Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini
ko'paytirish, ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxini pasaytirish va
asosiy fondlarga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga imkon beradi.
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi miqdoriga har xil
omillar ta’sir etadi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish
fondlari o'rtacha yillik qiymatidagi mashina va uskunalar o'rtacha yillik
qiymatining bir so'miga to'g'ri keladigan
mahsulot chiqarishiga
bog'liqdir.
Mashinalar, uskunalar qiymatining bir so'miga to'g'ri keladigan
mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini
ifodalaydi. Ushbu ko'rsatkichlar tahlili 8.4.5-jadvalda berilgan.
8.4.5-jadval
Fondning qaytarilishi va sarflanishi ko'rsatkichlari tahlili
Ko'rsatkichlar
O'tgan
yil
Hisobot
yili
Farqi
(+; -)
Taqqoslangan va ulgurji narxlardagi
tovar mahsuloti (mine so'm)
14006
14493
+487
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining
o'rtacha villik aivmati (mine so'm)
9337
8526
+297
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining
fond qaytarilishi
1,5
1,7
+
0 , 2
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining
fond sarflanishi
0,7
0 , 6
+
0 , 1
Jadval ma’lumotlariga ko'ra, hisobot yilida asosiy londlardan
foydalanish
samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi o'tgan yilga
nisbatan
0 , 2
so'mga ko'paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir etgan.
Mahsulotga
material
sarflanishi.
Bu
aylanma
fondlar
(mablag'lar)dan foydalanishning umumlashtiruvchi ko'rsatkichi bo'lib, u
korxonaning iste’mol qilingan aylanma fondlari qiymatining ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
Mahsulot birligiga sarflangan xomashyo va materiallaming miqdori
haqida darak beruvchi tabiiy o'lchovdagi aniq ko'rsatkichlami
ham xuddi
shu ko'rsatkichga o'xshab hisoblash mumkin. Bu ko'rsatkichlar
xo'jalikning isrofgarchilik yoki tejamkorlik bilan olib borilganligini
ko'rsatadi.
Bu
pirovardida
tannarxning
pasayishi
va
foydaning
ko'payishiga ta ’sir qiladi.
Ko'rib o'tilgan ko'rsatkichlar korxona faoliyatini baholash uchun
muhim ahamiyatga ega bo'lsa-da, biroq cheklangan xarakterga egadir.
Ular ishlab chiqarish va xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi haqida
to'liq
tasavvur bermaydi, balki faqat resurslaming ayrim turlaridan
foydalanishni ifodalaydi. Xarajatlarning umumiy samaradorligi haqidagi
yaxlit ta’rifni umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorlik beradi.
Umumiy iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
E = Foydaning o'sishi (P) / Kapital qo'yilmalar (K)
Har bir alohida holda xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi
ko'rsatkichlari boshqa davrlar yoki boshqa korxonalar uchun me’yoriy
yoki xuddi shunday ko'rsatkichlar bilan solishtiriladi.
Yechimlar variantlarini solishtirishda
xarajatlarning solishtirma
iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Eng kam xarajatlar eng muvofiq
variantning ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi:
Zp = S + Ep К
bu yerda, Zp - ushbu variant bo'yicha berilgan xarajatlar;
S - joriy xarajatlar (tannarx);
К - kapital qo'yilmalar hajmi;
Ep - kapital qo'yilmalar solishtirma iqtisodiy samaradorligining
me’yoriy koeffitsiyenti. Iqtisodiyot bo'yicha u 0,16 deb belgilangan.
Ushbu koeffitsiyentdan kelib chiqqan holda xarajatlarning o'rnini
qoplash muddatini aniqlash mumkin:
Tok= l : 0,16 = 6,25 yil
8.5.
Samaradorlikni baholovchi ko'rsatkichlar
Korxonaning faoliyati yoki uning moliyaviy holatini baholash
korxonaning xo'jalik va tijorat faoliyati
jarayonida vujudga keluvchi
moliyaviy va kredit munosabatlari natijasini aks ettiruvchi tushunchadir.
To'lov qobiliyati koeffitsiyenti
korxonaning to'lov imkoniyatlarini
ko'rsatadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Kp, = A2/(P 2
Do'stlaringiz bilan baham: