va uning yaqinida saqlash mumkin emas.
5.
Agar tez alangalanuvchi moddalar yonib ketsa darhol qizdirish manbayini
o‘chirish va qum sepish yoki maxsus o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish kerak.
6.
Ishlayotgan kishining ust kiyimi yonib ketsa darxol qalin mato yopib
havoning kirishini to‘xtatish lozim.
7.
Elektr asbob – uskunalari tokga ulanganda yerlatilishi lozim.
8.
Laboratoriya xonalarida har bir elektor ulanish nuqtalari (rezetkalar)
izolatsiyalangan va kuchlanish volt kattaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
9.
Ish tugagandan so‘ng barcha asbob –
uskunalarni tozalab, reaktivlarni
joy – joyiga qo‘yish, elektr ulagichlarini o‘chirib, gaz va suv jo‘mraklarini berkitib
chiqish va ish joyini tartibga solib, laborantga topshirish talab etiladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish
1.
Teriga kislotalar to‘kilsa darhol o‘sha joy suv bilan 3–4
marta yuviladi,
so‘ngra kaliy permanganat yoki natriy bikarbonat tuzining 3% li eritmasiga botirilgan
paxta qo‘yiladi.
2.
Teriga ishqor to‘kilganda avval oqar suv bilan toki silliqligi ketguniga qadar
yuvish kerak. So‘ngra kaliy permanganatning 3% li, sirka yoki bor kislotaning 2% li
eritmasi bilan yuviladi.
3.
Ko‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko‘zni yaxshilab toza suv bilan yuvish
so‘ngra vrachga murojoat etish kerak.
4.
Alanga yoki issiq ta’sirida kuygan joy kaliy permanganatning 3% li eritmasi,
taninning spirtdagi eritmasi bilan yuvilib, so‘ngra streptasid emulsiyasi surtib bog‘lab
qo‘yish kerak.
5.
Xrom, brom, vodorod sulfid, karbon (II)
oksidi va simob bilan
zaharlanganda ochiq havoga chiqarib, vrachga murojoat qilish lozim.
Biologiya laboratoriyasida ishlaganda e’tiborli bo’linmasa, ahamiyat qilmasa havfli oqibatlarga
olib kelishi mumkin bo’lgan ehtiyot choralariga amal qilish zarur. Zaharli, yengil yonuvchi,
portlovchi, kimyoviy kuydiruvchi xususiyatiga ega bo’lgan moddalar bilan ishlaganda, bu ehtiyoj
choralariga ayniqsa amal qilish kerak.
Pipetka bilan ishlaganda qisman suyiltirilgan va kontsentrlangan kislotalar (azot, sulfat,
xlorid, sirka kislotalari) zaharli va zazarli moddalarni og’iz bilan tortish mumkin emas, balki rezina
nok yoki silindrdan foydalanish zarur. Bunga xrom aralashmasi ishlatishda ham amal qilish kerak.
Zararli gaz yoki bug’lar hosil qiladigab (azot, xlorid, sirka kislota va boshqalar)
kukun
xolidagi changlanadigan moddalarni ishlatganda dokali respiratorlar va himoya ko’zaynagidan
hamda mo’rili shkafdan foydalanish kerak. Turli asboblar 220V kuchlanishili elektr tokidan
foydalanilganligi sababli laboratoriyada umumiy yerga ulanishkontur tizimi ta’minlangan bo’lishi
kerak. Bu asboblarida foydalanishning
nafaqat havfsizligini, balki asboblar ko’rsatkichlarning
aniqligini ham ta’minlaydi. Havfsizlik maqsadida oxirgi paytda asboblarning elektr qo’shimcha
yerga ulanish –kontakt simlari bor maxsus vilka va rezetkalar bilan chiqarilmoqda. Shuning uchun
ularni qo’shimcha yerga ulash shart emas.
Laborant biologik material bilan ishlaganda ehtiyotlik va e’tibor bilan ishlashi kerak. Bu
materiallar bilan ishlagandan so’ng darhol materialni va ishlatilgan idishlarni ham zararsizlantirish
ya’ni ximyaviy va termik ishlov berish zarur.
1-2 jadvallarda eng ko’p ishlatiladigan zaharli, yonuvchan
va portlovchi kimyoviy
moddalarni saqlash qoidalari, kuyish va zararlanishda ko’rsatiladigan
birinchi yordan haqida
ma’lumot beriladi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: