K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘-



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘-
yoq materiallari.
Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat 
bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari 
bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq ma-
teriallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning aralash-
malaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan 
alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Ma­
salan, qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroq-
ligini oshirish uchun emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bun-
day modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza nitroemalga 
xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan 
nitrogliftalli emal olinadi. 
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar 
jumlasiga МЛ–12 turidagi melaminalkidli emallar ham kiradi. 
Mela minalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va 
kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va melaminformal-
degidli smolalar aralashmasidagi pigmentlar suspenziyasidan iborat 
bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning qovushoqligini ta’minlashda 
solvet yoki maxsus erituvchilardan (№ 651 va boshqalar) foyda
-
laniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli qoplama-
lar hosil qi lish uchun ularni yuqori haroratlarda (120–140°C) qu-
ritish lozim. Ular jilolamasdan turib yaxshi yaltiraydigan, suv va 
neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, elastik, qattiq qoplama olish 
imkonini beradi. МЛ–12 turidagi emallar taxminan 100 xil rangda 
ishlab chiqariladi. 
Avtomobil sanoatida МЛ–12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari 
boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi 
277
bo‘yoqlardan ham foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar jumlasiga qu-
yidagilar kiradi: ГФ–017 melaminalkidli gruntovkalari (fosfatlan
-
gan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni bo‘yashda ishlatiladi); МЛ–
152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda 
ishlatiladi); МЛ–197 va МЛ–1100 emallari (yengil avtomobillarn
-
ing kuzovi, qanotlari va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); МШ–123 
markali mochevina-alkidli emallar (avtomobil ramalari, g‘ildirak 
disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda ishlatiladi); 
МШ–145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini 
bo‘yashda ishlatiladi); ФЛ–787 markali fenolformaldegid­alkidli 
emal (yonilg‘i baklarining ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); 
MC–006 markali alkidli-stirolli shpaklovka, MC–17 markali emal 
(dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar. 
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli 
emallar metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Ho-
sil bo‘lgan pardalar yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft mah-
sulotlari tegadigan sharoitda ham ishlay oladi. Perxlorvinilli emal-
lar xona haroratida 2–3 soat mobaynida quriydi. Akril smolalar 
asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular 
epoksid gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6 yilgacha yaroqli ho-
latda saqlanadi. 
Ko‘pgina lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit loki 
kabi termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikator emallar 
200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi 
sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar qoplama 110–
140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari yaxshilanadi. 
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar 
ishlab chiqariladi. 
Ishlab chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va 
ularni belgilashda bir xillikning yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar 
tug‘diradi. Har bir muayyan holda ushbu material uchun berilgan 
tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil avtomobillar va yuk avto-
mobillarini bo‘yashda ishlatiladigan asosiy lok-bo‘yoq materiallari 
to‘g‘risida ma’lumot 11. 1- va 11. 2- jadvallarda keltirilgan. 


278
11. 1- jadval

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish