Hikoya b iro r bir davr bilan bog'liq b o ‘ladi. O 'quvchilar q ah ra
m onlam ing m a’naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli
va qorong'i to m onlari xususida m uayyan tushunchaga ega b o'la
bosh-
laydilar. U larda go'zallik va nafosatga m uhabbat, yovuzlikka nisbatan
nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va
uni tahlil qilish davomida
shakllanib boradi. M asalan, 3-sinfda
„Jaloliddin Manguberdi"
hikoya-
sida Chingizxon va uning qo'shinlariga nisbatan nafrat uyg'otilsa,
Jaloliddin M anguberdining xatti-harakati m isolida ona-V atanga m ehr-
m uhabbat uyg'otiladi, uning taqdiri orqali o 'z ajdodlaridan faxrlanish
tuyg'usi paydo bo'ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga
xos xususiyatlari va vazi-
fasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. U ndagi h a r bir so'z,
ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizm at qiladi.
Hikoya m atni uning m azm unini yoki badiiy xususiyatlarini
o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy,
shartli yoki ijodiy
o 'qish, m uam m oli usullardan foydalanish uch un ham m anba bo'lishi
lozim.
B oshlang'ich sinflarda hikoya sujeti, kom pozitsiyasi, qahram on-
larini o'rganish bo'y ich a turli tahlillar m atn
ustida ishlash asosida
olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash
doirasi kengayadi.
„Jaloliddin M anguberdi“
hikoyasi
qahram onlarini,
ularning
xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni
m atnga tayangan holda
quyidagi reja asosida am alga oshirish m um kin:
1. C hingizxonning hiyla ishlatgan o 'rn in i m atn d a n topish. U ning
o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
2. Jaloliddin M anguberdining E ron va A fg'onistonda m o'g'ullarga
qarshi kurashib, erishgan g'alabasi tasvirlangan o 'rin n i topib o'qish.
3. Lashkarboshilarning o'lja taqsim lashi
oqibatida nim a yuz berga-
n in i aniqlash. Bu o 'rin n i m atnd an topish.
4. Jaloliddin M anguberdining jasorati yana qaysi o 'rin d a k o'rin-
ganini aniqlash.
5. C hingizxon Jaloliddin M anguberdiga nim a uch un tan berganini
aytish.
Shundan so 'n g o'quvchilar Jaloliddin M anguberdi haqida ongli
fikr yuritadilar. C hingizxon bilan Jaloliddin
M anguberdining xatti-
harakatlarini taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya m azm unini o'zlashtirish bo'yicha m atn asosida quyidagi
cha ishlar am alga oshiriladi:
1. M atn m azm uni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.
2. H ikoya m atni asosidagi savol-topshiriqlam i bajarish.
3. Hikoya m azm uni yuzasidan o'quvchilam ing savollar tuzishi.
4. H ikoya m azm uniga m os rasm lar chizish.
5. H ikoya m atnini qism larga bo'lish.
6. H ar bir qism ga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to ‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta
hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o ‘qilayotgan hikoya m atnining
tushunarliligi hal qiluvchi
aham iyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: