Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Kitoblar –bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma’lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o‘zida mujassamlashtiradi, bu ma’lumotlarni yo‘qolib ketmasligiga, yaxshi
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
50
saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo‘lda yuritishga mo‘ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko‘rinishida uchun foydalanib bo‘lmaydi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o‘ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko‘rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo‘yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko‘rsatiladi.
2.Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo‘yicha aks ettiradi, ya’ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‘ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‘yicha turli jurnal –orderlarni yuritish ko‘zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo‘yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‘yicha № 2, 60 «Ta’minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‘yicha boshqa jurnal-orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi.
3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo‘yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |