K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

Polosali spektr.
ayrim bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki kuchsiz 
bog‘langan molekulalar chiqargan yorug‘lik polosa ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Polosalar bir-biridan qorong‘i yo‘lkalar bilan ajralgan bo‘ladi.
Chiziqli spektrlar. 
Bunday spektrda bittagina chiziq bo‘ladi. Bunday 
spektrni bir-biri bilan bog‘lanmagan atomlar chiqaradi. Bir-biridan ajralgan 
atomlar bitta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurni chiqaradi.
Yutilish spektrlari.
lampochkadan chiqayotgan yorug‘lik yo‘liga qizil 
shisha qo‘yilsa, undan faqat qizil yorug‘lik o‘tadi va qolgan nurlar yutilib 
qoladi. agar oq nurni, nurlanmayotgan gaz orqali o‘tkazilsa, manbaning 
uzluksiz spektri fonida qora chiziqlar paydo bo‘ladi. Bunga sabab, 
gaz ma’lum bir chastotali nurlarni yutib qolishidir. O‘rganishlar shuni 
ko‘rsatadiki, gaz qizigan paytida qanday chastotali nurlarni chiqarsa, shunday 
chastotali nurlarni yutar ekan.
istalgan kimyoviy element o‘ziga xos spektrga ega bo‘ladi. har bir 
odamning barmoq izlari faqat o‘ziga xos bo‘lganidek, bir element spektri 
boshqasinikiga o‘xshamaydi.
Mana shu xususiyatga ko‘ra, moddaning kimyoviy tarkibini aniqlashga 
spektral analiz 
deyiladi. Bu juda sezgir usul bo‘lib, tekshirish uchun zarur 
bo‘lgan modda massasi 10
–10
g dan ortmaydi.
Bunday analiz ko‘proq sifat xarakteriga ega bo‘ladi, ya’ni moddada qaysi 
element borligini aniq aytib berish mumkin. lekin, uning qancha miqdorda 
bo‘lishini aniqlash qiyin. Chunki, modda temperaturasi past bo‘lganda 
ko‘pgina spektral chiziqlar namoyon bo‘lmaydi.


102
hozirgi davrda barcha atomlarning spektri aniqlangan bo‘lib, jadvali tuzib 
qo‘yilgan (4.23-rasm). spektral analiz usuli bilan rubidiy, seziy va boshqa 
ko‘pgina elementlar ochilgan. seziy so‘zi “samoviy-havorang” degan ma’noni 
bildiradi.
stronsiy elementining spektri
rux elementining spektri
Co h Ca h fe fe h fe Mg fe na O
2
h O
2
400 450 500 550 600 650 700
nm
4.23-rasm.
aynan spektral analiz yordamida Quyosh va yulduzlarning kimyoviy 
tarkibini aniqlash mumkin bo‘ldi. Boshqa usullar bilan ularni aniqlab 
bo‘lmaydi. aytish joizki, geliy elementi dastlab quyoshda, keyinchalik Yer 
atmosferasida topilgan. elementning nomi geliy “quyoshli” degan ma’noni 
bildiradi. spektral analizni faqat nur chiqarish spektri orqali emas, balki 
yutulish spektri yordamida o‘tkaziladi.
Balmer seriyasi


103

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish