Konsolidatsiyalashtirilgan asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi asosiy vositalarning ichki almashuvlarining summalari chegirib tashlanadi.
Konsolidatsiyalashtirilgan xususiy kapitali to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining jami ustav kapitalidan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining ustav kapitali summasi chegirib tashlanadi, taqsimlanmagan foyda esa faqat guruhga kiruvchilarga taalluqli bo‘lgan miqdorida ko‘rsatiladi.
13.8.Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz bergan kutilmagan holatlar va hodisalar
Ma’lumki, moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobot yili tugashi bilan kelgusi yilning 1 sanasidan boshlab hisobotni tashqi foydalanuvchilarga, eng avvalom bor, soliq idorasiga, topshirish kunigacha (keyingi yilning 15 fevraligacha, qo‘shma korxonalar uchun –15 martgacha, Vazirliklar uchun –1 aprelgacha) amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotni soliq idorasi tomonidan qabul qilib olingan sana moliyaviy hisobotning barcha nusxalarida maxsus tamg‘a ichida ko‘rsatiladi va hisobotni qabul qilib olgan soliq idorasi xodimi tomonidan imzolanadi. Ushbu sanadan boshlab moliyaviy hisobot rasmiy e’lon qilingan deb hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan boshlab uni rasmiy e’lon qilish sanasigacha korxonalar xo‘jalik faoliyatida ko‘zda tutilmagan holatlar va hodisalar yuz berishi
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
232
mumkin. Bunday holatlar va hodisalarni tasniflash, baholash, ularni tuzilgan moliyaviy hisobotga kiritish yoki kiritmaslik tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan 16-son BHMS «Kutilmagan holatlar va buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik
faoliyatida yuz beradigan xodisalar» bilan reglamentlashtirilgan.
Ushbu BHMS ga muvofiq kutilmagan holatlar deganda oxirgi natijalari (foyda
yoki zarari) kelgusida noaniq xodisani (xodisalarni) haqiqatda yuz berishiga qarab tasdig‘ini oladigan vaziyatlar va holatlar tushuniladi. Buxgalteriya balansini tuzish davomida aniqlangan bunday holatlar, odatda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga foyda keltirishi yoki zarar olib kelishi mumkin. Misol uchun, hisobot tuzish vaqtida korxonaning u yoki bu debitori bo‘lgan tashkilotni bankrotga uchraganligi to‘g‘risida ma’lumotni olinishi yoki kreditor tashkilot bilan sudlashish jarayonining davom etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma’lum bo‘lishi, korxonada balans tuzish sanasidan uni e’lon qilish sanasigacha yuz bergan tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar, yong‘in, toshqin va shu kabi favqulotdagi hodisalarning oqibatlari, shu davrda korxonaning mulkiy holatiga ta’sir etadigan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi doir operatsiyalarni yuz berishi, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholanishi hisobot yili uchun tuzilayotgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham kutilmagan holatlarning natijalari kelgusida aniq bo‘lsada, lekinda muhimliligiga qarab ular hali e’lon qilinmagan moliyaviy hisobotga kiritilishi yoki unga ilova qilinadigan tushuntirish xatida o‘z aksini topishi lozim.
Kutilmagan holatlar va xodisalar 16-son BHMS ga muvofiq (p.5) ikkita guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |