mazmuni va
undagi qahramonlar xarakterini ochib beradigan
o‘zaro uzviy bog‘langan voqealar hodisalar tizmasidan iboratdir. Ocherkda
syujet unda tasvirlanayotgan fakt, voqea va hodisalarning mohiyatidan,
265
ocherk qahramoni hisoblangan kishilar faoliyati hayotiy harakatlarinmg
mantiqiy rivojidan kelib chiqadi. Kompozitsiya esa adabiy asar
qismlarining tuzilishi, joylanishi va mutanosibligidan tashkil topadi.
Kompozitsiyada asar voqealarining boshlanish tuguni, rivoji, eng yuqori
kulminatsion nuqtasi va yechimidan iborat tuzilma o £z ifodasini topadi.
Ocherkda ham bu vositalar b o iish i lozim, ular qanchalik hayotiy va badiiy
mutanosib b o is a ocherlming muvaffaqiyati shunchalik ta ’minlanadi.
Y a’ni, bu vositalar ocherkda tasvirlanayotgan fakt, voqea, hodisa hamda
k o ‘tarilayotgan muammo, qahramonlar faoliyatidan kelib chiqishi lozim.
Syujet va kompozitsiya shu bilan birgalikda ocherkning turlariga ham
bogiiqdir. Portret ocherkida syujet va kompozitsiya ocherk qahramonining
faoliyati, xatti-harakatidan vujudga kelsa, voqea ocherkda o ‘sha voqea va
hodisamng mohiyatiga, muammo ocherkda k o ‘tarilayotgan muammoning
publitsistik ahamiyatiga taalluqli b o iad i. Y o l ocherkida esa syujet va
kompozitsiya muallifhing kuzatishlaridan kelib chiqadi.
Umuman plganda, badiiy adabiyot asoslariga xos b o ig a n syujet va
kompozitsiya ocherkda ham albatta b o iish i hamda uning publitsistik
mohiyatiga bo‘ysunishi lozim. Ocherkchi bu vositalardan qanchalik ustalik
bilan, o ‘z o ‘m ida foydalansa, ocherk shunchalik qiziqarli, badiiy
miikammal b o iad i, aksincha esa u o ‘quvchini bezdiradi.
Ocherkda til va uslub masalasi ham muhim ahamiyatga egadir.
Ocherkning till jurnalistika va badiiy adabiyot tili qo‘shilmasidan iborat
b o iib , ular o ‘rtasida o ‘zaro mutanosiblik mavjud boTmog‘i kerak. Ya’ni,
ocherk butunlay badiiy tilda - hikoya, qissa, roman singari boshdan oyoq
obrazi ill kka asoslangan yoxud buning aksi sifatida -oddiy maqola singari
fakt, voqea va hodisalar bayonidan iborat b o iib qolmasdan zarur
o ‘rinlarda obrazli badiiy tasvir, kerakli o‘rinlarda esa publitsistik
mushohada tarzida b o lm o g i kerak. Uning aksi b o is a ocherk bir yoqlama
b o iib qoladi. Ocherk tilida turli kasbiy atamalar, sheva so £zlari va boshqa
til lmkoniyatlarga kelganda bu borada ham masalaga mavzu va maqsadga
muvofiqlik jihatidan yondoshmoq kerak. Ocherkchi biror kasb egalari
haqida yozar ekan, o ‘sha sohaga xos atamalar, ish-harakat nomlari, asbob
uskunalar va ulardan foydalanishga doir so'zlarini keltirmasdan iloji yo£q.
Ammo birinchi galda tasvirlanayotgan holat va nomlari tilga olingan
266
narsalar o ‘quvchi uchun tushunarli boTishi nazarda tutilishi lozim.
Ocherkning tili va uslubidagi o ‘ziga xoslikni Abdulla Qodiriy, Abdulla
Qahhor, G 'afur G ‘ulom va boshqalar yaratgan ocherklarda yaqqol ko ’rish
mumkin. A.Qodiriy ocherklaridagi qamrov kengligi va aniqlik, Abdulla
Qahhor ocherklaridagi uslub siqiqligiyu m a’no kengligi, G ‘afur G ‘ulomga
xos bo‘lgan til va uslub jozibasi hozirgi zamon ocherkchilari uchun ijodiy
maktab b o ‘lib xizmat qiladi.
Ocherkda badiiy-ijodiy uslub ham muhim o ‘rin tutadi. Uslub til va
tasvir vositalarining o ‘ziga xos y o ‘li, omilidir. Ocherk ijtimoiy-iqtisodiy
uslubda, lirik uslubda, ilmiy uslubda, tanqidiy uslubda hatto hajviy uslubda
yozilishi mumkin. Eng muhimi ocherkchi o ‘z ijodiy uslubiga ega bo'lishi
lozim. Ocherkda uslubga etarli e’tibor bermaslik uning sayoz, zerikarli
boTishiga olib keladi. Ocherkning jahon jurnalistikasidan joy olishi
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, u k o ‘proq Rossiva, Markaziy
Osiyo mamlakatlari jurnalistikasida keng qo‘llaniladi. Amerika Q o‘shma
Shtatlari, Evropa mamlakatlari jurnalistikasida ocherk o'rniga asosan esse
janri qoilaniladi. Bu - biror mavzu haqida erkin, har taraflama fikr yuritib,
kerakli o ‘rm1arda obraz va obrazlilikka amal qilib, publitsistik mushohada
yuritib yozilgan asardir. Rus jurnalistikasi tarixida ocherk ijtimoiy
muammolami yoritishga keng y o ‘naltirilganligi m a’lumdir. Rus xalqining
atoqli adiblari Radishchev, Pushkin, Uspenskiy va boshqalar bu janr orqali
zulm ostida ezilgan xalqning og‘ir ahvolini ochib tashladilar. 0 ‘zbek
jurnalistikasida ocherk asosan Turkiston milliy uyg‘onishi davrida -jadid
jurnalistikasi sahifalarida vuujudga keldi.
Bunga M.Behbudiyning
yuqoriroqda qayd etib o ‘tilgan yo ‘l ocherklari misol bo‘la oladi. Sovet
davrida ocherk janriga katta e ’tibor berildi, u jumalistika sohalaridan
doimiy joy oldi. Bunga sabab - ocherk kommunistik partiya rahbarlari
uchun xalqni mehnatga jalb etish vositasi boTib xizmat qiladi Hayotdagi
birorta ilg‘or mexanizator haqida (masalan, Tursunoy Oxunova va
boshqalar) o‘nlab mualliflar ocherk yozgan edilar. Bu davr ocherklarining
aksariyati bir yoqlama, sun’iy hayotdagi fakt va hodisalar uydirma tarzida
yozilar edi.
Mustaqillik davrida jurnalistikasimizda yuqorida ko‘rilganidek ocherk
janri o ‘zining munosib o ‘rnini egallamoqda. 0 ‘z mehnati bilan
267
boshqalaiga ibrat bo‘layotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ishbilarmon
tadbirkorlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasida yaxshi muvaffaqiyatga
erishgan
mutaxassislar
ocherklarimiz
qahramonlari
bo‘lmoqda!ar.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy-
ijtimoiy, madaniy-ma’naviy o ‘zgarishlar hamda hal etilishi lozim bo'lgan
zarur muammolar haqida ko‘plab yaxshi ocherklar yaratilish vaqti keldi,
deb o ‘ylaymiz.'
Hozirgi davrda jurnalistika -
Do'stlaringiz bilan baham: |