3.Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
4.Mashina va uskunalar – issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari.
5.Hisoblash texnikasi – kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ).
6.Transport vositalari – yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
56
7.Uskunalar – presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob- uskunalar.
8.Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar.
9.Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar
10.Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
11.Ko‘p yillik o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar
12.Kutubxona fondi – badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi adabiyotlar ( kitoblar).
13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan
mablag‘lar – yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‘rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar
14.Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli namunalar va boshqalar.
Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy vositalarga kiritilmaydi, jumladan :
Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat’iy nazar;
Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar;
Mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar
( mehmonxonalar bundan mustasno );
Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar)
Ko‘chatxonalarda ekish uchun o‘stirilayotgan ko‘chatlar;
Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar.
Do'stlaringiz bilan baham: |