K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


M a sla h a t tad b irk orligi



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

M a sla h a t tad b irk orligi. 
Maslahat xizmatlarining mohiyati va 
bosqichlari. Ma’lum bir sohada o'z mutaxassisligi bo'yicha yo'l-yo'riq 
ko'rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv 
bo'yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv 
bo'yicha 
Yevropa 
Federatsiyasi 
Maslahatchilar 
Assouiauiyasining 
ta’rificha, menejment - konsalting boshqaruv bo'yicha muammo va 
imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab 
chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda 
yordam ko'rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag'lami maslahatli xizmat 
shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg'or 
texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag'lar bilan tengdir. Mablag'lar 
ishlatishning ushbu ko'rinishi mamlakatimizda endi amalga oshirilmoq da. 
Bu yo'nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv 
sohalarida to'laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko'p korxonalar 
intellektual imkoniyatlaridan to'la va samarali foydalana olmasliklari 
sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. O 'z 
vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-x 
o'jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashhur «Porshe» avtomobilb firmasi 1991-yilga 
kelib, tanazzulga uchrash arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni 
tuzatish uchun Yaponiyaning «Sin gidzyutsu» (bu «Yangi texnologiya» 
ma’nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat etishdi. Firma


«Touota»ning malakali mutaxassislarini yig'ib, ishga kirishdi. Chet ellik 
maslahatchilar sharoitni o'rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish 
usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha bo'g'inlarida xarajatlar 
keskin ravishda kamaytirildi. Konveyer tizimi o'zgartirilmasada mahalliy 
tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif 
qilgan tizim ishlay boshladi.
Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da 
birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko'proq 
avtomobilb ishlab chiqara boshladi. 19 %ga kamaytirilgan ishchilar tezroq 
va sifatliro q ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari 
tufayli yig'uv konveyer uzunligi qisqardi, ko'p miqdordagi yordamchi 
omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30 %ga qisqardi. 
Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil ь 
yig'ish tezligi 40 %ga oshdi. Bu ishlarni o'sha eski jihozlarda, shu 
zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro 
sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga 
qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo'lishi mumkin. 
Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo'lib, quyidagi asosiy bosqichlarni 
qamrab oladi:
- muammolami aniqlash (diagnostika);
- loyihani ishlab chiqish;
- loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga ko'ra, yakuniy bosqich bir necha kundan bir 
necha oygacha cho'zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish 
ko'p yillar davom etadi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish