7.2.Tovar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan schyotlarning hisobi
Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar hisobi. Haridor va buyurtmachilar bilan olinadigan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
142
4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu aktiv schyot korxonaning haridorlari va buyurtmachilari bilan jo‘natilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni naqd va naqdsiz pul
ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Olinadigan schyotlarni vujudga kelishiga jo‘natilgan tovar-moddiy boyliklarni, bajarilgan ishlar va xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlar ( schyot-fakturalar, dalolatnomalar ) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
Kredit 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimlari».
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida kelib tushmagan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday kurs farqlari milliy valyuta hisobida xorijiy haridor va buyurtmachilarning korxona oldidagi debitorlik qarzlarini ko‘paytiradi va u quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
Kredit 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar»
Olinadigan schyotlar haridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans
summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo‘llar bilan
keyinchalik kelib tushgandan so‘ng yopiladi, ya’ni:
Debet 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», 5010 «Kassa», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar.
Kredit 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida kelib tushmagan debitorlik qarzlar bo‘yicha salbiy kurs farqlari vujudga kelganda, uning summasi korxona zarariga olib boriladi va u quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |