1. Byudjetlararo munosabatlar to’g’risida tushuncha
2. Budjetlararo munosabatlarning shakillari
Reja
Byudjetlararo munosabatlar tushunchasi quyidagilarni o’z ichiga oladi
Davlat hokimyati boshqaruv organlarining o’zaro munosabatlarini
Byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to’liqroq tarkibini
Quyi byudjet bo’g’inlarining respublika byudjeti bilan o’zaro munosabatlarini
Moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyidan yuqoriga berish holatlari kiradi
Byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta’kidlash zarur:
Keng qamrovli byudjet siyosatini markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir
Byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining boshqa yo’nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi
Nafaqat boshqaruvning turli darajalaridagi hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o’rtasida markaz orqali shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funktsiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag’larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir
joylardan markaziy hokimiyatga mablag’lar tushib turishining ta’minlanishi o’z navbatida ularga davlat boshqaruvi bo’yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqini ham beradi
mutlaqo teng ahamiyatli tarzda quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo’lmas edi
Byudjetlararo munosabatlarning shakillari
1.Subvensiyalar
2.O’tkazib beriladigan daromadlar
4.O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
5.Byudjet ssudasi
3.Dotatsiyalar
1.Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
2.Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga o’tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo’lsa, o’sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o’tkazib berilishi mumkin.
3.Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subventsiyalar va o’tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.
4.Byudjetlararo o’zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o’zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro pul munosabatlaridir.
5.Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert (byudjet ssudasi) byudjet manbalarining to’liq safarbar qilinishi tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi.
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Byudjetlararo munosabatlar - davlat byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o’rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o’zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining ushbu sub’ektlar o’rtasida qayta taqsimlanishini o’z ichiga oluvchi munosabatlar yig’indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |