176
uchrashganda hech qanday yo‘qolish ro‘y bermaydi. Barcha saqlanish
qonunlari to‘la bajariladi. Materiya modda ko‘rinishidan
elektromagnit
maydon kvantlari ko‘rinishiga o‘tadi, xolos.
energiyasi elektron va pozitronning tinchlikdagi energiyalari yig‘indisidan
katta bo‘lgan γ-kvant Eγ > 2m
0
c
2
=1,02 MeV yadroning yonidan o‘tganida
elektron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin:
γ →
e
–
+
e
+
.
elektron-pozitron juftligining paydo bo‘lishi va ularning annigilatsiyasi
materiyaning ikki shakli (modda va maydon) o‘zaro bir-biriga aylanishlarini
ko‘rsatadi.
Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari.
Zamonaviy tasavvurlarga
ko‘ra, tabiatda to‘rt xil fundamental ta’sirlashuv mavjud. Bular kuchli,
elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta’sirlashuvlardir. Bu ta’sir
lashuv-
larning har birini amalga oshiruvchi zarralar va har biriga mos keluvchi o‘z
maydonlari mavjud. adronlar – barcha turdagi fundamental ta’sirlashuvlarda
ishtirok etadilar. Bu sinfga barionlar va π-mezonlar kiradi. Barionlar + 1
barion zaryadiga, antizarralari esa –1 barion zaryadiga ega.
Mezonlarning
barion zaryadi nolga teng. Barionlarning spini yarim sonli, mezonlarniki
esa butun son. nuklonlar va nuklonlarga bo‘linadigan og‘irroq zarralar ham
barionlarga kiradi. Massasi nuklonning massasidan katta bo‘lgan barionlarga
giperonlar deyiladi.
leptonlar – kuchli ta’sirlashuvdan boshqa har uchchala ta’sirlashuvlarda
ham ishtirok etadi. leptonlar (“leptos”
yunoncha
–
yengil) elektronlar,
pozitronlar, μ – mezonlar va neytrinolardir. Leptonlar + 1 lepton zaryadiga,
antizarralari esa –1 lepton zaryadiga ega.
fotonlar – gravitasion va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etadigan
zarralar.
gravitonlar – faqat gravitatsion ta’sirlashuvda ishtrok etadi deb hisob-
lanuvchi zarralar. garchi oxirgi tajribalar gravitatsion to‘lqinlarni qayd
etishayotgan bo‘lsa-da, gravitonlarning mavjudligi oxirigacha tasdiqlanmagan.
Barcha elementar zarralar bir-birlariga aylanib
turishadi va bu aylanishlar
ular mavjudligining asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
1964-yilda amerikalik fiziklar M. Gel-Man va J. Sveyglar kvarklar deb
ataluvchi faraziy zarralar mavjudligini bashorat qilishdi. Ularning fikricha,
adronlar kvarklardan tashkil topgan. hozirgi kunda ularning mavjudligini
tasdiqlovchi tajriba natijalari mavjud.
177
kvarklar kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok
etishadi. hammasi bo‘lib kvarklar oltita. Ular lotin harflari bilan
belgilanib, uchta (u,d), (c,s), (t,b) oilaga bo‘linadi.
Oltita kvarkning
har biri o‘z “hidi” bilan ajratiladi va ular uchta – sariq, ko‘k va qizil
“rangda” bo‘ladi. Dastlab u, d, s kvarklar kiritildi. keyinchalik esa
ularga “maftunkor” c (charm), “go‘zal” b (beautn) va “haqiqiy” t
(truth) kvarklari qo‘shildi. u, c, t kvarklarning elektr zaryadi elektron
zarralarining +2/3 qismiga, qolganlariniki esa 1/2 qismiga teng.
antikvarklar mos ravishda qarama-qarshi elektr zaryadiga ega.
Kvarklarning spini ℏ birligida beriladi.
kvarkning kattaligi 10
–18
dan
oshmaydi, ya’ni kvark protondan kamida 10
3
(ming) marta kichik.
Protonni
E
≈ 2 · 10
4
MeV energiyali elektronlar
bilan bombardimon qilish
undagi zaryad proton ichida uch joyda mos ravishda + 2/3
q
e
,+ 2/3
q
e
va
–+ 1/3
q
e
kabi joylashganini ko‘rsatdi.
neytron ham bitta
va ikkita
kvarklardan
tashkil topgan.
Mezonlar kvarklar va antikvarklardan tashkil topgan. Masalan,
π+-mezon
dek tashkil topgan. Bu yerda:
– kvarkning antizarrasi.
Do'stlaringiz bilan baham: