobillari, avtobuslar
3,2
0,4
0,1
0,3
Dizel  yonilg‘isida  ishlaydigan 
yo‘lsiz joylarda foydalaniladigan 
БелАЗ  yoki  МоАЗ  avtomobillari
5,0
0,5
1,0
0,3
8. 7. Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash deganda, yonilg‘i 
va moylash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning sifatini 
saqlash,  isrof  bo‘lishini  va  sarfini  kamaytirish  bo‘yicha  qo‘llani­
ladigan chora-tadbirlar tushuniladi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari uchun xarajatlarning umumiy 
xarajatlardagi ulushi 40–45 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 
yonilg‘i  va  moylash  materiallari  sarfini  kamaytirish  tashish  tan-
narxini pasaytirish, shuningdek, energetika va mehnat resurslaridan 
tejab-tergab foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Neft mahsulot-


214
larining miqdor va sifat yo‘qotishlarining oldini olish avtomobil 
transportining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, 
ularning uzoq muddat ishonchli ishlashiga, shuningdek, atrof muhit 
ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Shuning bilan birga, 
neft mahsulotlarining isrof bo‘lishiga qarshi kurashish muhim iqti-
sodiy, texnik, ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega. 
ATKlarda neft mahsulotlari isrof bo‘lishining oldini olishga 
bir qator tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish natijasi-
da erishiladi. Bu tadbirlarning eng samaralilari quyidagilardir: 
yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, yonilg‘i va moylash mate-
riallaridan oqilona foydalanish; avtomobillarning texnik sozligini 
ta’minlash; neft mahsulotlari sarfini hisobga olish; haydovchilar va 
ta’mirlovchilar malakasini oshirish; nazorat xizrnatini tashkil etish, 
yonilg‘i moylash materiallari sarfini kamaytirishda faol ishtirok et-
gan haydovchilar va ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish. 
ATKlarda yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha 
tashkiliy-texnik tadbirlarning istiqboldagi va yillik rejalari tuzila-
di. Reja tuzishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha 
yillik va istiqboldagi rejalar, yonilg‘i va moylash materiallarining 
solishtirma me’yorlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar dastlabki 
ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Reja tuzishga ATKning rahbar 
va muhandis-texnik xodimlari, ilg‘or haydovchilar, ishchi va xiz-
matchilar jalb etiladi. 
Tadbirlar rejasi, odatda, jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Rejada tadbir nomi, amalga oshirilish muddati, bajarishga mas’ul 
shaxs, samaradorlik, rejadagi xarajatlar va moliyalashtirish man-
balari, zarur materiallar, jihozlar va boshqalar keltiriladi. Reja ATK 
rahbari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga kiritiladi. Rejan-
ing bajarilishini nazorat qilish va umumiy rahbarlik ATKning bosh 
muhandisi zimmasiga yuklatiladi. 
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tejash maq-
sadida ATKda quyidagi nazoratlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘i­moylash materiallarining solishtirma sarfi me’yorla­
rini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
215
– yonilg‘i va moylash materiallarini tejash;
– neft mahsulotlaridan samarali foydalanishni doimiy tahlil qilib 
borish,
– ularni ro‘yxatdan chiqarishni yonilg‘i quyish qaydnomalarida 
emas, balki haqiqiy sarf asosida amalga oshirish;
– yilning sovuq mavsumlarida dvigatel va agregatlarni qizdi-
rishda yonilg‘i va moylarining ortiqcha sarflanishiga barham be­
rish, doimiy marshrutlarda ishlaydigan avtomobillar uchun yonil g‘i 
sarfming diferensial me’yorlarini qo‘llash;
– avtomobillarning to‘la texnik soz holda ishga chiqarilishini 
ta’minlash;
– neft mahsulotlaning invertarizatsiya qilish, neft mahsulotla-
rining ifloslanishi, isrof bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va ortiqcha sarflani-
shi bo‘yicha taftish o‘tkazish. 
Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish yonilg‘i va moylash 
materiallaridan samarali foydalanish va ularni tejashga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Tashishni oqilona tashkil etishda asosiy vazifani 
ATKning ishchilari bajaradi. Bu ishchilarga quyidagi majburiyatlar 
yuklanadi:
– tashishni tashkil etishni takomillashtirish, yuqori samara be-
ruvchi  marshrutlarni  ishlab  chiqish,  kunlik  ish  grafiklarini  shlab 
chiqish;
– avtomobillarning yuksiz yurishiga barham berish yoki yuksiz 
yurish masofalarini imkon qadar qisqartirish;
– samarasiz tashishlarni kamaytirish;
– yuk tashishda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligini qat’iy 
e’tiborga olish;
– tirkamalardan oqilona foydalanish;
– ortish, tushirish ishlarini yuqori darajada mexanizasiyalash-
tirishni ta’minlash va yuk tashishda konteynerlardan foydalanish; 
– avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan mumkin qadar yax-
shiroq foydalanish;
– transport vositalarining marshrutlardagi ishini nazorat qilishni 
kuchaytirish;


216
– bajarilgan transport ishi miqdoriga qo‘shib yozishga barham 
berish choralarini qo‘llash yo‘li bilan yonilg‘i va moylash material-
larining boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– haydovchilar bilan birgalikda nisbatan iqtisodiy samarali 
harakat marshrutlari va tezliklarini ishlab chiqish;
– yo‘lovchi tashishning takomillashgan usullarini keng qo‘llash. 
Avtomobil va dvigatellarning texnik holati yonilg‘i va moylash 
materiallari sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transportida yonilg‘i 
va moylash materiallarini tejash bo‘yicha tavsiyalarda quyidagilar 
qayd etilgan:
– tormoz va g‘ildirak gupchaklarining noto‘g‘ri sozlanishi yo-
nilg‘i sarfining 10–20 foizga, moy va surkov moylari sarfining 30–
50 foizga ortib ketishiga olib keladi;
– g‘ildiraklarni yaqinlashtirishning me’yordan ortib ketishi nati-
jasida yonilg‘i va moylash materiallarining sarfi 10–15 foizga or-
tadi;
– shinalardagi havo bosimini me’yordan 0,05 MPa ga kam bo‘li-
shi yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 4–5 foizga, havo bosi-
mining 0,1 MPa ga kamayishi esa 10 foizga ortishiga olib keladi;
–  klapanlarning  noto‘g‘ri  sozlanishi  natijasida  yonilg‘i  sarfi 
5–8 foizga,  moy  sarfi  esa  15–20  foizga  ortadi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari sarfining ortishiga ta’minlash 
tizimi, yondirish va moylash tizimlaridagi nosozliklar sezilarli ta’sir 
etadi. Avtomobillarda uchraydigan nosozliklarning 10 foizdan or-
tig‘i ta’minlash tizimidagi nosozliklarga to‘g‘ri keladi, buning 
natijasida  yonilg‘i  sarfi  20–40 foizgacha  ortadi.  Sakkiz  silindrli 
dvigatelning  bitta  yondirish  shami  ishlamaganida  yonilg‘i  sarfi 
15–18 foizga, ikkita shami ishlamaganida esa, 40 foizgacha orta-
di. Dizel dvigatelining bitta forsunkasi nosoz bo‘lganida, yonilg‘i 
sarfi 20–30 foizga ortadi. Uzgich­taqsimlagich kontaktlari orasida-
gi tirqishning me’yordan 0,2 mm ortiq qilib sozlanishi natijasida 
yonilg‘i sarfi  7–10 foizga ortadi. Shuningdek, o‘t oldirishni ilga­
rilatish burchagining tirsakli valning burilish burchagiga nisbatan 
5° ga kechikishi natijasida yonilg‘i sarfi 6–8 foizga ortadi. 
217
Shunday qilib, avtomobillarni tejamli ishlatishga qaratilgan tad-
birlar ichida transport vositalarining texnik soz holda bo‘lishini 
ta’minlovchi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. 
Avtomobillarni haydash saviyasi ham, yuqorida aytib o‘tilga-
nidek, yonilg‘i va moylash materiallarini tejashga katta ta’sir ko‘r-
satadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, bitta avtomobil aynan bir marsh   -
rut bo‘yicha turli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan 
boshqarilganida,  yonilg‘i  va  moylash  materiallari  sarfidagi  farq 
20–40 foizni tashkil etadi. 
Bundan yonilg‘i va moylash materiallarini ishlatishning oqilona 
tashkil etilishi ko‘p jihatdan haydovchiga bog‘liqligi kelib chiqadi. 
Yonilg‘i va moylash materiallaridan imkoniyat qadar samarali foy-
dalanishni ta’minlash uchun haydovchilar o‘z malakalarini doimo 
oshirib borishlari, avtomobil haydashning ilg‘or usullari va uslu-
blarini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari lozim. Avtomobil trans-
portida neft mahsulotlarini tejash samaradorligini oshirish yo‘na-
lishlaridan biri haydovchilarni o‘qitishda elektrik sxemali turli xil 
trenajorlar, shuningdek, avtomobillarni ma’lum ish sharoitlarida 
boshqarishdan foydalanish lozim. 
Yonilg‘i-moy tarqatish va moylash ishlarini hamda moy xo‘jali-
gini tashkil etish ham ATKda neft mahsulotlarining tejamli ishla-
tilishiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Avtomobillarga yonilg‘i qu-
yish, odatda, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida talon 
asosida amalga oshiriladi. Moylarni almashtirish, avtomobilning 
uzel va agregatlariga moy quyish va to‘ldirish ishlarini tashkil etish 
uchun har bir ATKda zamonaviy talablarga javob beruvchi moy 
xo‘jaligi bo‘lishi lozim. 
Neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va tarqatish-
da, odatda, ularning isrof bo‘lishi kuzatiladi. Neft mahsulotlarining 
isrof  bo‘lishi  tabiiy  (bug‘lanish),  ekspluatatsion  (ifloslanish,  suv 
aralashishi, turli marka va navlarning aralashib ketishi, to‘kilishi, 
oqishi, to‘la quyib olmaslik) va avariya (to‘kilib ketish, yong‘in, 
portlash) turlariga bo‘linadi. 


218
Odatda, yonilg‘i omborlarida yonilg‘ini bug‘lanishidan is-
rof  bo‘lishi  umumiy  isroflarning  75  foizini  tashkil  etadi,  qolgan 
25 foizi esa to‘kilish, aralashish, sizish va boshqalar hisobiga amal-
ga oshadi. 
Yonilg‘ining ishlab chiqarilishidan uni avtomobillar yonilg‘i 
baklariga quyishgacha bo‘lgan davr mobaynida benzinning bug‘la-
nishi hisobiga isrof bo‘lishi 1,5–2 foizga yetadi. Shuning uchun 
yonilg‘ining bug‘lanishi hisobiga kamayishining oldini olish uchun 
quyidagi zarur chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: ularni yer ostiga 
joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash, yer ustiga joylashtirilgan sig‘im 
va taralarni oqish rangga bo‘yash, sig‘im va taralarning zichligini 
ta’minlash, gaz bug‘i hosil bo‘ladigan muhit hajmini kamaytirish 
va boshqalar. 
Sig‘imlarning qanday rangga bo‘yalishi yonilg‘ining yil davo-
mida bug‘lanishdan isrof bo‘lishiga quyidagicha ta’sir etadi. 
Absolut            Nisbiy
foizlarda       foizlarda
Qora  ....................................................................................... 1,24               100
Qizil, zangori  ......................................................................... 1,14                 92
Kulrang  ................................................................................. 0,99                 78
Aluminrang  ............................................................................ 0,83                67
Avtomobil benzinlarini yil davomida turli xil sharoitlarda 
saqlashda yonilg‘ining nisbiy isrof bo‘lishi (foiz hisobida) quyida 
keltirilgan:
Yer ostiga joylashtirilgan  ........................................................................... 0,18
Yarim yer ostiga joylashtirilgan  ................................................................. 0,50
Yer ustiga joylashtirilib, ustiga brezent yopilgan  ....................................... 0,63
Yer ustiga ochiq holda joylashtirilgan ........................................................ 1,03
Yer ustiga joylashtirilgan yog‘och tiqinli  ................................................... 1,75
Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va ulardan oqilona foy-
dalanish energetika va mehnat resurslarini tejashning muhim omil-
laridir. 
219
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda mehnat 
jamoalari va alohida ishchilarni taqdirlash muhim ahamiyatga ega. 
Taqdirlash uchun tejalgan ikkilamchi yonilg‘i energetika resurslari 
tannarxining 50 foizigacha mablag‘ ajratishga ruxsat etiladi. Bu 
mablag‘lar korxonaning rag‘batlantirish jamg‘armasiga kiritiladi. 
8. 8. Yonilg‘i va moylash materiallari sifatini tiklash
Tashish va saqlashda kondension xususiyatlarini yo‘qotgan 
yonilg‘i va moylarning sifatini ATK omborxonasi sharoitida trans-
port boshqarmasining laboratoriyasi rahbarligida texnik shartlar va 
davlat standarti talablari darajasigacha tiklash mumkin. 
Yonilg‘ining quyidagi ko‘rsatkichlari tiklanadi: oktan soni; an-
tidetonatorlar, haqiqiy smolalar, oltingugurt, mexanik aralashmalar 
va suv miqdori; fraksion tarkibi; zichligi; qovushoqligi; chaqnash 
harorati. Moylarning esa quyidagi ko‘rsatkichlari tiklanadi: qo-
vushoqligi; chaqnash harorati; kislota soni; zichligi; mexanik ara-
lashmalar va suv miqdori. Shuningdek, sovituvchi suyuqliklarning 
tarkibidagi komponentlar, qo‘shilmalar va mexanik aralashmalar 
miqdori tiklanadi. Sifat ko‘rsatkichlari belgilangan chegaralardan 
chetga chiqqan (mexanik aralashmalar va suv miqdoridan tashqa-
ri) mahsulotlarni tiklashda, shu ko‘rsatkich bo‘yicha sifat zaxirasi-
ga ega bo‘lgan shu nomdagi mahsulot bilan aralashtirish usulidan 
foydalaniladi. Kondension bo‘lmagan neft mahsulotlarini aral-
ashtirish usuli bo‘yicha tiklashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish 
lozim: hisoblash yo‘li bilan aralashma tarkibiga kiruvchi mahsulot-
lar miqdorini aniqlash; bajarilgan hisob natijalarining to‘g‘riligini 
aralashmaning laboratoriyada maxsus tayyorlangan namunasi tah-
lili asosida tekshirish; aralashtirish uchun sig‘im yoki taralar, hay-
dash va boshqa zarur jihozlarni tayyorlash. Aralashmaning fizika-
viy-kimyoviy ko‘rsatkichlari (oktan soni, zichligi, kislotaliligi va 
kislota soni, antidetonator miqdori, haqiqiy smolalar va oltingugurt 
miqdori) qiymati har qaysi tashkil etuvchining o‘rtacha arifmetik 
qiymatiga ega. 


220
Belgilangan talablarga to‘liq javob bermaydigan mahsulotni 
tiklash uchun zarur sifat zaxirasiga ega bo‘lgan mahsulot miqdori 
quyidagi formula asosida topiladi:
T
a
T
a
X X
P
P
X
X

=


,
bunda:
P – tiklanishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkich bo‘yicha sifat zaxirasi-
ga ega bo‘lgan mahsulot massasi, kg;
P
T
 – kondension bo‘lmagan (tiklanishi lozim bo‘lgan) mahsulot 
massasi, kg;
X – ko‘rsatkichning aralashtirishdan keyin olinishi lozim bo‘l-
gan, standartga mos keladigan me’yori;
X
T
 – kondension bo‘lmagan mahsulot ko‘rsatkichining qiymati;
X
a
 – sifat zaxirasiga ega bo‘lgan mahsulot ko‘rsatkichining qiy-
mati.
Qovushoqlik va chaqnash harorati proporsionallik qonuniga 
bo‘ysunmaydi. Shuning uchun aralashmaning qovushoqligi ma’lu-
motnomalarda keltiriladigan nomogrammalar asosida, chaqnash 
harorati esa maxsus formulalar asosida aniqlanadi. 
Benzin va dizel yonilg‘ilarini zararsizlantirish tindirish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Moylarni tozalash uchun ular 70– 80°C 
gacha isitib tindiriladi. Tozalash sifati tozalanadigan moyning 
qovu shoqligiga, ifloslanish darajasiga, zarralarning o‘lchamlariga 
bog‘liq. Tindirish vaqti 2 dan 4–5 sutkagacha bo‘lishi mumkin. 
Qovushoqligi past bo‘lgan moylarni suvsizlantirish uchun ular 
80–85°C haroratda bir necha soat isitilib, so‘ngra tindiriladi. Ko‘p 
suv aralashgan motor moylari suv va cho‘kindilardan tozalan-
ganidan keyin ham dvigatelda ishlatishga yaramaydi, chunki suv 
ulardagi qo‘shilmalarning ko‘p qismini eritib yuboradi. Yonilg‘i va 
moylar  mexanik  aralashmalardan  filtrlash  yo‘li  bilan  tozalanadi. 
Moyni filtrlash jarayonini jadallashtirish maqsadida moy 60–80°C 
haroratgacha isitiladi. Suv va mexanik aralashmalardan tozalangan 
221
yonilg‘i va moylar quruq toza idishga quyiladi. Tozalangan neft 
mahsulotlari sifatini tekshirish uchun idishning pastki qatlamla-
ridan namuna oli-nadi. Sovituvchi suyuqliklarni tiklash ularning 
zichligini nazorat qilishga asoslangan. Bunda gidrometrdan foyda-
laniladi. 
Plastik surkov moylarini ATK sharoitida tiklash maqsadga mu-
vofiq emas. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish