K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

rezinaning eskirishi 
deyiladi. 
Eskirish murakkab ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib, 
bunda ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, yemirilishga 
qarshi turg‘unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. 
Boshqacha aytganda, vaqt o‘tishi bilan rezina buyumlarning ish 
qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchli-
ligi kamayadi. Rezinaning eskirishidagi vujudga keladigan o‘zga-
rishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining tiklanmasligi ki-
radi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga ega 
bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin 
chuqurla shadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-natijada buyum 
to‘la ishdan chiqadi. 
Rezinalar eskirishining oldini olish turli xil uslublar asosida 
amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish maqsa-
dida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo‘shilmalar (ingibitorlar) 
263
qo‘shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi qo‘shilma-
lar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1–2 foiz miqdorda ara-
lashtiriladi, buning natijasida rezinaning oksidlanish jarayoni bir 
necha yuz va hatto ming barobar sekinlashadi. Shu maqsadda bazi 
bir rezina buyumlar germetik polietilen g‘iloflarga joylab ishlab 
chiqarilmoqda. 
Ammo rezinalar eskirishining oldini olish uchun faqat texnologik 
vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha 
bir qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash lozim (ba’zi bir 
choralar to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan edi). Haroratning orti
-
shi natijasida rezinaning eskirishi tezlashadi, jumladan, harorat har 
10°C ga ortganida rezinaning eskirish tezligi 2 barobarga ortadi. 
Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda rezinaning oksidlanish jadalli-
gi yana-da yuqori bo‘ladi. 
Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina 
buyumlarning imkon qadar deformatsiyalanmagan holda bo‘lishi-
ga va mumkin qadar 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda ish-
latilishiga erishish lozim. 
Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim eksplua-
tatsion tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri nur ta’sirida-
gi eskirishni yuzaga keltiradi. Bu ta’sirning xususiyati rezinaning 
nur tushib turgan uchastkalarida eskirish kuchli bo‘lishidan iborat. 
Bunda spektrning binafsha va ultrabinafsha qismi nisbatan aktiv 
hisoblanadi. Nur ta’siridagi eskirishning oldini olish uchun avto-
mobilni yopiq joylarda yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash 
lozim. 
Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo‘lmaganida, hech bo‘lmagan-
da, shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash ke-
rak. Bunda ular oq rangdagi g‘ilof bilan o‘ralishi yoki to‘siq bilan 
to‘silishi lozim. 
Rezina buyumlarni 5–20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadi-
gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak. 


264
10. 7.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish