Jurnalistikaga


Jurnal bo‘yicha  nazorat savollari



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Jurnal bo‘yicha  nazorat savollari
1.  Qanday ehtiyoj ju rn a l p a yd o  bo ‘lishiga asos bo ‘Igan?
2.  "Oyina ’’jurn ali qachon,  kim tomonidan nashr etildi?
3. 
1917-yil  oktyabr  o'zgarishidan  s o ‘ng  o'lkamizda  qanday ju m a lla r

nashr etila boshlandi?
4.  M illiy  mustaqillikdan  so'ng  respublikada  qanday  ijtim oiy-siyosiy 
ju m a lla r chiqarila boshlandi?
5. A xborot tarqatishda gazeta bilan ju m a l о 'rtasidagi fa rq n i ayting.
6.  Jurnal xillarini izohlab  bering.
7. 
Ilmiy ju m allarn i sanang.
2.2.3. RADIO
Gazeta va jum allar deyarli to ‘rt asrdan buyon insoniyatga xizmat qilib 
kelmoqda. XYII-XIX asrlar davomida esa jurnalistika tasnifi faqat gazeta
va  jurnallardan  tashkil  topdi.  Lekin,  jurnalistikaning  jamiyat 
hayotidagi  ahamiyati  shu  qadar  katta-ki,  insoniyat  faqat  gazeta  va jumal 
bilan  kifoyalanib  qolmadi.  XIX  asming  oxiri  va  XX  asming  boshlariga 
kelib,  ommaviy  axborot  vositalari  tasnifida  katta  bir  yangilik,  beqiyos  bir 
o ‘zgarish yuz  berdi,  unga jurnalistikaning  butunlay  yangi  bir  turi  -   radio
69


kirib  keldi.  Radio  so‘zi,  yunoncha  b o iib ,  «radius»  -   nur,  «radio»  -   nur 
tarataman,  degan  ma’noni  bildiradi,  hamda,  bu  o ‘rinda  elektromagnit 
tolqm lari  orqali  ovoz  tolqm larini  uzoq  masofa  va  katta  hududga  simsiz 
tarqatish usuliga, bu usulni amalga oshiruvchi asbobga aytiladi.
Radio  — OAVning  o ‘ziga  xos  elektron  texnikaga  asoslangan  turidir. 
Radio,  tub  m a’nodagi jurnalistika  emas,  y a’ni  u  so‘zni  bosma  usul  bilan 
ko‘paytirmaydi, balki uni maxsus asboblar vositasida og‘zaki ko‘paytiradi, 
shu 
jihatdan 

jumalistikaning, 
to ‘g ‘rirog‘i 
ommaviy 
axborot 
vositalarining  bir  turi  hisoblanadi.  Radio  ommaviy  axborot  vositalari 
tasnifida  alohida  o ‘rin  tutadi,  gazeta  va  jum al  ko‘rish,  bosma  so‘zlarni 
o ‘qish  orqali  inson  ongiga  yetib  borsa,  radio  esa  ovozni  quloq  bilan 
eshitish orqali  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Bu  esa  insonning  eng  asosiy  sezuv  a’zosi 
bo 1m ish  quloq  orqali  axborot  qabul  qilishdek  eng  qadimiy  va  tabiiy 
imkoniyatidan kelib chiqadi.
Bu  jihatdan  uni  jurnalistika  hali  vujudga  kelmagan  paytlarda  uning 
vazifasini  bajargan  og ‘zaki  nutq,  jarchilik,  notiqliq  san’atining  davomi, 
boshqacha  qilib  aytganda  yuqoridagi  vositalarniig  texnikaga  asoslangan 
qaytarilgan  ko‘rinishi  deyish  mumkin.  Garchi  yozma  (bosma)  so‘z 
qanchalik  muhim  va  m o‘tabar  bolm asin,  og‘zaki  so‘z,  nutq  bevosita 
eshituvchiga  y o ‘naltirilgan  boiad i,  uning  ta’sir  kuchi  kattaroqdir.  Shu 
boisdan  ham  radio  jumalistikaning  o ‘ziga  xos,  og‘zaki,  eshituvchiga 
bevosita  qaratilgan  turi  sifatida  insoniyat  hayotiga  dadil  kirib  keldi  va 
undan  o ‘z  munosib  о i n  ini  oldi.  Radio  paydo  b oig ach  kishilar  ijtimoiy 
hayot yangiliklarini tezroq eshitadigan bo ld ilar, dunyodan yanada kengroq 
xabardor  b o ia   boshladilar,  ijtimoiy  tafakkur  ufqlari  yanada  kengaydi. 
Kishilik  yuksak  madaniy  bosqichining  mevasi  b o ig a n   radio  bu 
bosqichning  yanada  rivojlanishiga  ta ’sir  ko‘rsatuvchi  muhim  omil  boldi. 
Radio 
paydo 
b o iish i 
bilan 
insoniyatning  nutq 
san’ati 
yanada 
takomillashdi,  tovush  -  ohang  sifatida  insonga  yetib  borib,  unga  zavq  - 
shavq,  orom  bag1 ishlovchi  musiqa  san’ati  yanada  rivojlandi,  inson 
ongidagi  olam  rang  -  baranglashdi.  Turgan  gapki,  jamiyatdagi  tabaqalar, 
guruhlar,  sinflar  jumalistikaning  boshqa  turlari  kabi  radiodan  ham 
o‘zlarming  ijtimoiy-g‘oyaviy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  maqsadlari  y o lid a  
foydalana boshladilar.  Ular  radioni  kishilarga,  keng  ommaga,  faqat  ayrim
70


mamlakat  miqyosida  emas,  balki  butun  dunyo  miqyosida  o ‘z  qarashlari, 
g‘oyalarini yetkazish, targ‘ib va tashviq qilish va o ‘zlariga m uxolif bo‘lgan 
kuchlarning  g ‘oya  va  qarashlariga  zarba  berish  uchun  vosita  sifatida 
qo‘llay boshladilar.  Radio toiqinlarining sarhad bilmasligi, butun dunyoga 
ham tarqala olishi  bu  ishda juda qo‘l  keldi.  Turli xil  axborotlar,  qarashlar, 
g ‘oyalar radioning turli  o ‘lchamdagi  to‘lqinlari  sifatida yer kurrasini  o'rab 
oldi  va  kunu  tun,  bir  zum  tinmasdan  taralib  turadigan  b o id i.  Endi 
insoniyat 
o ‘z 
hayotini 
radiosiz 
tasavvur 
eta 
olmaydi. 
Radio 
jurnalistikaning, 
ommaviy 
axborot 
vositalarining 
chegaralarini, 
imkoniyatlarini  misli  ko‘rilmagan  darajada  kengaytirdi,  dunyo  xalqlarini 
bir-biriga yaqinlashtirdi, insonning olamaro m as’uliyatini oshirdi.
Radioning  tarixiga  nazar  tashlasak  uning  ko'pchilik  ijodi  ekanligmi 
ko‘ramiz.  XIX  asming  o ‘rtalarida  italyan  olimi  K.Markoni  radio  bo‘yicha 
jiddiy tadqiqotlar olib  bordi.  Bu  ishga jahondagi  boshqa olimlar qatori rus 
ixtirochilari  ham  o ‘z  hissalarini  qo‘shdilar.  Birinchi  bor  radio  rus  olimi 
A.S.Popov  tomonidan  1895-yil  7  may  kuni  Peterburgdagi  ms  fizika  —  
ximiya jamiyati  yig‘ilishida  sinab  ko‘rildi.  Ammo  у  ishlab  chiqqan  elektr 
signallami uzoq masofaga simsiz uzata oladigan radiotelegraf asosan aloqa 
vositasi  sifatida  ixtiro  qilingan  edi.  Mazkur  simsiz  telegrafhi  ommaviy 
axborot  vositasi  bo‘lib  shakllanganicha m a’lum  vaqt  o ‘tdi.  Buning  uchun 
esa jurnalistikaning  paydo  boiish id a  asosiy  o crin  tutgan  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy  va  m a’naviy  ehtiyojlar  zarur  bo  ldi.  Y a’ni,  ayrim  tabaqa  va 
guruhlar  radiodan  bir  joy da  turib  juda  katta  hudud  va  keng  masofadagi 
kishilarga  o ‘z  g ‘oyalarini yetkazish mumkinligini  tushunib  yetdilar  va  bu 
muhim ehtiyoj  oddiy  aloqa vositasini  ommaviy  axborotning muhim turiga 
aylanishiga  olib  keldi.  Jumladan,  1917-yilda  Rossiyada  hukumat  tepasiga 
kelgan  bolsheviklar  radio  orqali  targ‘ibot  va  tashviqot  olib  borish  uchun 
uni takomillashtirish bo‘yicha maxsus  ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil 
etishdi  va  1920-yilning boshida radioeshittirishlar yuzaga keldi.  Radioning 
ommaviy 
axborot 
vositasi 
sifatida 
ixtiro 
etilishida 
toshkentlik 
mutaxassislar  ham  ishtirok  etishgan.  Masalan,  1920-yil  17-noyabr  kuni 
Toshkent  radiosi  mudiri  markazga  yuborgan  maxsus  radiogrammasida 
Moskva  radiosining  ovozi  Toshkentga  ham  yetib  kelganligini  m a’lum 
qilgan edi.  1922-yildan boshlab esa Moskvada dastlabki radio eshittirishlar
71


boshlandi.  Moskva  radiosi  orqali  eshittirilgan  maxsus  «radiogazeta»larda 
bolshevistik  targ‘ibot  va  tashviqot  asosiy  o ‘rin  egallagan  edi.  Amerikada 
muntazam 
radioeshittirishlar 
1920-yildan 
«Key 
Di 
Key 
Ey» 
radioslansiyasining  prezidentlik  saylovlari  haqidagi  reportajini  efirga 
uzatish  bilan  boshlandi.  1922-yildan  boshlab  ingliz  radiosi  (keyinchalik 
«Bi-Bi-Si»  deb nom olgan) ning muntazam eshittirishlari boshlandi.
Umuman  olganda,  ommaviy  axborot  vositalarining  yangi  bu  turi 
b o‘lmish  radio  o‘z  faoliyatini  siyosiy-g‘oyaviy  vazifalarni  amalga 
oshirishdan  boshladi.  Yana  shu  narsa  ham  ko‘rinib  turibdi-ki,  dastlabki 
davrlarda  radiodan  faqat  jurnalistika  (gazeta)  materiallarini  o ‘qib 
eshittirish  vositasi  sifatida  foydalanilgan,  keyinchalik  u  asta-sekin  o ‘z 
xususiyatlariga ega  bo‘la borib,  ommaviy  axborot  vositalarining toTaqonli 
bir  tunga  aylana  borgan.  Toshkentda  birinchi  radioeshittirishlar  1927- 
yilning  11-  fevralida  boshlangan.  O czbekistonda  radioeshittirishlaming 
yo'lga  qocyilishi  xalqimiz  tarixida  katta  ljobiy-ma’naviy  voqea  boTgan 
edi.
Hozirga kelib radio  misli  k o ‘rilmagan darajada taraqqiy  etdi va butun 
jahon  kishilik  jamiyati  m a’naviy  hayotidan  mustahkam  o ‘rm  oldi. 
Dunyodagi  barcha  rivojlangan  mamlakatlar  o ‘z  radiostansiyalariga  ega. 
Dunyoda  Amerika  Qo‘shma  Shtatlariga  qarashli  «Amerika  ovozi», 
«Ozodlik»,  Angliyaning  «Bi-Bi-Si»,  Germaniyaning  «Nemis  to ‘lqinlari» 
va boshqa o ‘nlab  radiostansiyalar  ishlab  turibdi.  0 ‘z milliy  mustaqilligiga 
erishgan 
respublikamiz 
ham 
rivojlangan 
radio 
tarmog‘iga 
ega. 
0 ‘zbekistonda  5  ta  radiostudiya  faoliyat  ko ‘rsatmoqda.  Ular  orasida 
0 ‘zbekiston  televideniyesi  va  radiokompaniyasiga  qarashli  Toshkent 
radiosi  yetakchi  o £rinni  egallaydi.  0 ‘zbek  radiosi  doimiy  ravishda  to ‘rt 
dasturda  eshittirishlar  olib  boradi.  Shuningdek,  Toshkentdan  rus,  o ‘zbek, 
tojik, 
qozoq 
tillaridagi 
eshittirishlardan 
tashqari 
chet 
eldagi 
radiotinglovchilar uchun  ingliz,  hind,  arab,  fors,  afg‘on,  pushtu,  uyg‘ur va 
boshqa tillarda eshittirishlar olib boriladi.
Respublikamiz  o ‘z  milliy  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng 
mamlakatimizda davlat radioeshittirishlari bilan bir qatorda nodavlat, y a’ni 
xususiy  radioeshittirish  tarmoqlari  ham  vujudga  keldi.  «Navruz», 
«Poytaxt»,  «Grand»,  «Hamroh»,  «Vodiy  sadosi»,  «Oriyat-dono»  va
72


boshqa  nomlardagi  bu  radioeshittirishlar  har  kuni  efirga  turli  tezkor 
xabarlar,  qiziqarli  eshittirishlarni  uzatmoqdalar.  Bunday  radiostansiya- 
larning  paydo  bo‘lishi  radio  eshittirishlarning  rang-barang  boiishiga, 
hamda  ommaviy  axborot  vositalarining  bu  sohasida  ham  o ‘zaro  ijodiy 
raqobatning vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
0 ‘zbek 
radiosining 
ovozini 
k o ‘plab 
mamlakatlardagi 
radio 
tinglovchilar  doimiy  eshitib  boradilar.  Bu  o ‘zbek  radiosining  xalqaro 
nufuzi  tobora  oshib  borayotganligidan  dalolat  beradi.  Hukumatimiz 
tomonidan  qabul  qilingan  “Ommaviy  axborot  vositalari  to ‘g ‘risida”  va 
boshqa  muhim  hujjatlar  o ‘zbek  radiosi  faoliyatini  yanada  yaxshilashda 
katta  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  0 ‘zbek  radiosi  respublikamizga  va  chet 
ellarga doimiy turli axborotlar yetkazib berish bilan birlikda mamlakatimiz 
mustaqilligini  mustahkamlash,  o ‘lkamizda  olib  borilayotgan  ulkan 
ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  m a’naviy  islohotlaming  amalga  oshishida, 
kishilar  ongida  istiqlol  mafkurasining  to‘la  shakllanishida  katta  xizmat 
ko ‘rsatmoqda.  Radio  garchi  ommaviy  axborot  vositalarining  og'zaki 
nutqqa 
asoslangan 
turi 
bo‘lsa-da, 
o ‘z 
faoliyatida 
jurnalistika 
qonuniyatlariga  to ‘la  rioya  qiladi.  Y a’ni,  radio  ham  ijtimoiy  hayotni  aks 
ettiradi,  uni  biladi,  tadqiq  qiladi  va  unga  qaytadan  ta’sir  ko‘rsatadi, 
Radioning  ham  bosh  vazifasi  xuddi  jurnalistikaning  boshqa  turlari  kabi 
ijtimoiy  axborot  tarqatishdan  iborat.  U  ham jurnalistikaning  tasvir,  tahlil 
va  ta ’sirdan  iborat  ijtimoiy  vazifalarini  bajarishda  t o i a   ishtirok  etadi, 
uning faoliyatida ijtimoiy hayotni tasvirlash, ya’ni xabardor qilish ijtimoiy 
vazifasi  alohida  o ‘rin  tutadi.  Radio  ijtimoiy  axborotni  tezkorlik  bilan, 
boshqa 
ommaviy 
axborot 
vositalaridan 
oldinroq 
yetkaza 
olish 
imkoniyatiga  ega.  Shuningdek,  u jurnalistikaning  tahlil  va  ta ’sir  ijtimoiy 
vazifalarini  ham  bajarishda  ishtirok  etadi.  Radio  jurnalistikaning  bosh 
tamoyillari,  an’anaviylik  va  yangi  omillardan  foydalanish,  jamoatchilik 
fikrini  ifoda  etish  va  boshqa  qonuniyatlarini  ham  bajaradi.  Radioda 
publitsistikaning 
xabardor 
qilish, 
tahliliy 
va 
badiiy-publitsistik 
ko ‘rinishlari  o ‘z  ifodasini  topadi.  Shuningdek,  radio  ijtimoiy  axborot 
yetkazib  berishdan  tashqari,  kishilami  dam  oldirish,  estetik  zavq  berish 
kabi ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi.
73


Radioning boshqa ommaviy  axborot vositalaridan o ‘ziga xos  afzalligi 
uning  serkolam ligi,  doimiyligi  hamdir.  Y a’ni,  radio  gazeta va jurnallarga 
qaraganda kengroq jabhada,  kunu-tun muttasil  ravishda axborot tarqatishi, 
eshittirishlar  berishi  mumkin.  Shuningdek,  uning  tezkorligi  va  chegara 
bilmasligi  ham  boshqa  ommaviy  axborot  vositalaridan  ajratib  turadi. 
Jumladan, radioning qisqa tolq inlari dunyoning katta hududlari, juda uzoq 
masofalarga  tarqalishi  mumkin.  Bu  esa  xalqaro  miqyosda  axborotlar 
tarqatish  va  m a’lum  g ‘oyalar  yetkazib  berishga  imkoniyat  tug‘diradi. 
Radioning o ‘z ijtimoiy vazifalarini bajarishda nutq san’ati, teatr va ayniqsa 
musiqadan  keng  foydalana  olishi  uning  jozibadorligini  oshiradi.  Lekin 
radio og‘zaki, oniyligi nuqtai nazaridan gazeta va jumaldan keyinda turadi. 
U  ijtimoiy  hayot voqealarini  bevosita ko‘rsatish  imkoniyatiga ega  b oigan 
tcleko‘rsatuvlar  bilan  ham  o ‘zaro  raqobatda  yutqazishi  mumkin,  ammo, 
televideniyega  qaraganda  nisbatan  tezkorligi  va  chegara  bilmasligi  bilan 
undan ustun keladi.
Respublikamizda  radio  keng  tarmoqli  tuzilishga  ega. 
Bizda 
respublika,  viloyat,  shahar,  korxona  va  muassasalar  miqyosida  radio 
eshittirishlar  olib  boriladi.  Respublikamizda  radio,  televideniye  va 
radioeshittirishlar  davlat  kompaniyasi  tomonidan  boshqariladi.  Radioning 
rahbari  —   kompaniya  raisining  o‘rinbosari  hisoblanadi.  Radiokompaniya 
ijodiy  va  ovozni  yozib  olish  xizmati  xodimlariga  rahbarlik  qiladi, 
radiotexnikasi aloqa vositasi sifatida maxsus idoralarga bo‘ysunadi.
Markaziy radioeshittirishlar turli kanallarga bolinadi.  Birinchi  dastur, 
«M ash’al»,  «Yoshlik»  kanali  va  boshqalar.  Shuningdek  unda  ijtimoiy- 
siyosiy,  «Axborot»,  ta’lim  va  tarbiya,  musiqa,  adabiy-badiiy  eshittirishlar 
va boshqa tahririyatlar ish olib boradi.
Viloyat,  shahar,  tuman  va  korxona,  muassasa  radioeshittirishlar!  o ‘z 
imkoniga qarab bir va bir necha tahririyatlardan iborat boiadi.
Markaziy  radioeshittirishlar  yuqorida  aytganimizdek,  bir  necha 
dasturlarda  olib  boriladi. 
1-dastur  asosan  rasmiy,  ijtimoiy-siyosiy 
eshittirishlar,  2-dastur  esa  m a’rifiy,  ommabop,  3-dastur  asosan  dam 
oldirish  xarakteridagi  eshittirishlardan  tashkil  topadi.  «M ash’al»  deb 
nomlanuvchi  maxsus  dastur  esa  axboriy-musiqiy  eshittirish  hisoblanadi 
Yoshlar uchun maxsus «Yoshlar kanali» ham eshittirishlar olib boradi.
74


Radio  orqali  beriladigan  m a’lum  mavzudagi  eshittirishlar  majmui 
radiojurnal  deb  ataladi.  Respublikamiz  radiosida  «Gulxan»,  «Alanga», 
«Dugonalar»,  «Tabassum»  va  boshqa radiojumallar doimiy ravishda berib 
boriladi. 
Radioeshittirishning 
bu 
xilda 
turli 
mavzuda 
b o ‘lishi 
jurnalistikaning,  ijtimoiy  hayotning  barcha  jabhalarini  qamrab  olishi, 
uning har taraflama,  har yerda hozir va har narsadan xabardor bo‘lishidan 
kelib  chiqadi. 
Radioeshittirishlaming  m a’muriy,  hududiy  jihatdan 
bo‘linishi esa aholining barcha qatlamlarini qamrab olish lmkonini beradi.
Ommaviy  axborot  vositalari  tasnifida  radioning  paydo  bo‘lishi  bilan 
radiojumalistika  ham  paydo  bo‘ldi.  Radiojumalistika  -   jurnalistikaning 
radioning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lgan 
umumiy 
faoliyat 
qoidalaridir. 
Radiojumalistikaning 
o ‘ziga 
xos 
xususiyatlari,  uning  maxsus  elektron  texnikaga  asoslanishi,  ovozni  magnit 
tasmalariga  yozib  olish  va  efirga  uzatish  bilan  ish  ko‘rishi,  radio 
faoliyatida  publitsistika  (so‘z),  texnika  (yozib  olish)  va  uzatishda  notiqlik 
san’ati,  musiqadan foydalanishning umumiy birlashmasidan  iborat b o ig an  
jam oa  mehnati  qo‘llanilishini  taqozo  etadi.  Bu  hoi  uning janrlarida  ham 
o‘z  ifodasini  topadi.  Radioning janrlari jurnalistika  (publitsistika) janrlari 
bilan  radioning  xususiyatlari  qo‘shilmasidan  kelib  chiqadi.  Avvalo  shuni 
aytish kerakki,  publitsistika radio  faoliyatida radiopublitsistikaga aylanadi. 
Y a’ni, matnga ovoz ham qo‘shilib publitsistikaning ta’siri yanada ortadi.
Radioda ham publitsistikaning har uch qismi -  xabardor qilish, tahliliy 
va  badiiy  publitsistika  o ‘z  ifodasini  topadi,  Y a’ni,  jumalistikada 
qo‘llaniladigan  xabar,  reportaj,  lavha  va  boshqa  barcha  axboriy  janrlar 
hamda  suhbat,  sharh  kabi  tahliliy  janrlar  ham  radioda  keng  qoilaniladi. 
(Faqatgina tahliliy janrlaming eng asosiysi  bo im ish  maqola radioda «radio 
chiqish»  deb  nomlanadi).  Badiiy  publitsistikaga  xos  bo‘lgan  ocherk, 
feleton,  pamflet kabi yirik janrlar ham radioda keng  qoilanilishi  mumkin. 
Umuman olganda jurnalistikaning barcha janrlari radio faoliyatida bemalol 
ishlatilishi  mumkin.  Bundan  tashqari  radio,  adabiyot  va teatr  san’ati  bilan 
yaqindan 
hamkorlik 
qilishi 
boisidan 
radiohikoya, 
radiopyesa, 
radioinssenirovka  kabi  janrlardan  ham  foydalanadi.  Radioda  musiqa 
san’aU  keng  o‘rin  olishi boisidan radiokompozitsiya (matn va musiqaning 
o ‘zaro  qo‘shilishi),  radiokonsert kabi  eshittirishlar ham  beriladi.  Radiodagi
75


bu  xilma-xil  san’atlar  jamlamasida  so‘z,  publitsistika  asosiy  o ‘rinni 
egallaydi, 
illo  radio  birinchi  navbatda  jumalistikaning  texnikaga 
asoslangan ko ‘rinishi, ommaviy axborot vositalarining bir turidir.
Radioda ishlash jumalistikaning gazeta va jurnal  kabi turlaridan ancha 
farq  qiladi.  Radioda  ishlovchi  jurnalist  xuddi  gazeta  va  jurnallarda 
ishlovchi jurnalistlardek  ijod  qilishi  bilan  birgalikda ovozni yozib  olish va 
uzatish texnikasidan,  radioning  boshqa  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  yaxshi 
xabardor bo ‘lishi shart.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish