30
qit’ani kashf qilgan dengizchi – Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya deb ham atashar edi.
Yangi element aniqlangan o‘sha qoramtir mineralning o‘zini esa «kolumbit» deb nomlashgan.
1802-yilda shved kimyogari Avgust Gustav Ekeberg (1767-1813) kolumbit minerali
tarkibidan yana bir noma’lum oksidni ajratib oldi. Ekeberg ajratib olgan yangi oksidning g‘alati
jihati shunda ediki, u biror bir kislotada erishni xohlamasdi. O‘sha davr kimyo fanining
«qonunchisi» bo‘lgan Berselius, ushbu oksid tarkibidagi metallni «
tantal» deb nomlashni taklif
qildi. Tantal – qadimgi yunon afsonalaridagi qahramon bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, Tantal o‘z
qilmishlari uchun jazo tariqasida suvga botirib qo‘yilgan ekan. Uni suvga shunda tiqishganki,
bechora garchi o‘zi suvda turgan bo‘lsa-da, boshini qimirlata olmagan va shu sababli,
qanchalik chanqasa ham bir qultum ham suv icholmagan. Tantal solib qo‘yilgan
suvga mevali
daraxtlarda g‘arq pishgan mevalar ham egilib tushib turgan. Tantal esa ularga og‘zi bilan yeta
olmagan va ochlikdan azob chekkan. Berseliusning taklifi ko‘pchilikka ma’qul tushib, Ekeberg
kashf qilgan oksiddagi metallni hamma tantal deb atay boshlagan. Tantal o‘z fizik va kimyoviy
xossalariga ko‘ra, avvalroq ayni shu mineral tarkibidan ochilgan element – kolumbiyga shu
darajada o‘xshar ediki, o‘sha paytlarning eng yetuk kimyogar mutaxassislari ham, tantal va
kolumbiy boshqa-boshqa elementmi, yoki, aynan bitta metallmi – farqlay olmay yurishgan.
Tushunarsiz holatga oydinlik kiritgan kashfiyotni faqat 1845-yilga kelib nemis kimyogari
Genrix Roze (1795-1864) amalga oshirdi. U bir necha minerallarni, shu jumladan, Bavariyadan
keltirilgan kolumbitni ham kimyoviy tahlil qilib ko‘rdi. Roze sinchiklab tekshirish orqali,
ushbu mineraldagi o‘sha ikki element haqiqatan ham bir-birdan mustaqil, mutlaqo boshqa-
boshqa elementlar ekanini tasdiqladi. Roze yana shuni aniqladiki, Xettchet alohida element deb
o‘ylagan va kolumbiy deb nom berib qo‘ygan birinchi modda aslida o‘sha ikkita juda o‘xshash
metallarning aralashmasi ekan. Roze tomonidan, kolumbit mineralining tarkibi
Fe,Mn(Nb,Ta)
2
O
6
ekani ham aniq ko‘rsatib berildi. Olim ikkinchi elementni Niobiy deb
nomlashga qaror qilgan. Uning ma’nosi o‘sha qadimgi yunon afsonalaridagi Tantalning qizi
Nioba ismi bilan bog‘liq.
Roze ilmiy ishlaridan keyin, Xettchet kolumbiy deb nomlab qo‘ygan modda aslida
kimyoviy element emasligi oydinlashgan bo‘lsa-da, biroq, Amerikaliklar nimagadir uzoq
yillargacha Niobiy atamasini qabul qilishmadi. XX asr 40-50 yillarigacha ham AQSHda chop
etilgan kimyoviy elementlar davriy jadvallarida Niobiy o‘rniga Kolumbiy atamasini va Nb
formulasi o‘rniga Cb formulasini uchratish mumkin edi. Adolat yuzasidan aytib o‘tish shartki,
garchi, Xettchet o‘zi element ochdim deb o‘ylab yanglishgan bo‘lsa-da, lekin ilm-fan uning
kimyo fani oldidagi xizmatlarini unutgani yo‘q. Uning nomi AgTlPbAs
2
S
5
mineraliga
xatchit
tarzida biriktirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: