K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


  A h oli b an d ligin i sam arali ta’m inlash va farovon ligin i



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

11.2. 
A h oli b an d ligin i sam arali ta’m inlash va farovon ligin i
y u k sa ltirish n in g m u h im om ili sifatida oilaviy biznesni
rivojlan tirish istiqbollari
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 
fermerlik harakatini rivojlantirish, xususiy sektorning mamlakat yalpi ichki 
mahsulotidagi ulushini oshirishga qaratilgan tizimli va tadrijiy chora- 
tadbirlar izchil olib borilmoqda. Chunonchi, xususiy sektorning erkin va 
mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan zarur huquqiy asoslar yaratildi va 
ular faol takomillashtirib borilmoqda.
Bularning barchasi yurtimizda demokratik islohotlami yanada 
chuqurlashtirish va yangi bosqichga olib chiqishda zarur bo'lgan siyosiy, 
iqtisodiy hamda ijtimoiy sharoit shakllangani ifodasidir. Albatta, erishilgan 
yutuq va natijalar ko'lamini yanada kengaytirish, sohaga yangi huquqiy 
munosabatlami joriy etishni davming o'zi talab qilmoqda. Davlatimiz 
rahbari Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrda bo'lib o'tgan 
qo'shma majlisida ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlami 
yanada 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
konsepsiyasi”da ham bugungi kunda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy 
shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo'yish vaqti keldi, deb 
alohida qayd etildi. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yurtimizda 
biznesni tashkil qilishning mazkur shakli biznesni yuritishda yuzaga 
kelgan milliy an’analarimizga, xo'jalik yuritish faoliyatining mavjud 
holatiga to'la mos keladi. Bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik 
bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, 
iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi hamda 
yangi ish o'rinlarining ochilishiga sharoit tug'iladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov milliy qishloq 
xo'jaligimiz taraqqiyotining ko'p ming yillik taraqqiyot yo'li - mehnat 
mentalitetiga asoslanib, oilaviy tadbirkorlik, xususan oilaviy fermerlik 
harakatini ustuvor rivojlantirish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Bu aslo


bejiz emas. Zero, Prezidentimiz o'zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas 
kuch” nomli mashhur asarida o'rinli ta’kidlaganidek: “Har qaysi 
millatning o'ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech 
shubhasiz, oiianing o'mi va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof 
va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasawurlari birinchi galda 
oila bag'rida shakllanadi”25. Bu ko'p qirrali jarayonda oilaviy mehnat 
an’analari alohida ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy mehnat an’analari har bir farzandning mehnat haqidagi 
dastlabki tasawurlari, kasbga bo'lgan qiziqish va intilishi, zamonaviy 
ilmlami o'rganishga bo'lgan harakatini belgilanishida tarbiya o'chog'i 
bo'lib xizmat qiladi. Millatimizda azal-azaldan oilaviy dehqonchilik va 
chorvachilik mehnat madaniyati ustuvor bo'lib kelgan. Bugun shu mehnat 
madaniyatining yanada barqaror o'sishi va rivojlanishi uchun barcha 
zaruriy 
huquqiy, 
siyosiy, 
moddiy 
va 
ma’naviy 
shart-sharoitlar 
yaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: 
“Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun 
biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy 
belgilab qo'yish vaqti keldi”. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o'tilgan 
bu muhim xulosa mehnatni tashkil etish va boshqarishda tarix sinovlaridan 
juda ko'p bor o'tgan va samarali hisoblangan oilaviy mehnat jamoalarini 
nazarda tutadi. Oilaviy fermerlik - an’anaviy mehnat jamoalari ichida eng 
ko'p tarqalgan xo'jalik yuritish usuli hisoblanadi. SHu ma’noda 
"Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ko'rsatib o'tilgan 
oilaviy tadbirkorlikning qonunchilik bazasini yaratish to'g'risidagi taklif 
juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu yo'nalishda qabul qilinadigan qonunlar 
oilaviy biznes va tadbirkorlikni huquqiy asoslarini tashkil qilibgina 
qolmay, balki hozirda bu yo'nalishda mavjud turli ma’muriy-byurokratik 
to'siqlar, o'rinsiz aralashuvlarga barham berib, oiianing qonun kuchiga va 
o'ziga bo'lgan ishonchini ortishiga olib keladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish