K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


C h iz iq li-sh ta b li tuzilm a



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

C h iz iq li-sh ta b li tuzilm a. 
Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli 
rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni 
shtablar tuzish yo'li bilan tashkil etiladi.
Shtablaming vazifasi har xil muammolami o'rganish orqali 
rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday 
shtablarga ehtiyojning paydo bo'lishiga sabab korxonalarda vazifalarning 
murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo'lidagi 
birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo'lsalar, shtabdagilar esa 
birlamchi 
vazifalarga 
tobe 
ikkilamchi 
vazifalarning 
bajarilishiga 
javobgardirlar. Ular maslahat berish vazifasini bajaradilar. Chiziqli 
rahbarlaming asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlardan 
maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o'z 
diqqatlarini ilmiy tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy 
faoliyatiga 
qaratadilar. 
Kamchiligi 
boshqaruv 
tizimida 
ortiqcha 
bo'g'inlarning paydo bo'lishi, natijada boshqaruv tezkorligining susayishi
boshqaruv xarajatlarining o'sishiga olib kelishidir.
F u n k sio n a l tu zilm a. 
Funksional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib 
bo'g'inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan. Bunda 
har bir boshqaruv bo'g'iniga muayyan vazifalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish samaradorligini 
ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan 
universal rahbarlar o'rniga o'z sohasini puxta biladigan, o'z shtatiga ega 
bo'lgan, o'ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan 
mutaxassislar apparati paydo bo'ladi.
Funksional bo'linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo'linmalarining 
faoliyatini boshqaradi. Funksional boshqarish u yoki bu vazifa vakolatiga 
taaluqli tor doiradagi masalalar bo'yicha quyi bosqichning organ va 
bo'linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning 
reja bo'limi sexlaming reja byurolariga rahbarlik qiladi.


Bunda ham funksional bo'limlar rahbarlarining vertikal bo'yicha 
ierarxiyasi va bo'ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o'laroq, 
bunday bo'ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli 
bo'ysunishdir. Masalan, korxona reja bo'limining boshlig'i sex reja 
byurosi boshlig'iga, hatto aynan shu vazifaga doir masala bo'yicha ham 
buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona 
direktori sex boshlig'iga berishi mumkin, sex boshlig'i esa sex reja byurosi 
boshlig'iga shunday buyruq bera oladi.
Funksional tarkib ham ijobiy va salbiy tomonlarga ega.
Funksional tarkibning ijobiy tomonlari:
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa 
boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o'sishini 
ta’minlaydi. Masalan, marketing bo'yicha mutaxassis shu sohani boshqa 
yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada 
bajaradi;
- funksional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. 
Xodimlar bunga tez ko'nikma hosil qiladilar;
- moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga 
chek qo'yadi va hokazo.
Funksional tarkibning salbiy tomonlari: funksional organlar o'ziga 
topshirilgan vazifalami sifatli bajarishdan manfaatdor bo'lib, «begona» 
vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham 
javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o'z vazifasi bo'yicha farmoyish 
berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik 
tamoyillarining buzilishi, ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning 
bo'shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni 
vaqtda, bir necha boshliqqa bo'ysunadi, ko'pincha ulardan bir-biriga zid 
ko'rsatmalar oladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish