K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit o‘quv qo‘llanma toshkent «O‘qituvchi» -2004



Download 5,53 Mb.
bet246/248
Sana02.06.2022
Hajmi5,53 Mb.
#630145
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248
Bog'liq
3 McCarthy, O\'Dell English vocabulary in use pdf

1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 8-ilovada keltirilgan.


2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotning umuman to‘g‘riligini, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan mos kelishini, shuning bilan birga xo‘jalik faoliyatida uning ko‘rsatkichlarini buzib ko‘rsatilishiga va foydalanuvchilar qabul qiladigan qarorlarga muhim ta’sir etmaydigan ayrim holatlarni borligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 9-ilovada keltirilgan.


3.Salbiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘ri emasligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelmasligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 10-ilovada keltirilgan.


4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash uchun mijoz tomonidan yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmaganda auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan hujjat. Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish bo‘yicha auditorlik tashkilotining xatining namunasi 11-ilovada keltirilgan.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining litsenziyasi, javobgar auditorlarning malaka sertifikatlari bekor qilinadi, shuningdek ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi mumkin.
17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish

Auditorlik tekshiruvini tashkil etishning 4-bosqichi bo‘lib uning natijalarini tadbiq etish hisoblanadi.




Audit natijalarini tadbiq etish deganda auditor hisobotida aks ettirilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi tushuniladi.

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com

280

Odatda, ushbu ishlar auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi kerak, chunki auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi o‘tqazilgandan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasini qonun hujjatlariga muvofiq tegishli organlarga taqdim etishi lozim.


Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Auditorlik tekshiruvi natijalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati, mulkdorlar, Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqa qiziquvchilar ishtirokida muhokama qilish;
Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni belgilash;
Auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni haqiqatda bartaraf etilganligini nazorat qilish va muhokama etish.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etishga ma’sul bo‘lib xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning rahbarlari hisoblanadi. Rahbar auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni tekshiruvni o‘tqazgan auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar to‘plagan isbotu-dalillar asosida xatolarni qay darajadaligini, kimlar tomonidan yo‘l qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar. Ikkinchi tomondan, auditorlar ishtirokida tuzatilgan xato kamchiliklar tuzatilgan moliyaviy hisobotga rasmiy auditorlik xulosasini olishni tezlashtiradi. Auditorlarni quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi:

Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob- kitoblarni tayyorlash;


Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish;


Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish;
Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash;
· Korxona xodimlariga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun maslahatlar berish boshqalar.

Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini va moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim etilishi auditorlarga moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish