ana
shu maqsadga xizmat qiladi.
Obzor janri jurnalistdan katta bilim va publitsistik malaka talab etadi.
U o ‘zi
obzor qilayotgan sohadan chuqur va har taraflama xabardor
bo'lishi,
bu sohadagi fakt, voqea va hodisalarning mohiyatini ochib
berishi,
ijodiy yoki tanqidiy baholashi, zarur publitsistik xulosalar chiqara
bilishi
lozim.
Obzorning ichki tuzilishi, tili va uslubi ham uning publitsistik
Xlisusiyatidan
kelib chiqadi. Ilmiy, adabiy-badiiy obzorlarda o ‘ziga xos til
va uslub
qo‘llaniladi. Umumiy, tematik va boshqa turlardagi obzorlarda
faktlar,
voqea va hodisalar tahlili o ‘sha sohaga xos tushunchalar, atama va
iboralar
bilan olib boriladi. Obzorda ilmiy, maritiqiy tahlil bilan ijtimoiy-
223
publitsistik mushohada uyg‘unlashib
ketishi lozim.
Obzor hayot
voqealarini shunchaki qayd etishdan iborat bolm asligi kerak. Adabiy-
badiiy vositalar, his-hayajon uyg‘otadigan so‘z va iboralar ham o ‘rnida
ishlatilishi lozim.
Hozirgi o'zbek ommaviy axborot vositalarida obzor keng qo ‘llanilib
kelinmoqda.
Ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va m a’naviy-madaniy islohotlar, ko‘p qirrali
hayotimizning yorqin manzaralari, masala va muammolari o ‘z ifodasini
topmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 6-sentyabr sonida jurnalist
U.Fayzievaning “Duoga qo‘l oching” sarlavhali obzor - maqolasi bosilgan.
Unda gazetxonlardan kelgan xatlar asosida shu kunimizning eng muhim
masalalari - mustaqilligimizni mustahkamlash, ona-Vatanni sevish va
boshqa odamiylik xislatlari haqida so‘z yuritiladi, muayyan misollar
keltiriladi. Jurnalist gazetxonlardan kelgan har bir xatga mehr bilan
qaraydi, ularning mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. “Hurriyat”
gazetasining 2000-yil, 33-sonida bosilgan “B i-ir gazitga chig‘orsangiz...”
deb sarlavha qo‘yilgan obzor (muallifi N.Ochilov) da ham gazeta
tahririyatiga kelgan xatlar haqida so‘z yuritiladi. Bunda hayotning muhim
masalalari borasida fikr-mulohazalar yuritilgan xatlar bilan bir qatorda
sarlavhaga chiqarilgan tarzdagi yengil-yelpi mazmundagi xatlar ham
kelishi biroz kulgi ostiga olinadi.
Jurnalist N.Muhammadievning Qarshi shahrining 2700 yilligi
bayrami oldidan tayyorlagan “Voha tarixiga bir nazar” deb nomlanuvchi
turkum materiali esa (“Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 14,15-sentyabr
sonlari) bu qadimiy shaharning tarixiga doir olib borilgan ilm iy-
izlanishlar, topilgan yangiliklarning umumiy obzoridan iborat. Filologiya
fanlari doktori S.Sodiqovning “Hurriyat” gazetasining 2000-yil, 27-dekabr
sonida bosilgan “Efirda “Grand”, “Sezam”, “Vodiy sadosi” va boshqalar”
sarlavhali materiali ham obzor janrining muayyan namunasidir. Unda
m uallif keyingi paytlarda paydo b o ‘lib efirda ish k o ‘rayotgan qator
nodavlat - xususiy radio kanallarning faoliyati, ular olib borayotgan
eshittirishlarning sifati haqidagi o ‘z fikr-mulohazalarini bildiradi, ulami
baholaydi.
224
Do'stlaringiz bilan baham: |