Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

haqida aytib bering.
4.  Radio va telehisobotning о ‘ziga xos xususiyati nimadan  iborat?
8.3. Jntervyu
Ommaviy axborot vositalarida keng qoilaniladigan axboriy janrlardan 
biri  intervyudir.  Bu so ‘z  inglizcha b o iib   “so‘rab  olish,  surishtirish”  degan 
m a’noni  bildiradi.  Mazkur  janrning  jurnalistikada  keng  uchrashining 
sababi  shundaki hayotdagi har bir fakt, voqea va hodisaning qanday b o iib  
o ‘tganligi,  tafsiloti  odatda  shu  faktdan  xabardor  b o ig an ,  voqea,  hodisani 
ko‘rgan-bilgan  odamlardan  so‘rab-surishtirib  bilinadi,  keyingina  biror 
janrdagi  jumalistika  materialiga  asos  boiadi.  Shu  boisdan  so‘rash, 
surishtirish  avvalo,  hayotni  bilish  vositasi  b o lsa ,  uning  jurnalistikadagi 
aksi  esa  axboriy  publitsistikaning  eng  muhim,  keng  tarqalgan,  ommabob 
janri  hisoblanadi.  Bu  janr  jamiyat  hayotining  barcha  —   ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy  hayotining barcha sohalarida 
qollaniladi.  Shu bilan birgalikda u ommaviy axborot vositalari -  gazetalar, 
jurnallar,  radio,  televideniye,  axborot  agentliklari,  mternetdan  doimiy joy 
olib keladi. Avvalo intervyu rasmiy va norasmiy xillarga boiinadi.  Rasmiy 
intervyular  asosan  hukumat  rahbarlarining  faoliyati  bilan  b o g liq   b o ig an  
biror  muhim  voqea  -   rasmiy  uchrashuv,  safar,  yirik  anjuman  va  zarur 
sanalarga  va  boshqa  davlat  ahamiyatiga  ega  b o ig an   tadbirlarga 
baglshlanib  o ‘tkazilgan  press-konferensiyalardan  beriladi.  Norasmiy 
intervyu  esa  jurnalistlar  tomonidan  u  yoki  bu  voqea,  hodisa  haqida 
yoziladi.
187


Intervyu  shakl  jihatidan  ikki  xil  —   axboriy  va  tahliliyga  bo‘linadi. 
Axboriy  intervyuda  so‘rov,  surishtiruv  natijasida  olingan  fakt,  aniqlangan 
voqea  va  hodisa  haqida  xabar  qilinadi  hamda  bu  xabar,  axborot  kim 
tomonidan  aytilganligi,  fakt  va  m aium otlar  kimdan  olinganligi  aytilib, 
qisqacha tarzda berilishi mumkin.
Bu jihatdan  u xabar janriga yaqin  turadi.  Tahliliy  intervyu  esa  suhbat 
deb  ataladi  va  unda  tahliliy  publitsistika  xususiyatlari  asosiy  o ‘rin 
egallaydi.  Shuni  ta  kidlash  lozimki,  k o ‘p  hollarda  intervyuning  axboriy  va 
tahliliy  xususiyatlari  birlashib  ketishi,  y a’ni  u  orqali  ham  xabar  va 
m a’lumotlar berilishi va fikr-mulohazalar bildirilishi ham mumkin.
O cz  tuzilishi  jihatidan  intervyu  ikki  xil-  intervyu  dialog  va  intervyu 
monolog  shaklida  ham  boTishi  mumkin.  Intervyu  dialogda  muxbir  va 
suhbatdosh  o'zaro  savol-javob  qilishadi.  Bu  savol-javob  tayyorlanish 
jarayonida  to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  og'zaki  ko‘rinishda  yoki  yozma  savol-javob 
tarzida olib boriladi. 
Respublikamizning  mashhur kishilari,  fan arboblari, 
yozuvphilar,  san’atkorlar,  ishlab  chiqarish  ilg‘orlari,  tadbirkorlardan 
olingan  intervyular jumalistikamizda,  radio  va televideniyeda turli  ruknlar 
ostida tez-tez berib boriladi.
K o‘rimb  turibdiki,  intervyu  janrining  bu  asosiy  ko‘rinishi  jamiyat 
hayotining  barcha  muhim  tomonlari  haqida  xabar  berishda  keng 
qoTlaniladi.
Intervyuning  ikkinchi  bir  ko ‘rinishi  intervyu  monolog  boTib,  unda 
muxbir  bergan  birgina  savolga  suhbatdosh  tomonidan  berilgan javob  o ‘z 
aksini  topadi.  Bunday  intervyu  odatda  hayotdagi  birorta  muhim  ijtimoiy, 
iqtisodiy,  madaniy-ma’naviy  masala  yoki  muammoni  yoritish  uchun 
qoTlaniladi.  Bunda  suhbatdoshning javobi  uning tilidan yoki jurnalistning 
tilidan, sharhlanib berilishi mumkin.  Bunday intervyu odatda hajm jihatdan 
dialog-intervyudan kichikroq boTadi.
Intervyuning  yana  bir  shakli  jurnalistika  anjumani  —   press- 
konferensiyalardan  olinadi  va  ularda  ommaviy  axborot  vositalari 
muxbirlariga  hayotning  muhim  masala  va  muammosi  haqida  m a’lumot 
beriladi  hamda  jurnalistlarning  savollariga  javob  qaytariladi.  Bu  usul 
umumjahon  miqyosida  keng  qoTlanilib  kelinadi.  Respublikamizda  ham
188


ijtimoiy  hayotning  muhim  masalalari  b o ‘yicha  press-konferensiyalar 
muntazam  ravishda o ‘tkazib turiladi.
“To‘g ‘ridan-to‘g‘ri  muloqot”  rukni  ostida  beriladigan  intervyularda 
esa biror bir davlat arbobi k o ‘pchilikning savollariga javob  beradi.  Bunday 
o ‘ziga  xos  intervyu  ko‘pincha  radio  va  ayniqsa  televideniye  orqali 
o ‘tkaziladi.  Biror  mavzu  bo‘yicha  ko ‘cha-ko‘yda  o ‘tkinchilardan  fikr 
so‘rash,  sud  jarayonida  intervyu  olish  ham  ana  shular  jumlasidandir. 
Shuningdek,  tahririyatga  kelgan  xatlar,  maxsus  so‘rovnomalar  tarqatish 
orqali  savollarga  javob  olib  borish  ham  mazkur  janrning  muhim 
k o‘rinishlari hisoblanadi.
K o‘rinib  turibdiki,  intervyu janri  turli,  rang-barang  ko ‘rinishlarga  ega 
bo‘lib,  ular  ijtimoiy  hayotni  keng  va  chuqur  yoritish,  undagi  muhim  fakt, 
voqea  va  hodisalardan  o ‘quvchilarni  xabardor  qilish,  jamoatchilik  fikrini 
uyg‘otishga  xizmat  qiladi.  Eng  ommabop,  tezkor  va  ta’sirchan  bu  janr 
jurnalistdan juda  katta  mehnat,  topqirlik  va  mahorat talab  qiladi.  Jurnalist 
avvalo  hayotni  muttasil  kuzatib  borishi,  undan  ijtimoiy  ahamiyatli, 
o ‘quvchilarning  qiziqishini uyg'otadigan fakt,  voqea va hodisalarni  qidirib 
topishi,  ular  haqida  kengroq  m a’lumot  bera  oladigan  odamlarni  aniqlashi, 
ularni  suhbatga  tortishi,  hamda  zarur  m a’lumotlami  ola  bilishi  lozim. 
Intervyuni  yozish  (tayyorlash)  chog‘ida  jurnalist  avvalo  faktlaming 
aniqligi, voqea, hodisa tafsilotlarining haqqoniyligiga e’tibor berishi lozim.
Intervyuning  qaysi  shaklda  yozilishi  uning  qaysi  mavzu,  masala  va 
muammoga bag‘ishlanganligi, ijtimoiy ahamiyatga bog‘liq.
Jurnalist  intervyu  olishda  ma’lumot  olayotgan  odamga  o ‘sha  voqea- 
hodisaning  mohiyatini  ochish  uchun  zarur  b o ‘lgan  savollami  o ‘z  vaqtida 
bera  olishi  va  ularga  tegishli  javob  ola  bilishi  lozim.  Jurnalist  m o‘ljalga 
uradigan,  qisqa,  lo‘nda  savollar  berib,  suhbatdoshdan  ham  shunday javob 
olishga  erishishi  muhim.  Keraksiz  tafsilotlar,  ortiqcha  so‘zlar  intervyu 
uchun  to‘g ‘n   kelmaydi,  uning  ahamiyatini  pasaytiradi.  Eng  muhirhi 
k o ‘pchilikka,  jamoatchilikka  yangilik,  yangi  fakt,  yangi  m a’lumotlar 
yetkazishdir.
Intervyuning  kompozitsiyasiga  kelsak  uning  qay  tarzda  tuzilishi 
yuqorida  aytganimizdek  uning  mavzusidan  va  jurnalist  tomonidan 
tanlangan  shakldan  kelib  chiqadi.  Bu  borada  tayyor,  k o ‘p  uchraydigan
189


shablon  tuzilishlardan  qochib,  original,  ijodiy  uslub  topilishi  lozim. 
Intervyuning  tili  va  uslubi  masalasiga  kelsak  u  odatda jiddiy,  publitsistik 
tilda yoziladi.
Intervyu  janri  jahon  jumalistikasining  asosiy  janri  hisoblanadi. 
Dunyoda  chiqib  turadigan  deyarli  barcha  gazetalar,  jurnallar  sahifalarida 
bu  janrga  oid  materiallarni  ko‘plab  o ‘qish  mumkin.  0 ‘tgan  asrning 
oxirlarida  rus  jumalistikasida  taoliyat  ko ‘rsatgan  mashhur  jurnalist 
V.Peskov  intervyu janrining  ustasi  edi.  Uning  «Komsomolskaya  pravda» 
gazetasining  deyarli  har  sonida  bosiladigan  qisqa,  lo ‘nda,  ammo 
sermazmun mtervyularini gazetxonlar qiziqib o ‘qirdilar.
Jurnalistning 
1962-yil 
12-aprelda  koinotga  uchirilgan  birinchi 
kosmonavt 
Yu.Gagarindan 
olgan 
intervyusi 
insonning 
koinotga 
chiqishidek tarixiy voqeaning buyuk mohiyatini ochib bergan qisqa, yorqin 
asar sifatida jurnalistika tarixida qolgan edi.
Oczbek  jumalistikasida  ham  intervyu  janri  o‘ziga  xos  o'ringa  ega 
bo ‘lib,  bu janrning  ham  ustalari  mavjud.  O'tgan  asrning  ikkinchi  yarmida 
“Qizil  0 ‘zbekiston”  gazetasida  faoliyat  ko‘rsatgan  jurnalist  Abdulla 
Po‘latov ham bu janrning ustasi sanalar edi.  U  har kuni gazeta uchun biror 
qiziqarli,  “tesha  tegmagan”  yangilik  topish  uchun  tinmay  izlanar,  ter 
to‘kardi.  U  gazeta  sahifalarida  yoritilgan  ana  shunday  ijodiy  yorqin 
intervyulari,  xabarlari  uchun  o‘z  kasbdoshlari  tomonidan  “axborot  qiroli” 
deb nom olgan edi.
Mustaqil  0 ‘zbekiston  jurnalistikasi,  radio  va  televideniyesida  shu 
kunda  ham  intervyu  janridan  keng  foydalanib  kelinmoqda.  Bu  ommabop 
janr respublikamiz ommaviy  axborot vositalari uchun  ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy-ma’naviy  sohalardagi  eng  dolzarb,  qiziq  va  kerakli  fakt  va 
m a’lumotlami  o ‘quvchiga  yetkazishda  muhim  rol  o ‘ynaydi.  “Xalq  so‘zi” 
gazetasining  2005-yil  31-avgust  sonida  jurnalist  U.Hakimjonovning 
mashhur 
о ‘zbek 
bokschisi 
Muhammadqodir 
Abdullaevdan 
olgan 
intervyusi  o  rin olgan.  Unda muxbir bokschiga qisqa-qisqa savollar beradi 
va  shu  xilda  javoblar  oladi.  Bu  materialda  o ‘zbek  sport  ustasining  chet 
ellardagi  boks  bo‘yicha bo‘lgan  “jang”larda  erishgan yuksak  natijalari  va 
uning kelgusidagi rejalari  yorqin  bayon etib  berilgan.  “0 ‘zbekiston ovozi” 
gazetasining 2005-yil  30-iyul  sonida bosilgan “San’atkor bilan uchrashuv”
190


deb  nom  olgan  intervyusi  esa  san’at masalalariga  bag‘isblangan.  Jurnalist 
F.Fayziev  taniqli  san’atkor  Muyassar  Razzoqovadan  uning  ijodidagi 
yangiliklami so‘rab biladi va gazetxonlarga m a’lum  qiladi..
Intervyu  radio  va  televideniyening  ham  eng  k o ‘p  qoMlamladigan, 
doimiy janri hisoblanadi.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish