K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»


Avtomatlashtirilgan axborot tizimi



Download 1,59 Mb.
bet37/77
Sana19.11.2022
Hajmi1,59 Mb.
#869055
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (1.19-rasm).


Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjat-larning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga teplili hujjatlardir.


Matematik ta’minot. Matematik ta’minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashhis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallan-gan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyat-larini kengaytirish, ma’lumot-larni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq, bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chikilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chikdlgan modellar, ma’lum bir ob’ektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Uslubiy taminot va tashkiliy ta’minot – axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot model-lariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablar-dan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.
Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.
Huquqiy ta’minot – axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustaxqamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi.
Lingvinistik ta’minot – axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot tizimining funksional qismi axborot tizimining vazifa va topshirikdari bajarilishini ta’minlaydi. Amadda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ruy beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi:

  • boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi);

  • boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);

  • kullanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo);

  • boshqaruv ishi va davri.

Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir ob’ektga boshik. Axborot tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob’ektlar uchun bir xilda bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtta nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:

  1. Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mav-jud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqti-sodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.

  2. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyhalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnik loyihasini rasmiylashtirish.

  3. Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dastur-larni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texno-logik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo‘llanma yo‘riqnoma-larni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish.

  4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.

  5. Ekspluatatsiya (kuzatib kuyish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.

Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti – vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to‘plami shakllanadi.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish