K I r I sh 1-laboratoriya mashg’ulot


Yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalari



Download 196,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi196,81 Kb.
#747778
1   2   3
Bog'liq
1 pdf

Yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalari 
1.
Laboratoriyada ishlayotgan har bir kishi yong‘in va texnika xavfsizlik 
qoidalariga amal qilishi lozim. 
2.
Turli gaz gorelkalar va spirt lampalardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak. 
3.
Issiq idish va asboblarni hech qachon stolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yish 
yaramaydi, buning uchun maxsus taglik (azbest qog‘oz, oyoqli metal panjara) bo‘lishi 
kerak. 
4.
Tez alangalanuvchi moddalar solingan idishlarni ochiq alangada qizdirish 


va uning yaqinida saqlash mumkin emas. 
5.
Agar tez alangalanuvchi moddalar yonib ketsa darhol qizdirish manbayini 
o‘chirish va qum sepish yoki maxsus o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish kerak. 
6.
Ishlayotgan kishining ust kiyimi yonib ketsa darxol qalin mato yopib 
havoning kirishini to‘xtatish lozim. 
7.
Elektr asbob – uskunalari tokga ulanganda yerlatilishi lozim. 
8.
Laboratoriya xonalarida har bir elektor ulanish nuqtalari (rezetkalar) 
izolatsiyalangan va kuchlanish volt kattaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
9.
Ish tugagandan so‘ng barcha asbob – uskunalarni tozalab, reaktivlarni 
joy – joyiga qo‘yish, elektr ulagichlarini o‘chirib, gaz va suv jo‘mraklarini berkitib 
chiqish va ish joyini tartibga solib, laborantga topshirish talab etiladi. 
Birinchi yordam ko‘rsatish 
1.
Teriga kislotalar to‘kilsa darhol o‘sha joy suv bilan 3–4 marta yuviladi, 
so‘ngra kaliy permanganat yoki natriy bikarbonat tuzining 3% li eritmasiga botirilgan 
paxta qo‘yiladi. 
2.
Teriga ishqor to‘kilganda avval oqar suv bilan toki silliqligi ketguniga qadar 
yuvish kerak. So‘ngra kaliy permanganatning 3% li, sirka yoki bor kislotaning 2% li 
eritmasi bilan yuviladi. 
3.
Ko‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko‘zni yaxshilab toza suv bilan yuvish 
so‘ngra vrachga murojoat etish kerak. 
4.
Alanga yoki issiq ta’sirida kuygan joy kaliy permanganatning 3% li eritmasi, 
taninning spirtdagi eritmasi bilan yuvilib, so‘ngra streptasid emulsiyasi surtib bog‘lab 
qo‘yish kerak. 
5.
Xrom, brom, vodorod sulfid, karbon (II) oksidi va simob bilan 
zaharlanganda ochiq havoga chiqarib, vrachga murojoat qilish lozim. 
Biologiya laboratoriyasida ishlaganda e’tiborli bo’linmasa, ahamiyat qilmasa havfli oqibatlarga 
olib kelishi mumkin bo’lgan ehtiyot choralariga amal qilish zarur. Zaharli, yengil yonuvchi, 
portlovchi, kimyoviy kuydiruvchi xususiyatiga ega bo’lgan moddalar bilan ishlaganda, bu ehtiyoj 
choralariga ayniqsa amal qilish kerak. 
Pipetka bilan ishlaganda qisman suyiltirilgan va kontsentrlangan kislotalar (azot, sulfat, 
xlorid, sirka kislotalari) zaharli va zazarli moddalarni og’iz bilan tortish mumkin emas, balki rezina 
nok yoki silindrdan foydalanish zarur. Bunga xrom aralashmasi ishlatishda ham amal qilish kerak. 
Zararli gaz yoki bug’lar hosil qiladigab (azot, xlorid, sirka kislota va boshqalar) kukun 
xolidagi changlanadigan moddalarni ishlatganda dokali respiratorlar va himoya ko’zaynagidan 
hamda mo’rili shkafdan foydalanish kerak. Turli asboblar 220V kuchlanishili elektr tokidan 
foydalanilganligi sababli laboratoriyada umumiy yerga ulanishkontur tizimi ta’minlangan bo’lishi 
kerak. Bu asboblarida foydalanishning nafaqat havfsizligini, balki asboblar ko’rsatkichlarning 
aniqligini ham ta’minlaydi. Havfsizlik maqsadida oxirgi paytda asboblarning elektr qo’shimcha 
yerga ulanish –kontakt simlari bor maxsus vilka va rezetkalar bilan chiqarilmoqda. Shuning uchun 
ularni qo’shimcha yerga ulash shart emas. 
Laborant biologik material bilan ishlaganda ehtiyotlik va e’tibor bilan ishlashi kerak. Bu 
materiallar bilan ishlagandan so’ng darhol materialni va ishlatilgan idishlarni ham zararsizlantirish 
ya’ni ximyaviy va termik ishlov berish zarur. 
1-2 jadvallarda eng ko’p ishlatiladigan zaharli, yonuvchan va portlovchi kimyoviy 
moddalarni saqlash qoidalari, kuyish va zararlanishda ko’rsatiladigan birinchi yordan haqida 
ma’lumot beriladi. 
1-jadval 

Download 196,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish