K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»



Download 1,59 Mb.
bet50/77
Sana09.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#766676
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tayanch so‘z va iboralar:
AAT yaratish; tendensiyalar; SHK imkoniyatlari; AAT rivojlanish omillari.
Takrorlash uchun savallar.

  1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib borish tendensiyalarini keltiring.

  2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib nimi hisoblanadi?

  3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish, ishlash va rivojlanish natijalarini belgilovchi asosiy omillarni kelti­ring.


5 - b o b.
BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


«Axborot boshqaruvda quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich uzatil-ganda manosi o‘zgarib boradi».

Evans qonuni.




5.1-§. BOSHQARUV FAOLIYATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


So‘nggi yillarda axborot oqimi to‘xtovsiz ko‘payib bormoqda. Muassasalar, boshqaruv apparati xodimlarining ish unumdorligi eng past bo‘lgan sharoit yuzaga keldi. Bunday holatni kutish mumkin edi. Chunki ishlab chiqarishga doimiy ravishda anchagina sarmoya qo‘yiladi, vaqti-vaqti bilan texnik qurollar bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqa-rishni boshqarish sohasida axborot oqimi tobora kuchayib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun uz ish vaqtining 29%ini sarflar ekan, kolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi boltan axborot zarur. Usib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining ele­menta sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti kolmaydi.
Inson uz fazilatlarini namoyon qilishga va ijo-diy faoliyatga intilishga moyil. Shuning uchun boshqaruv jarayonida uning eski operatsiyalarni bajarishi kam samarali bo‘ladi, qaror ko‘pincha intuitiv da-rajada tugal axborotdan foydalanmasdan qabul kilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, murakkab va tez uzga-ruvchan sharoitda boshqaruv xodimlari qulay samarali axborot tizimlari hamda texnolo-giyalaridan foydalanishga zaruriyat sezadi. Chunki aynan shu narsa ishni osonlashtiradi, vaqtni yaxshirok rejalashtirishga imkon beradi.
Shuni qayd etish lozimki, boshqaruv maqsadi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish ancha ilgari boshlangan va mustaxkam sohaga aylangan. Shaxsiy (per­sonal) kompyuterning paydo bo‘lishi avtomatlashtirilgan boshqaruv jarayoni to‘g‘risidagi tasavvurni o‘zgartirgani yo‘q aksincha avtomatlashtiriladigan vazifa va jarayonlar sohasini kengaytirdi.
70-yillar o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim kiyefasi shakllangan vaqtda (korxonalar, tarmoqdar uchun ABTlar kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan ma’lumotlarni iigish vazifasini avtomatlashtirish qabul qilingan. Odatda kichik ma’muriy xodimga yuklatila-digan reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avto-matlashtirilmay qoldi.
Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan mosla-shuvchan va kuchli dasturiy ta’minot va qatiy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu bilan birga yangi hujjatlarni rasmiylashtarish, boshqaruv ob’ektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog‘liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo‘limlari, muassasa, institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim urin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiradigan «elek­tron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Elektron ofis. Idora (ofis)ning asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborotni qayta ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik operatsiyalarni amalga oshiradi. Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig‘iladi, yig‘ilishlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish shartlaridan biridir.
«Elektron ofis» konsepsiyasining xaddan tashqari samarali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chunki u boshqaruv shtatini qisqartirish, muassasa bo‘linmalari orasidagi kommunikatsiyani yaxshilash, boshqaruv tezligini oshirish imkonini beradi.
«Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini qo‘llash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarini taklif etadi: zarur dasturiy ta’minotli shaxsiy kompyuter; yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa kupaytiruvchi texnika; xotirali telefon; telekon­ferensiya o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlarning tashqi bazasi.
Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va bosh-qaruvchilarni axborot bilan yaxshirok ta’minlash imkonini beradi.
Elektron(avtomatlashtirilgan) ofis faqat xodimlar o‘rtasida ichki aloqaga ko‘maklashgani uchungina emas, tashqi muhit bilan kom-munikatsiya vositalari­ni taqdim etgani uchun ham e’tiborga loyiq.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi-kompyu-ter tarmoqlari bazasida tashqi muhit va tashkilot ichida kommunika-siya jarayonlarini tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlashdir.
Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, mutaxassislar, texnik xodimlar foydalanadi, u ayniksa muammolar-ni guruh bo‘lib xdp etish uchun qulay.
Elektron ofisning asosiy tarkibiy qismlari 1.22-rasmda keltirilgan.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish