Benzin qovushoqligining haroratga bog‘liqlik grafigi:
1
– A–66 (yozgi);
2 –
A–76 (qishki);
3 –
A–66 (qishki).
Shunday qilib, avtomobil benzinlarining zichligi, sirt taranglik
kuchi va asosan qovushoqligi ishchi aralashma hosil bo‘lishiga
ta’sir etadi, shuning uchun aralashma tarkibini rostlovchi qismlarni
sozlashda bu ko‘rsatkichlarni inobatga olish zarur.
Shuningdek, karburatorlarni sozlashda yonilg‘ining yonish is-
siqligini ham hisobga olish lozim. Yonilg‘ining yonish issiqligi de-
ganda, 1 kg suyuq yoki 1 m
3
gazsimon yonilg‘i to‘la yonganida
ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi. Yonilg‘ining yonish
issiqligi qancha yuqori bo‘lsa, avtomobilning 1 km bosib o‘tadigan
masofasi yoki 1 soat ish vaqti uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori
29
shuncha kam bo‘ladi. Avtomobil benzinlari uchun yonish issiqligi
43500–44500 kJ/kg oralig‘ida bo‘ladi.
2. 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |