206
miqdorga yana taxminan shuncha miqdorda smolasiz, rangsiz ben-
zin qo‘shiladi. Ular yonganidan so‘ng, sariq yoki jigarrang halqa-
lar qoladi. Yonilg‘ida smolalar qancha ko‘p bo‘lsa, qoldiq shuncha
to‘q rangli va dog‘ diametri shuncha katta bo‘ladi Dog‘ kattaligiga
qarab smolali birikmaning taxminiy miqdori aniqlanadi:
Dog‘ diametri, mm ................... 6 8 10 12 14 16 18 20 22 24
Smolalar miqdori, mg/100 ml ... 4 11 20 32 43 56 70 85 102 120
Yonilg‘ida smolalar bo‘lmasa, shishada uncha katta bo‘lmagan
bilinarbilinmas oq dog‘lar qoladi. Agar yonilg‘i moylar bilan iflos
langan bo‘lsa, shisha chetida jigarrang tomchilar qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: