Neon, kripton, ksenon
XIX-asr oxirida havo tarkibidan (aniqrog‘i, havodan ajratib olingan argondan) spektral
tahlil orqali kashf qilingan ushbu gazlar ilm-fanda nodir gazlar deyiladi. Ularning nomi
quyidagicha ma’nolarga ega: neon – yunoncha «neos» - ya’ni, «yangi» degan so‘zdan olingan;
kripton esa – yunoncha «kryptos» - «yashirin», «maxfiy» so‘zlaridan yasalgan; ksenon bo‘lsa
– yunon tilidagi «xenos» - begona, noma’lum ma’nolarini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan
atama sanaladi.
63
II-bob: Umumiy kimyo va fizik-kimyoga oid
terminlar, old qo‘shimchalar, yasovchi
qo‘shimchalar, atoqli birliklar
Umumiy terminlar
Zamonaviy kimyo allaqachon muayyan tor doiradagi sohalarga taqsimlanib ketgan.
Masalan, biokimyo mutaxassisi, o‘zining o‘ta o‘tkazgich keramikasi mahsulotlarini sintez
qilish bilan shug‘ullanuvchi hamkasbi ishlatadigan terminlarni unchalik ham tushunmasligi
mumkin va bunga ajablanmaslik kerak. Elektrokimyogarning terminologik leksikasi, azotli
birikmalar ustida ish olib boruvchi kimyogar-texnolog ishlatadigan terminologiyadan ancha
farq qiladi. Kimyoviy texnologiyalar bo‘yicha umumiy asosdagi lug‘atlar ham xorijiy tillardan
tarjima qiluvchi mutaxassislar uchun yetarli bo‘lmay qolgan. Shu sababli ham, hozirda neft
kimyosi, gaz kimyosi, elektrokimyo, korroziya, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi,
silikatlar texnologiyasi, kimyoviy tolalar va ho kazo alohida-alohida kimyoviy yo‘nalishlar
uchun maxsus chop etilgan qalin-qalin, ko‘p jildli lug‘atlarni uchratish mumkin.
Shunga qaramay, istalgan tor sohada faoliyat ko‘rsatuvchi kimyogar bir ko‘rishda
tushunadigan umumiy terminlar ham albatta talaygina. Ushbu bob shunday umumiy asosda
qo‘llanuvchi, barcha kimyogarlar tez-tez qo‘llaydigan terminlarga bag‘ishlangan. Ulardan
aksariyati yunon yoki lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, qizig‘i shundaki, lotinchadan olingan
terminlarning ba’zilarini mumtoz lotin tili lug‘atlaridan izlab topishning o‘zi mahol. Bunday
terminlar «yangicha lotin» deb nomlanadigan tilga oid bo‘lib, uni, qadimgi lotin tili qoidalari
asosida o‘rta asrlarda yashagan Yevropalik kimyogarlar o‘ylab topishgan. Keling, eng
asosiysidan boshlaymiz...
Kimyo
Fanning nomi - «kimyo» so‘zi arab tilidagi «al-kimiya» so‘zidan Yevropaga kirib
kelgan. Bu so‘zning ildizi esa qadimgi Misrliklarga borib taqaladi. Fir’avnlar davrida yashab
o‘tgan Misrliklar tilida «kem» so‘zi Nil toshqinidan keyin yuzaga chiqadigan hosildor tuproqni
bildirgan. Nil vodiysini va qisman, Misrning o‘zini ham mahalliy aholi Kemeia deb
nomlashgan. Misr madaniyati bilan yaqindan tanishgan yunonlar, ular ko‘rsatayotgan turli
tajribalarni, ayniqsa kohinlarning «afsun» va «sehr»larini ham lo‘nda qilib, «kemia» deb
nomlashgan. Aslida, bosh-boshida, Misrga taalluqli hamma narsa «kemia» deb nomlangan
bo‘lsa, keyinchalik, bu faqat yunonlar nazdida, Misr kohinlari ko‘rsatayotgan sirli-sehrli
tajribalarni ifodalay boshlagan. Shunday qilib, yunonlar tilida «kemeia» deganda «Misr
sehrgarlari afsunlari» degan ma’noni bildirgan.
Hozirda ham, ushbu fan nomida o‘sha qadimgi Misr xalqining «kem» so‘zi o‘zak
sifatida saqlanib qolgan. Deyarli barcha jahon tillarida ushbu fan nomi «chemistry» tarzida,
yoki, unga juda yaqin ko‘rinishda yoziladi. Turkiya, arabiy va forsiy tillarda esa «kimyo»
ko‘rinishida, slavyan tillarida bo‘lsa «ximiya» (химия) shaklida saqlanib qolgan. Lekin, «kem»
o‘zagi umuman uchramaydigan istisnoli holatlar ham mavjud. Masalan, golland tilida kimyo
fanini «scheikunde» deyiladi. Vengr tilida esa kimyo «vegyeszet» tariqasida yoziladi va
o‘qiladi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |