K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

R (gaz doimiysi)   
Mazkur belgi ilk bora, farang muhandisi va fizigi Benua Emil Pol Klayperon (1799-
1864) tomonidan yozilgan maqolalarda paydo bo‘lgan. 1820-1830-yilldarda u Sankt-Peterburg 
yo‘lsozlik muhandislari institutida professor bo‘lgan bo‘lsa, 1858-yildan boshlab, Parij Fanlar 
akademiyasining akademigi bo‘lgan. 1834-yilda u, berilgan gaz uchun pV/(267+t) ifoda doimiy 
bo‘lishini payqab qoldi. Ya’ni, pV=R(267+t) bo‘lar ekan. Bunda, p – bosim, V – gazning massa 
birligining bosimi, t – harorat (selsiy shkalasi bo‘yicha). 1850-yilda esa, nemis fizigi Rudolf 
Klauzius  (1822-1888),  boshqa  bir  fransuz  kimyogari  Anri  Viktor  Renyo  (1810-1878) 
tomonidan olingan eksperimental natijalar asosida, mazkur formulaga yanada aniqlik kiritdi va 
267  sonini  yanada  aniq  bo‘lgan  273  bilan  almashtirdi.  Va  nihoyat,  Klauziusning  shogirdi 
bo‘lgan Avgust Xorstman (1842-1930) o‘zining 1873-yilgi ilmiy ishlarida mazkur tenglamada 
hajmni massa birligi bilan bog‘lab emas, balki, modda miqdori birligi bilan (ya’ni, molyar hajm 
bilan) bog‘lab qo‘llay boshladi. Shu tariqa, pV=RT tenglamada, haqiqatan ham – universial 
gaz  doimiysi  bo‘lib  qoldi.  Ushbu  formulada  universial  gaz  doimiysini  aynan  R  bilan 
belgilashning  sababi  nimada  ekan?  Manbalarga  ko‘ra,  ushbu  tenglamaga  e’tibor  qaratgan 
paytda  Klayperon  pV/(267+t)  doimiy  nisbat  uchun  o‘z  ona  tilida,  ya’ni,  fransuzchada  ratio 
so‘zini qo‘llagan ekan. Buning ma’nosi o‘zbekchada «nisbat» degani bo‘ladi. Haqiqatan ham, 
ifoda, ko‘rib turganingizdek, pV ning (267+t) ga nisbati tarzida namoyon bo‘lmoqda.  
Gaz  qonunlari  haqida  gap  ketarkan,  ushbu  qonunlar  turli  mamlakatlarda  turlicha 
atalishini ham aytib o‘tish sizga qiziq bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Bizda Boyl-Mariott qonuni 
deb  ataladigan  va  pV=const  deb  ifodalanadigan  qonunni  ingliz  tilli  davlatlarda  Boyl  qonuni 
deyishadi. V~T (p=const) ifoda orqali tushuntiriluvchi bizdagi Gey-Lyussak qonuni Yevropada 
Gey-Lyussakning  1-qonuni  deyiladi;  AQSHda  esa  aynan  shu  qonun  Sharl  qonuni  deyiladi. 
p ~T (V=const) nisbat orqali biz Sharl qonunini ifodalasa, aynan shu qonunni Yevropada Gey-
Lyussakning 2-qonuni deyiladi; AQSHda esa endi u shunchaki Gey-Lyussak qonuni bo‘ladi. 
pV=RT  tenglamaga  kelsak,  uni  g‘arbda  shunchaki,  ideal  gaz  tenglamasi  deyishsa,  bizda 
Klayperon  tenglamasi  deyiladi  va  pV=
𝑚
𝜇
RT  nisbatni  esa  Mendeleyev-Klayperon  tenglamasi 
deyiladi (bunda, m – moddaning massasi, μ – uning molyar massasi).  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish