4. Internetning ertangi kuni haqidagi jikrlaringizni ayting.
5. Internetga qay usulda kirasiz?
100
3-BOB. JURNALISTIK FAOLIYATNI TASHKIL QILISH
3.1. jurnalistika nazariyasi va uning ijtimoiy vazifalari
Jurnalistika nazariyasi - ijtimoiy axborotning paydo b o iish i va
tarqalishi hamda bu borada asosiy o ‘rin tutuvchi ommaviy axborot
vositalari - gazetalar, jurnallar, radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar, axborot
agentliklari va internet faoliyatini o ‘rganuvchi fandir. Boshqacha qilib
aytganda, mazkur kurs ommaviy axborot vositalari yoki jurnalistika
haqida, uning ilmiy-obyektiv qonuniyatlari haqida bahs yuritadi.
Jurnalistika so‘zi arabcha “tabaa” (bosmoq) so‘zidan olingan b o iib ,
“bosma mahsulot” degan m a’noni bildiradi. Y a’ni, bosma usulda
chiqariladigan, ko‘paytiriladigan barcha mahsulot jurnalistikani tashkil
etadi. Ana shu jumalistikaning asosiy qismini vaqtli, to ‘g‘riro g i davriy
jurnalistika tashkil etadi. Bu m aiu m vaqtlarda, davriy tarzda doimiy
chiqib turadigan jurnalistika nashrlaridir. “Ommaviy axborot vositalari”
atamasi bilan bir qatorda jurnalistika atamasi ham ishlatiladi. Bu so‘z
fransuzcha “lournal” so‘zidan olingan b o iib , “kundalik” degan m a’noni
bildiradi. Jurnalistika atamasi o ‘z navbatida bir necha m a’noda ishlatiladi:
1) Ijtimoiy axborot y ig is h va uni jurnalistika, radio, televideniye va
boshqa vositalar orqali tarqatish bilan b o g iiq b o ig a n faoliyat;
2) Bosma mahsulotlar va ommaviy axborot vositalarining yigindisi
y a’ni jurnalistika nashrlarining yig‘indisi;
3) Jurnalistika ommaviy axborot vositalarini chiqarish, ularga
materiallar tayyorlash bilan b o g iiq b o ig a n kasb;
4) Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari faoliyatining ichki
qonuniyatlarini o ‘rganuvchi fan sifatida qoilaniladi.
Keyinchalik,
vaqtli
jumalistikaning
tarkibiga
bosma
usulda
chiqariladigan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda uning texnikaga
asoslangan yangi turlari — radioeshittirishlar, teleko'rsatuvlar kelib
q o ‘shilgach, bulaming umumiy majmuasiga ommaviy axborot vositalari
(OAV) deb nom berildi. Ommaviy axborot vositalarining asosini
101
jurnalistika tashkil etadi, ular jurnalistika qonuniyatlari asosida ish
ko‘radilar, shu boisdan bularni qisqacha jurnalistika deh yuritish mumkin.
Jurnalistika
insoniyat jamiyatida muhim
o ‘rin
tutib
kelgan.
Sivilizatsiyalashgan har qanday jam iyatda har qanday ijtimoiy-siyosiy
harakat jurnalistikasiz bo‘lib o ‘tishi mumkin emas. Jamiyat hayotini aks
ettirish, uni bilish va tadqiq etish va unga qaytadan ta ’sir ko ‘rsatish vositasi
bo‘lgan jurnalistika o ‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan ijtimoiy hodisa
bo‘lib, o ‘z faoliyatida m a’lum ichki-obyektiv qonuniyatlar asosida ish
ko ‘radi. Jurnalistika nazariyasi fani ana shu qonuniyatlarni o ‘rganadi.
Y a’ni, u jurnalistikaning kelib chiqishi, uning mohiyati, ijtimoiy vazifa va
tamoyillari hamda ichki xususiyatlarini o ‘rganuvchi fandir.
Jurnalistikani ijtimoiy hodisa sifatida o ‘rganishda turlicha qarashlar,
fikrlar mavjud. Shu paytgacha bizda jamiyatdagi ijtimoiy hodisalar
qatorida jurnalistika ham markscha-lenincha ta ’limot asosida o'rganilib
kelindi. Mamlakatimizning milliy mustaqillikka erishuvi natijasidagina
ijtimoiy fanlar qatorida jurnalistika nazariyasi sohasida ham yangicha,
xolis, umuminsoniy qarashlar q o ilan ila boshlandi. “Bizlarning endigi
vazifamiz - m a’naviy hayotimizni, ilm-fanimiz faoliyatmi, izlamshlari-
mizni eski mafkura qoliplaridan xalos etish, tafakkurimizni qullik
iskanjasidan forig‘ qilishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”, - deb ta’kidlagan edi
0 ‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov.' Shu munosabat bilan jurnalistika
fanining asosiy tarkibiy qismi b o‘lgan Jurnalistika nazariyasi kursi ham
endilikda ilmiy xolislikka asoslangan umuminsoniy qarashlar asosida
qayta ishlab chiqilmoqda. Natijada u tobora ijodiy rivojlanib, eski, o ‘z
umrini yashab b o‘lgan ko'nikmalardan xalos bo‘lib bormoqda. Jurnalistika
nazariyasi fani jurnalistika haqidagi boshqa fanlar bilan, jumladan
jurnalistika tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda,
jurnalistika
nazariyasi
jurnalistika
nashrlari
tarixiy
tajribasining
umumlashmasidir. Mazkur fan shu bilan birgalikda amaliy ahamiyat ham
kasb etadi. Y a’ni, u jurnalistikaning tarixiy tajribasidan uning shu kungi
faoliyati uchun zarur boigan, unda keng qoMlaniladigan amaliy, ijodiy
xulosalar chiqaradi. Binobarin, jurnalistika nazariyasi jurnalistikaning
mohiyati, jum alistik ijod va mahorat haqidagi fandir. Jurnalistika
nazariyasi ijtimoiy voqelikni aks ettirishning alohida bir qonuniyatga
102
asoslanuvchi turi bo‘lgan publitsistika nazariyasi bilan ham chambarchas
bogiiqdir. Jurnalistika nazariyasi kursi ijtimoiy fan sifatida falsafa, tarix,
siyosatshunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar bilan ham o'zaro aloqada
boiadi. Ijodiy xususiyati jihatidan adabiyotshunoslik, til nuqtai nazaridan
esa tilshunoslik fanlari bilan ham b o g ian ib ketadi. Jurnalistika nazariyasi
fani universitetlar va institutlarning jurnalistika fakultetlari va boiim lari
uchun asosiy, yetakehi fan sanaladi. Uning vazifasi talabalarga jurnalistika
asoslarini chuqur, har taraflama o ‘rgatish, nazariy bilim berish hamda
ularni jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot vositalarida ishlashlari
uchun kasbiy malakalar hosil qildirishdan iborat. Y a’ni bu kurs
jumalistlarning kasbiy tayyorlanishida markaziy o ‘rinni egallaydi. Kursda
ilmiy m a’ruzalar o ‘qiladi, savol-javob tarzida amaliy mashg‘ulotlar olib
boriladi. Talabalaming bu kursdan olgan bilimlari reyting va test usullari
hamda kurs ishlari yozish asosida tekshirib boriladi. Jurnalistika
nazariyasida uning ijtimoiy vazifalari masalasi alohida o ‘rin tutadi, chunki
bu tushuncha ommaviy axborot vositalarining mohiyatini, asosiy
y o‘nalishini tashkil etadi. Jumalistikaning ijtimoiy vazifalari deganda biz
jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot vositalarining doimiy va
qonuniylik tusini olgan faoliyatini, uning maqsad va yo‘nalishlarini
tushunamiz. Jumalistikaning ijtimoiy vazifalari haqida turlicha qarashlar
mavjud.
V.I.Lenin jumalistikaning ijtimoiy vazifalarini “kollektiv targibotchi,
kollektiv tashviqotchi va kollektiv tashkilotchi”, deb ko‘rsatgan edi. Bu
ta ’rif kommunistik jurnalistika faoliyatida qonun tusini olib, keng
qoilanilib kelingan boisa-da, uning sinfiy - partiyaviylik nuqtai nazariga
asoslanganligi va cheklanganligi ko ‘rinib turibdi. Illo jumalistikaning
vazifasi yuqorida da’vo qilinganidek faqat biror g ‘oyani targ‘ib va tashviq
qilishdan iborat boim asdan ommaga xolis, obyektiv ijtimoiy axborot
yetkazib berishdir. Shunday ekan, jumalistikaning vazifasini bunday
cheklab
qo‘yish
xatodir.
Hozirgi
zamon
rus jurnalistikashunosi
E.P.Proxorov o'zining “Jurnalistika nazariyasiga kirish” (“Введение в
теорию журналистики”. М., 1980) kitobida jumalistikaning ijtimoiy
vazifalarini
ijtimoiy,
mafkuraviy,
madaniy-ma’rifiy
va
bevosita
tashkilotchilik kabilarga boiadi. (98-118 b.). Garchi bu ta’riflarda m aiu m
103
bir ilmiy yondashish mavjud bo‘lsa-da, mazkur bo ‘linishni to ‘la qabul
qilish qiyin.
Chunki jurnalistikaning vazifasi yuqorida kcrrsatib
o ‘tganimizdek, ijtimoiy axborot yig‘ish, ishlash va tarqatishdan iborat
b o ig am bois, bu vazifani o ‘ta murakkab tarzda, yuqoridagi alfozda bayon
etish to ‘g ‘ri emas, deb hisoblaymiz.
X o‘sh,
shunday
ekan,
jurnalistikaning asosiy ijtimoiy vazifalari nimalardan iborat?
Unga qanday ta’rif berish mumkin? Biz quyida ana shu asosiy
masalani ко‘rib o ‘tamiz.
Biz oldingi mavzularnnizda jurnalistikaga bergan ta ’rifimizda
jurnalistika ijtimoiy hayotni aks ettirish shakllaridan biri, real voqelikni
bilish tadqiq etish va unga qaytadan ta ’sir ko ‘rsatishmng muhim vositasi,
degan edik. Xuddi ana shu ta’rif jurnalistikaning ijtimoiy vazifalarini
belgilashda ham asos bo‘ladi. Demak, jurnalistikaning bosh vazifasi
ijtimoiy hayotni aks ettirish, ya’ni ijtimoiy axborot yig'ish va ommaga
yetkazib berishdan iborat. Jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot
vositalari doimiy ravishda jamiyat hayotini yoritish, uni tadqiq qilish va
unga qaytadan ta’sir etish vazifasini bajarib keladilar. Bu ta’rifdan shu
narsa ko‘rinib turibdiki, jurnalistikaning ijtimoiy vazifalari uch tarkibiy
qismga, qirralarga bo‘linadi. Biz bu qismlarni shartli ravishda tasvir, tahlil
va ta’sir deb olamiz hamda jurnalistikaning ijtimoiy vazifalarini shu nuqtai
nazardan o ‘rganib chiqamiz.
Yuqoridagi ta ’rifdan ko‘rinib turibdiki jurnalistikaning ijtimoiy
vazifalaridan asosiysi tasvir. ya’ni ijtimoiy hayotni aks ettirish, xabardor
qilishdir. Jurnalistika nashrlan - gazetalar, jurnallar va ommaviy axborot
vositalari
tasnifidagi
radioeshittirishlar,
teleko'rsatuvlar,
axborot
agentliklari, internet bu vazifani avvalo bosma so‘z, so‘ng so‘zning ovoz
tarzi, so‘z va tasvir birligi vositasida doimiy ravishda bajarib keladilar.
So‘zlar esa hayotdan olingan fakt, voqea, hodisalarni o ‘zida ifoda etuvchi
xabarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |