Dastlabki bosqich
Dastlabki bosqichda multimedia – texnologiya asosida ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan kursni tanlash kerak bo‘ladi. Bu eng ma’suliyatli bosqichlardan biri sanaladi. Avvalambor, bu sohadagi mavjud kurslarni tahlil qilish kerak. Ushbu kursni ishlab chiqish sarf-harajatlar miqdori hisoblanib chiqilib, uni qancha kengay-tirish va qanday auditoriyaga mo‘ljallangani belgilab olinadi. Kompyuterlarda o‘qitish kurslari maktabgacha bo‘lgan yoshlar, maktab o‘quvchilari, kasb – hunar kollejlari va oliygohlar talabalari va malaka oshirish maskanlari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda kompyuterda o‘qitish tizimlarining murakkablik darajalari aniqdanadi.
Tayyorlash bosqichi
Ushbu bosqichda kompioterda o‘qitish tizimining matni, unda qo‘lla-niladigan rasm jadval va animatsiyalar tanlab olinadi. Amaliyot shuni ko‘r-satmoqdaki, bunday tizimlarni yaratishda matnni oldin chop etilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalariga asoslanib tanlash kerak ekan, chunki bunda imlo xatolar yo‘q matnning mazmuni ham ancha yuqori saviyada bo‘ladi.
Kompyuterda o‘qitish tizimining matnini shakllantirishda quyidagi bosqichlarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
maqsadni aniqlash va matnlar manbalarini tanlab olish;
o‘quv matnining tarkibini aniqlash;
dastlabki manbalarni kompyuterda o‘qitish tizimining mundarijasi-dan kelib chiqib tarkiblashtirish;
tarkibiy tahrir qilib chiqish;
nazorat;
matnni ekspertiza qilish.
Asosiy bosqich
Kompyuterda o‘qitish tizimini yaratishning asosiy bosqichida tez-tez ishlatiladigan animatsiya elementlari, ovoz kabilar ishlab chiqiladi. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, matnning yonida biror bir illyustratsiyaning bo‘lishi uni qabul qilish darajasini yuksaltiradi. Ikkin-chidan, illyustratsiya qilinayotgan rasm animatsiya yoki videofragmentga nisbatan ko‘p xotirani egallamaydi.
Multimedia muhitida o‘qitish tizimlarini yaratishda animatsiyalardan foydalanish katta o‘rin tutadi. Animatsiyadan o‘quvchiga o‘quv mate-rialining mazmunini to‘liq yetkazish va ayrim ob’ektlarni ichki holatlarini ko‘rsatib berishda samarali foydalanish mumkin. Animatsiyalarni ishlab chiqishda kompyuter grafikasi vositalaridan keng foydalanilib, unda ikki (2D) va uch o‘lchamli (3D) fazoda ob’ektlar taqdim etiladi.
O‘quv jarayonida kompyuterda o‘qitish tizimlaridan foydalanishda video elementlari ham keng qo‘llaniladi, chunki video orqali dunyoning mavjud ob’ektlarini to‘liq aks ettirish mumkindir. Bundan tashqari amali-yotda o‘quv kurslariga ovoz va musiqaviy elementlar ham kiritilmoqda. Bu ham o‘quv materiallarini o‘quvchining xotirasida uzoq muddatda saqlanib qolishida katta o‘rin tutadi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ta’lim sohasida keng ko‘lamda qo‘llanilishi, avvalambor ta’lim tizimi sifati, ilmiy-texnikaviy axborotlarning tezkor olinishi, zamonaviy peda-gogik texnologiyalarning joriy qilinishi va masofaviy o‘qitish tizimini shakllantirishni ta’minlab beradi (1.16 – jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |