Jurnalistikaga


 X abar qachon cheklangan darajada fa o liya t yuritgan?



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

2. X abar qachon cheklangan darajada fa o liya t yuritgan?
3.  A xborot ja n ri qachon erkin faoliyatga ega bo ‘ladi?
4.  Axborotning ijtim oiy vazifasini ayting.
5.  Axborotda tezkorlik nima uchun kerak?
6.  Axborotga bugun nega raqobatbardoshlik talabi qo ‘yiladi?
7.  Ichki va  tashqi axborotlarni izohlang.
8.  Tematik va notem atik xabarlarga misol ayting.
8.2. Hisobot
Axboriy  publitsistikaning  asosiy  janrlaridan  biri  hisobotdir.  Hisobot 
so‘zi  arabcha  b o iib ,  hisob  berish,  y a’ni  o ‘z  ishlari,  topshiriqning 
bajarilishi  va  shu  kabilar  haqida  o ‘zidan  yuqorida  turuvchi  boshliqqa, 
tashkilot  va  jamoatchilikka  og'zaki  yoki  yozraa  ravishda  beriladigan 
rasmiy  axborot  degan  m a’noni  bildiradi.  Jumalistika  hisoboti  esa  b o iib  
o ‘tgan  biror  muhim  y ig in ,  anjuman  yoki  ommaviy  bayram  va  boshqa 
tadbirlar,  voqea  va  hodisalar,  jumladan,  sud  majlisi,  jumalistika 
konferensiyasi  haqida  yozilgan  axborotdir.  Unda  mazkur  y ig in ,  anjuman 
yoki  ommaviy  tad bir,  voqea  va  hodisaning  asosiy  mazmuni,  mohiyati, 
tafsiloti  o ‘z  ifodasini  topishi  kerak.  Odatda  hisobot  parlament  majlisi, 
hukumat  idoralari  va  jam oat  tashkilotlarining  muhim  yig‘inlari  haqida, 
shuningdek,  o ‘tkazilayotgan ommaviy bayramlar, san’at anjumanlari, sport 
musobaqalari  va  shu  singari  yirik,  ahamiyatli  voqea  va  hodisalar  haqida 
yoziladi.  Hisobot xuddi axborot singari k o ‘pchilik uchun qiziqarli, yangilik 
b o ig a n   tadbir,  voqea  va  hodisalarni  o ‘zida  aks  ettirishi  lozim.  Y a’ni,  u 
ham  ko ‘pchilikda  qiziqish  uyg‘otishi, jamoatchilik  fikrini  qo ‘zg‘ata  olishi 
kerak.  Arzimagan,  ko'pchilik  uchun  ahamiyatsiz  biror  y ig in   haqidagi, 
umumiy  gaplardan  iborat  b o ig a n   hisobotlar  jumalistika  nashrining 
obro‘sini tushiradi,.o‘quvchini zeriktiradi.  Hisobot ham xuddi xabar singari 
shaklan  ikki xil  - qisqa va batafsil b o iish i  mumkin.  Qisqa hisobotda  o ‘sha 
anjuman,  tadbir  yoki  voqea-hodisaning  b o iib   olganligi  haqida  xabar 
qilinsa,  batafsil  hisobotda  esa  yuqorida  qayd  etilganlar  tolaligicha
183


yoritiladi.  Hisobot  shu  bilan  birgalikda  rasmiy  yoki  muammoli,  tahliliy 
ham  b o iish i  mumkin.  Rasmiy  hisobot  rasmiy  idoralar  tomonidan  (yoki 
rasmiy  axborot  agentligi  orqali)  tarqatiladi.  Norasmiy  hisobot  esa  mazkur 
anjuman,  tadbir,  voqea-hodisani  yoritish  uchun  maxsus  yuborilgan 
ommaviy  axborot  vositasining  muxbiri  -   jurnalist  tomonidan  yoziladi. 
Unda  qatnashchilarning  socz  va  fikrlari  ham  berilishi  mumkin.  Bunday 
hisobotlar o ‘quvchi (eshituvchi, ko‘ruvchi)da mazkur anjuman, tadbir yoki 
voqea,  hodisalar  haqida  t o i a   tushuncha  hosil  qilishi  lozim.  Hisobotning 
lkkinchi  xili  -   tematik,  ya’ni  biron-bir  mavzuga  qaratilgan  turida  esa 
jurnalist  tomonidan  muhim,  birinchi  darajali  deb  topilgan  biror  mavzu, 
hamda  u  muammoli,  tahliliy  b o iish i  mumkin.  Bunday  hisobotlar  asosan 
uch  turga  -   umumiy  hisobot,  biror  mavzuga  qaratilgan  yoki  sharhli 
hisobotga  bolm adi.  Umumiy  hisobotda  xabar  berilayotgan  anjuman, 
ommaviy  tadbir,  voqea  va  hodisalar  xronologik  tartibda  —   bir  boshdan, 
batafsil bay on etiladi.
Bunda  anjuman,  tadbir,  voqea,  hodisa  qanday  boshlanganligi,  kimlar 
ishtirok etganligi,  anjuman b o is a   unda  kimlar  so'zga  chiqqanligi,  qanday 
hujjatlar  qabul  qilinganligi,  ommaviy  tadbir  va  sport musobaqalari  b o is a  
qanday  olganligi,  nimalar  boiganligi,  kimlar  qanday  natijalarga 
erishilganligi  t o l a   bayon  etiladi.  Ayrim  anjumanlardan  yozilgan 
hisobotlarda  va  u  erda  soV.ga  chiqqan  notiqlarning  nutqi  va  m a’ruzalari 
to ialig icha  keltirilishi,  bayram,  tadbir  ishtirokchilari,  sport  musobaqalari 
masala,  muammolari  birinchi  o ‘ringa  qo‘yiladi  va  o ‘sha  anjuman,  tadbir, 
voqea  va  hodisada  bu  masala  qanday  ahamiyat  kasb  etganligi,  qanday 
muhokama  etilganligi,  qanday  yechimini  topganligi  haqida  fikr  yuntiladi, 
o ‘z  mulohazalari  aytiladi,  ijobiy  yoki  tanqidiy  nuqtai  nazardan  tahlil 
qilinib,  publitsistik  xulosalar  chiqariladi.  Bunday  hisobot  u  yoki  bu 
muammo  bo ‘yicha  jamoatchilik  fikrini  uyg‘otishda  muhim  rol  o ‘ynaydi. 
Uchinchi  xil  hisobot  -   sharhli  hisobot  b o iib ,  unda  anjuman,  voqea  yoki 
hodisaning tafsiloti bayon etilishi bilan bir qatorda uning u yoki bu tomoni, 
muammo  va masalalariga alohida sharhlar ham ilova qilinishi mumkin.  Bu 
ham yuqoridagi -  m aiu m  mavzuga bagishlangan tahliliy  hisobotga yaqin 
turadi.
184


Hisobot  ommaviy  axborot  vositalarining  qaysi  bir  turida yoritilishiga 
qarab  gazeta  hisoboti,  jurnal  hisoboti,  radiohisobot,  telehisobot  b o ‘lishi 
mumkin.  Turgan  gapki  jumalistika  —   gazeta  va jurnal  hisobotidan  farqli 
ravishda  radio  va  telehisobot  bevosita  ovoz  va  tasvir  qo‘shilishi  bilan 
o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.  Ommaviy axborot vositalarining qaysi 
bir turida bo‘lmasin hisobot yozish va tayyorlash jumalistdan katta mehnat 
va  mahorat  talab  qiladi.  Hisobot  yozuvchi,  tayyorlovchi  jurnalist  avvalo 
mazkur anjuman, tadbir, voqea va hodisaning mazmuni, mohiyatini anglab 
olishi,  uni  to ‘laligicha  qamrab,  faktlarni,  ismlarni,  qaror  va  hujjatlar, 
natijalarni  aniqlab  olishi  kerak.  Shundan  so‘nggina  u  to ‘plagan  fakt  va 
m a’lumotlarni  tushunarli  va  lo ‘nda  qilib  bayon  etib  berishi  lozim. 
Hisobotning  ichki  tuzilishi  uning qaysi  turda yozilishiga b ogliq.  Umumiy 
hisobot m a’lum  shaklga ega bo ‘lib,  u boshidan oxirigacha birma-bir bayon 
etiladi.  M a’lum  mavzuga bag'ishlangan hisobot esa erkin tarzda yozilishi, 
asosiy  e ’tibor  ko‘tarilayotgan  muammoga  qaratilishi  mumkin.  Sharhli 
hisobot ham shunday xususiyatga ega.
Hisobotning  tili  va  uslubiga  kelsak  u  asosan  jiddiy,  publitsistik 
uslubda yoziladi.  Hisobotda  ayrim  o ‘xshatish, jonlantirish,  obrazlilik ham 
joy  olishi  mumkin.  Ammo  bu  vositalar  hisobotning  umumiy  mazmuni, 
undan  chiqariladigan  publitsistik  xulosaga  xizmat  qiladi.  Shuningdek, 
ayrim  hollarda adabiy-badiiy  yoki hajviy  uslubda yozilgan hisobotlar ham 
uchraydi.
Hozirgi  davr  o ‘zbek  jurnalistikasi,  radio  va  televideniyesida  hisobot 
janri  keng  qo‘llanilib  kelinmoqda.  Bu  janr  mamlakatimizda  yuz 
berayotgan  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  voqealar,  Oliy  Majlis  sessiyalari, 
hukumat  idoralari,  vazirliklar,  jam oat  tashkilotlarida  b o ‘lib  o ‘tadigan 
muhim  anjumanlar,  ommaviy  tadbirlar  va  boshqa  muhim  voqea  va 
hodisalarni  yoritishda  xizmat  qilmoqda.  Quyida  biz  hisobotning  ayrim 
ko'rinishlari bo’yicha misollar keltiramiz:
Rasmiy hisobot:

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish