K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

 
 
1.33-rasm. 03-4967M GOSNIТI moylash va moy kuyish qurilmasidagi yangi moyni 
kabul nilish, saqlash va tarqatish tizimining sxemasi: 
1—nasos, 2—mufta, 3—elektr dvigatel, 4—haydash trubasi, 5, 10—jumraklar, 6— utkazish 
klapani, 7—bak, 8—probkali shtutser, 9—to’kish trubasi, 11—so’rish trubasi, 12— 
shtutser, 13 -olish shlangi, 14— yo’naltiruvchi blok, 15—moy tarqatish shlangi, 16 — moy 
tarqatish jo’mragi, 17—taranglash yuki. 
 
Moylash, moy quyish jihozlarini ishlatish. 
Mashinalarni moylash va 
ularga moy quyish ko’chma qurilmalari. Qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish har 
smenada, davriy va mavsumiy xizmat ko’rsatishlarga ajratiladi. Ekspluatatsion 
chiniqtirish vaqtida kompressorga qo’shimcha xizmat ko’rsatiladi. 
Qurilma xo’jalikka keltirilgach, uni ishga tayyorlash lozim: changini, himoya 
moyini artish, trubalarning ulangan va mahkamlangan joylarini qattiklash, qurilmani 
elektr tarmog’iga va yerga ulash kerak. Тruba va baklarni tayyorlashdan so’ng ularda 
qolgan begona zarralarni chikarib tashlash uchun qurilma kompressorini ishga 
tushirib gidravlik tizimni siqilgan havo bilan tozalash darkor. Тizim siqilgan havo 
bilan 5—10 min. tozalangach, uning germetikligi tekshiriladi. Kompressor vakum-
nasosning ish tartibiga o’tkazilib qurilma baklarida siyraklanish hosil qilinadi. Тizim 
germetikligi yetarlicha bo’lganda manovakuummetr strelkasi „-1" bo’linmasiga 
yaqinlashishi lozim. Aks holda qopqoqlardagi, baklarning quyish bo’g’izlaridagi, 
tarqatish jo’mraklari va boshqalardagi rezina zichlamalarni ko’zdan kechirish, 


47 
aniqlangan shikastlanishlarni bartaraf etish kerak. So’ngra qurilma baklari dizel 
yonilg’isi bilan yuviladi va siqilgan havo bilan yana tozalanadi. 
Kompressorni ekspluatatsion chiniqtirish davri 60 soat davom etadi. Bu vaqtda 
ayniqsa maxovik, silindrlar bloki kallagi, kallak qopqog’i, haydash trubasi, bosim 
sozlagichning mahkamlash uzellarini, bosim sozlagichning bo’shatish mexanizmiga 
nippelli birikish joyini diqqat bilan kuzatish lozim. Chiniqtirish tugallangach, 
kompressor karteridagi moy almash-tiriladi. Ishlatilgan to’kiladi, kompressorni 3—5 
min ishlatib karter yuvish suyuqligi (qovushoqligi past moy, masalan, „Industrial-20" 
moyi) bilan yuviladi. Keyin yuvish suyuqligi to’kiladi, karter esa yangi moy bilan 
to’ldiriladi. 
Har s m e n a d a g i t e x n i k x i z m a t ish smenasi oxirida ko’rsatiladi. Qurilmani 
va uning tarkibiy qismlarini ko’zdan kechirib bekamu ko’stligiga ishonch hosil 
kilish, sirtini chang, kir, oqqan
 
moydan tozalash, asboblarning saqlash oynalarini 
artish zarur. Qurilmaning yerga benuqson ulanganligi tekshiriladi. Moy va havo 
sizayotgan joylar bartaraf etiladi. Kompressor ishlayotganda begona shovqin va 
taqillashlar bo’lmasligiga, kompressor berilgan eng past va eng yuqori bosimda salt 
yurishga o’tkazilishiga ahamiyat berish kerak. Resiver va nam-moy ajratkichdan 
kondensat to’kiladi. Kompressor to’xtatilgandan keyin moy sathi o’lchanadi va zarur 
bo’lsa, kompressor karteriga qo’shimcha moy quyiladi, yuritish tasmalarining holati 
va tarangligi tekshiriladi. 
D a v r i y t e x n i k x i z m a t ikki-uch oyda bir marta ko’rsatilib, bunda qator 
qo’shimcha amallar bajariladi. Havo tozalagichning ikkinchi bosqichi kassetalari
bosim sozlagichining metall-keramik filtri, nam-moy ajratkichning filtrlash elementi, 
bak bo’g’izlarining turli filtrlari, vakuum-saqlash qurilmasi va qalqovichli mexanizm 
detallari benzinda yuvilib, siqilgan havo bilan quritiladi; havo tozalagichning 
ikkinchi bosqichi kassetasi moylanadi va uning kompressor kallagi qopqog’i 
tekisligiga germetik tegib turishi tekshiriladi. Bak bo’g’izlari qopqoqlarining, tez 
ajraluvchi muftalarning, tarqatish jo’mraklarining rezina zichlamalari ko’zdan 
kechiriladi va zarur bo’lsa, almashtiriladi. Elektr dvigatel va elektr apparatlarga 
xizmat ko’rsatishda shkivning dvigatel valiga zich o’tkazilganligi tekshiriladi, zarur 
bo’lsa, podshipnikli uzellarga qo’shimcha moy surkaladi, avtomatik o’chirgich, 
tugmali boshqarish posti, magnitli ishga tushirgich kontaktlari tozalanadi, 
kompressor bir necha bor ishga tushirish va to’xtatish bilan kontaktlarning bir vaqtda 
tutashishiga ishonch hosil qilinadi. 
M a v s u m i y t e x n i k x i z m a t yiliga ikki marta ko’rsatiladi. Har smenada 
va davriy xizmat ko’rsatishlarda bajariladigan yuqorida keltirilgan barcha amallardan 
tashqari, jihozlarning tashqi sirtlari tozalanadi va bo’yaladi, barcha ishqalanuvchi 
sirtlardagi 
(elektr 
dvigatel, 
yurish 
qismi 
g’ildiraklari 
va 
xokazolar 
podshipniklaridagi) moy almashtiriladi. Gidravlik tizim baklari va trubalari olinib, 
dizel yonilg’isida yuviladi, so’ngra siqilgan havo bilan tozalanadi. Barcha rezina 
buyumlar obdan tozalanadi, yuviladi, quriguncha artiladi hamda shikastlanganlari 
almashtiriladi. Uzoq muddat saqlashga qo’yishda qurilmaning barcha bo’yalmagan 
metall qismlariga zangga qarshi NG-203A moyi surkaladi. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish