Jurnalistikaga


asosiy  sabablardan biri boMgan.  Shuboisdan ham  birinchi jurnallar  ilm-fan 59



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

asosiy 
sabablardan biri boMgan.  Shuboisdan ham  birinchi jurnallar  ilm-fan
59


va  adabiy ot-sarfatga  doir  boigan.  M a’lumotlarga  ko‘ra,  dastlab  vujudga 
kelgan jurnal
1655-yilda  Parijda  nashr  etilgan  «Journal  des  Savans»  b o iib ,  u 
adabiyot,  san’at,  falsafa  va  tabiiy  fanlar  b o ‘yicha  kitoblarga  sharhlar 
berishga bag‘ishlangan.  Xuddi  shu  yili Londonda «Filosofikal tranzekshne 
o f  royyal  sosyate»  degan  ilmiy  jurnal  chiqa  boshlagan.  italiyada  1688- 
yilda  «Djornal  de  lettarati»  degan  adabiy jurnal,  Germaniyada  1682-yilda 
«Aktum eruditorum»  degan  ilmiy-ommabop jurnal  chiqarilgan.  Rossiyada 
birinchi  jurnal  1728-yilda  chiqqan.  U  «Санкт-Петербург  ведомости» 
gazetasining  nashri  b o iib ,  «Vedomostlarga  oylik  tarixiy,  geografik  va 
boshqa  ilovalar»  deb  atalgan.  Bu  ilmiy-adabiy jurnal  faoliyatida  atoqli  rus 
olimi M.V. Lomonosov asosiy o ‘rin tutgan.
K o‘rimb  turibdiki,  birinchi  jurnallar  ilmiy,  adabiy  yo'nalishda 
boigan.  Rus  jurnalistikasi  tarixida  asosiy  o ‘rin  tutgan  boshqa  nashrlar 
A C.  Pushkin  asos  solgan  «Современник»,  N.A.  Nekrasov  nashr  etgan 
«Отечественные  записки»  va  boshqa  jurnallar  ham  adabiy-badiiy 
jurnallar  b o iib ,  rus  adabiyoti  va  ijtimoiy  fikrining  o ‘sishida  muhim  rol 
o ‘ynagan.  Kommunistik  ta’limot  tarafdorlari  esa jumallardan  o cz  siyosiy 
qarashlarini ishlab chiqish va ommaga yoyishda foydalanganlar.
Turkistonda  ilk jurnallar  XX  asrning  boshlarida  paydo  bo Idi.  Bular 
1913-yilda  Samarqandda  dunyo  yuzini  kocrgan  “Oyina”  va  1915-yildan 
Toshkentda  chiqa  boshlagan  «Al-Isloh»  jurnallari  edi.  “Oyina”  jurnali 
o ‘sha  davrda  Turkistonda  dunyoga  kelgan  taraqqiyparvar  jadidchilik 
harakatining  atoqli  namoyandasi,  otashin  m a’rifatparvar  Mahmudxo‘ja 
Behbudiy  tomonidan  chiqarilgan  b o iib ,  turkiy  tildagi  ilk  ijtimoiy,  ilmiy, 
adabiy  nashr  edi.  «Oyina»  jurnali  ommaga  ilm  -  m a’rifat,  taraqqiyot 
g‘oyalarini  keng  yoydi,  qoloqlik  va jaholatga  qarshi  kurashdi.  «Al-Isloh» 
jurnali  esa  asosan  diniy jurnal  b o iib ,  islom  dinini  isloh  qilish  y o li  bilan 
m a’rifat  va  taraqqiyotga  erishishni  ta rg lb   qildi.  1917-yil  fevralida 
Q o‘qonda shoir H.H.  Niyoziy rahbarligida nashr etilgan “Hurriyat” jurnali 
ham  ijtimoiy-siyosiy  jurnal  edi.  Bu  davrda  Toshkentda  “Chayon”  va 
“C h o i  chayoni”  degan  hajviy  jurnallar  ham  chiqdi  va  ular  ham  milliy 
taraqqiyot  uchun  kurashda  muhim  o ‘rin  tutdi. 
1917-yil  oktyabr 
o ‘zgarishidan  so‘ng  0 ‘zbekistonda  “Inqilob”,  “Er  yuzi”,  “Mushtum”  va
60


boshqa  ko'plab  jumallar  nashr  etildi.  Keyinchalik  “Sharq  yulduzi”, 
“Yoshlik”,  “Guliston”  kabi jum allar  chiqarildi.  Bu jurnallar  ommaga  ilm- 
fan,  adabiyot-san’at masalalarini  targ‘ib  etishda xizmat qildilar.  Shu  bilan 
birgalikda,  sovet  davri jum allari  kommunistik  yakka mafkura  ta’sirida  ish 
ko‘rdilar.  0 ‘zbekiston o‘z milliy  mustaqilligiga  erishgach, jurnalistikamng 
barcha  sohalaridagi  singari  jurnalchilik  sobasida  ham  katta  ijobiy 
o‘zgarishlar  yuz  berdi,  k o ‘plab  yangi  jurnallar  chiqarila  boshlandi. 
“Tafakkur”,  “Muloqot”  kabi  ijtimoiy-siyosiy  jurnallar,  “Jahon  adabiyoti” 
nomli  adabiy-badiiy,  “Teatr”  nomli  adabiy-badiiy,  axborot-reklama 
jurnallari  va  boshqalar  shular  jumlasidandir.  Shu  kunda  respublikamizda 
yuzdan  ortiq  jurnal  nashr  etiladi.  0 ‘zbek  jurnallari  ham  respublikamiz 
ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-ma’naviy 
hayotining 
chuqur 
qatlamlarini 
yoritishda,  ilm-fan,  adabiyot va san’atimizning  rivojida,  xalqimizga milliy 
qadriyatlarimiz,  istiqlol  mafkurasini  singdirishda  muhim  vazifani  bajarib 
kelmoqdalar.  Jurnallar  jurnalistika-ommaviy  axborot  vositalari  tasnifida 
alohida,  bosh  o ‘rinlardan  birini  egallaydi.  Jurnallar  o ‘z  xususiyati  bilan 
gazetalarga juda  yaqin  turadi,  chunki,  ular  gazetalar  singari  so ‘zni  bosma 
usulda  ko ‘paytmsh  asosida  ish  ko‘radilar.  Ammo,  jurnal  gazetani 
takrorlamaydi,  balki,  uni  to‘ldiradi.  Y a’ni,  gazeta jam iyat  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy,  madaniy-ma’naviy  hayotining  shu  kundagi,  ayni  zamondagi 
holatini  aks  ettirsa, jurnal  esa jam iyat  hayotining  chuqur  qatlamlarini  aks 
ettiradi.  Jumal  ommaviy  axborot  vositalarining  radio,  televideniye  kabi 
turlaridan o ‘zining moddiyligi bilan ustun turadi.
Modomiki,  jurnal  vaqtli  jurnalistikaning  asosiy  ko ‘rinishlaridan  biri 
ekan,  u jurnalistikaning  ichki,  obyektiv  qonuniyatlari  asosida  ish  ko‘radi. 
Avvalo  u  jurnalistikaning  barcha  turlaridagi  singari  kishilarga  ijtimoiy- 
siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy,  estetik va boshqa axborotlar tarqatadi.  Ammo,  bu 
axborotlar  gazeta  axborotidan  farqli  ravishda  jam iyat  hayotining  chuqur 
qatlamlari  holatiga  taalluqli  boiadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  jurnal 
faoliyatida jurnalistikaning  tahlil  ijtimoiy vazifasi  ustuvor b o ‘ladi.  Ammo, 
shu  bilan  birgalikda  jum al  jurnalistikaning  tasvir  ijtimoiy  vazifasini 
bajarishda  ham  ishtirok  etadi,  bunda  u  kundalik  voqea  va  hodisalarning 
ichki  mohiyatini  chuqur  ochib  berish  uchun  xizmat  qiladi.  Shuningdek, 
jurnallar  ilm-fan,  texnika,  adabiyot  va  san’atning  chuqur  masalalarini
61


yoritib,  ularning  rivojiga  o‘z  hissasini  qo‘shadi.  Jurnal  jumalistikaning 
ta’sir  ijtimoiy  vazifasini  bajarishda  ham  ishtirok  etadi,  y a’ni  xuddi 
gazetadagi  smgari jum alda ham bosilgan materiallar hayotda ham bevosita 
(kishilar  ongi  orqali)  va  ham  bilvosita  (boshqa  tashkilotlaming  aralashuvi 
orqali)  o ‘zgarishlar  yasaydi.  Bu  ijtimoiy  vazifa  jurnal  materiallarining 
ta’sirchanligi va samaradorligidan kelib chiqadi.
Jumalistikaning mazkur  ijtimoiy  vazifasini  bajarishda hajviy jurnallar 
alohida o ‘rin tutadi.  Xuddi  gazetalar singari, jurnallar ham jumalistikaning 
bosh  tamoyillari  asosida  ish  k o‘radi.  Jumalistikaning  bosh  tamoyillari 
b o im ish  umuminsoniylik,  xalqchillik,  milliylik,  haqqoniylik,  partiya 
jurnallari  uchun  esa  partiyaviylik  kabi  qoidalar jurnallar  faoliyatida  ham 
doimiy  ravishda  qollaiiilib  kelinadi.  Shuni  aytish  kerakki,  bu  tamoyillar 
turli xil jurnallarda turlicha o ‘z ifodasini topadi.  Jumladan,  ijtimoiy-siyosiy 
jurnallar  faoliyatida  umuminsoniylik,  xalqchillik  kabi  tamoyillar  ustun 
tursa,  ilmiy-nazariy  jurnallarda  haqqoniylik  tamoyili  birinchi  ocringa 
chiqadi,  ilmiy-ommabop  jurnallar  esa  xalqchillik  tamoyiliga  alohida 
ahamiyat  beradi.  Umaman  olganda,  jurnalistika  tamoyillari  barcha 
jurnallar faoliyatida asosiy  qoida bo ‘lib xizmat qiladi.
Jurnallar  jumalistikaning  an’anaviylik  va  yangi  omillar  qoidasi 
asosida ham ish ko‘radilar  Hozirgi zamon o ‘zbekjum allari  o'tmish o ‘zbek 
va  jahon  jurnalchiligining  eng  yaxshi  an’analari  asosida  faoliyat 
ko'rsatmoqdalar.  Jumalistikaning  jamoatchilik  fikri  ifodachisi  b o lish  
qonuniyati  ham  jurnallar  uchun  taalluqlidir.  Jurnallar jam iyat  hayotining 
ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy 
hayotining 
chuqur 
masalalan,  muammolari  bo ‘yicha  jamoatchilik  fikrini  shakllantiradi. 
Jamoatchilik  fikri  turli  jurnallarda  turlicha  bo‘ladi,  masalan,  ijtimoiy- 
siyosiy  jurnallar  turli  ijtimoiy  masalalar  bo Lyicha  jamoatchilik  fikrini 
uyg‘otsa,  ilmiy  jurnallar  esa.,  bu  vazifani  ilmiy  sohada  hal  etadi,  hajviy 
jurnallarda jamoatchilik fikri ijtimoiy kulgi orqali amalga oshiriladi.
Xuddi  gazetadagi  singari,  jurnallarda  ham,  turli  xil  -   rasmiy, 
adabiy-badiiy,  ilmiy  materiallar  bilan bir qatorda publitsistika asosiy  o ‘rin 
tutadi.  Ijtimoiy  hayotni tasvirlashning alohida bir turi  b o ig an  va shu kungi 
hayot  voqealarini  shu  kun  uchun  mushohada  etishni  o ‘z  oldiga  maqsad 
qilib  qo‘ygan  publitsistika  jurnallarda  o ‘ziga  xos  xususiyat  kasb  etadi.
62


Jurnal  publitsistikasi  gazetaga  qaraganda  hajmi  kengligi,  serko‘lamligi 
bilan  ajralib  turadi.  Jurnallarda  publitsistikaning  ijtimoiy  -  siyosiy,  ilmiy, 
adabiy  -  badiiy  turlari  keng  qoMlamladi.  Hajviy  jurnallarda  esa 
publitsistikaning  hajv  va  kulgiga  asoslangan  turi-hajviy  publitsistika keng 
qo ‘llaniladi.  Suratli jurnallardan  esa  publitsistikaning  yana  bir  o ‘ziga  xos 
turi-fotopublitsistika  joy  oladi.  Janr  jihatidan  qaraganda,  jurnallarda 
publitsistikaning tahliliy janrlari -  maqola, suhbat, sharh kabi ko‘rinishlari, 
hamda,  adabiy  -  badiiy  publitsistikaning  ocherk,  feleton,  pamflet  kabi 
janrlari  keng  o ‘rin  oladi.  Axboriy  janrlar jurnal  sahifalaridan joy  olsa-da 
o'ziga xos xususiyatga ega boiadi.
Jurnallar  jamiyat  hayotini  yoritish  nuqtai  nazaridan  turli  xillarga 
bo‘linadi.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish