K armana tuman
8-umumiy o`rta
talim maktabining
2-V sinf rahbari
Rahmonova Mehrinisoning
II chorak davomida qilingan ishlar
HISOBOTI
2021-2022- oquv yili
Karmana tuman 8-umumiy orta talim maktabining
2-V sinf rahbari Rahmonova Mehrinisoning
II chorak qilingan ishlar
HISOBOTI
2021-2022-oquv yilining II choragi 10 - noyabrdan boshlandi. Sinf xonasida oquvchilar uchun filtr daftari tashkil etilib, oquvchilar harorati olchanib, daftarga yozib borildi. Oquvchilarning har birida tozalikka rioya qilgan holda ularning yonida antiseptik, nam salfetkalar hamshira tomonidan nazorat qilib borildi. Har juma kuni sinf soati otib borildi . Sinf soatining tashkiliy qismida oquvchilarga tozalik ,davomat tushuntirib borildi. Ota-onalar yigilishi bolib II-chorak vazifalari haqida ota-onalarga tushuntirish ishlari olib borildi.
18-noyabr kuni Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan sinfda rasmlar tanlovi tashkil etildi.O`quvchilarning barchasi ushbu tanlovda faol ishtirok etishdi.
Bundan tashqari 23-noyabrda Ertakalar yaxshilikka yetaklar”haftaligi tashkil etilib, Qo`g`irchoq teatri o`tkazildi. Teatrda o`quvchilar Oltin baliq, Sholgom, Zumrad va Qimmatertaklari o`quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Bu esa o`z navbatida o`quvchilarda aktyorlik qobiliyati shakllanishiga turtki bo`ldi.
Bundan tashqari matematika, ona tili va o`qish fanlaridan ham tanlovlar, zakovat, ochiqdarslar tashkil etildi.
8-dekabr Konstitutsiya qabul qiligan kun munosabati bilan tadbir o`tkazildi. O`quvchilar o`zlarining sherlari, sahna ko`rinishlari bilan tomoshabinlarni lol qoldirisdi.Bundan tashqari Konstitutsiyamizdagi moddalar va ularning kundalik hayotdagi o`rni haqida o`z fikrlarini bildirishdi. O`quvchilar ijrosida raqslar ijro etildi.
10-dekabr Madhiya qabul qilingan kun munosabati bilan sinfda Madhiyamni kuylayman nomli diktantlar tanlovi tashki etildi. G`olib o`quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
25-dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilanYangi yil sarguzashtlari nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda o`quvchilar Yangi yil haqida she`rlar qo`shiqlar, topishmoqlar aytishdi. Ertaklar namoyish qilishdi. Ertak qahramoni rollarini mahorat bilan ijro qilishdi. Raqslar namoyish etishdi. Bu tadbir o`quvchilarning har tomonlama iqtidorini namoyish etishga xizmat qildi.
Chorak yakunida o`quvchilar bilan sinf yig`ilishi o`tkazilib, choralik baholari tanishtirildi. Tanlov va darslarda faol ishtirok etgan o`quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.
Sinf rahbari: M.M.Rahmonova
Do'stlaringiz bilan baham: |