Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(shu bilan birgalikda 
mikrofon,  kamera, fotoa pparat kabi  texnik vositalar yordam ida)
  tasvir  eta 
bilish  qobiliyatini  talab  qiladi.  Demak,  jurnalistika  kasbi  avvalo  adabiy 
faoliyat, adabiy va axboriy ijodning bir ko‘rinishidir.
163


Bu  mazkur  kasb  kishisidan  ijodiy  salohiyatni,  iste’dodni  talab  qiladi. 
Jurnalist  layoqati,  qiziqishi,  ijodiy  imkoniyati  bilan  jumalistikaning 
m aiu m   bir  sohasi 
{gazeta, jurnal,  radio,  televideniye)da
  ishlashi,  m aiu m  
bir mavzular va janrlarda ijod qilishi lozim.  Bu kasb doimiy  mehnat,  ijodiy 
mahoratni  talab  qiladi.  Ana  shu  talablarga  javob  bergan  kishigina  bu 
kasbda  yetarli  darajada  faoliyat  ko ‘rsata  oladi.  Aksincha  b o is a   - 
muvaffaqiyat qozonishi mumkin emas.
Jurnalistika  kasbi  faqat  bu  bilangina  cheklanib  qolmaydi,  balki  u 
jumalistikaning  ijtimoiy  tabiati,  ijtimoiy  vazifa  va  tamoyillaridan  kelib 
chiquvchi  talablariga  ham  bo‘ysunadi.  Y a’ni,  jurnalistika  kasbi  faqat 
adabiy  ijod  faoliyatidangina  iborat  b o ‘lib  qolmasdan  ijtimoiy-siyosiy 
faoliyat  hamdir.  Y a’ni  jurnalist  ijtimoiy  voqelikni  shunchaki,  beehtiros 
qayd etuvchi emas, balki o ‘z jamiyati,  o ‘z xalqi, o ‘z millati,  o ‘z vatanining 
manfaat uchun kurashchi, faol  siyosatchi, jam oat arbobi ham b o iish i shart.
Jurnalist  mehnati  uning  qaysi  jam iyatda  yashashi,  qanday  kuchlarga 
xizmat  qilishi,  qanday  dunyoqarashga  egaligi  va  qanday  g ‘oyalarga  sodiq 
b o iish i  nuqtai  nazaridan  oichanadi  hamda  u  yo  taraqqiyparvar  yoki 
teskarichi b o iish i  mumkin.  Hamma  davrlarda ham  qotib  qolgan,  eskirgan 
g ‘oyalar  va  teskarichi  kuchlarga  xizmat  qiluvchi  jurnalistlar  ommadan 
uzoq,  unga  yot  reaksion  g ‘oyalarni  targ‘ib  qilganlar.  Faqat  o ‘sib 
kekyotgan  va  tarixiy  taraqqiyotga  javob  beruvchi  kuchlar  tarafdorlari 
b oig an   jurnalistlargina  xalq  ommasining  tub  manfaatlarini  ifoda  etadi, 
yaxshilikka, to ‘g ‘rilikka, adolatga, taraqqiyotga xizmat qiladi.
Jahomting  mutafakkir  kishilari  jurnalistika  kasbiga  katta  baho 
berganlar  va  jurnalistikani  jam iyatga  xizmat  qilishning  eng  yuksak 
naihunasi  deb  bilganlar.  Rus  jurnalistikasining  atoqli  namoyandalari: 
buyuk  shoir  A.S.Pushkin,  atoqli  olim  M.V.Lomonosov,  xalqparvar 
publitsist N.G.Chernishevskiy,  A I.Gertsen  va  boshqalar  haqiqiy jurnalist, 
xalq  manfaati  uchun,  ozodlik  uchun,  ezgulik  uchun  tolmas  kurashchi 
b o iish i lozimligini ta’kidlagan edilar.
Turkistonda  jumalistikaning  kasb  sifatida  shakllanishi  masalasiga 
kelsak  o ‘tmishda  hali jurnalistika  shakllanmagan  paytlarda  uning  ijtimoiy 
vazifasini  ham  yozma  adabiyot  bajarib  kelganligini  k o ‘rgan  edik.  0 ‘zbek 
mumtoz adabiyotining  atoqli vakillari  Alisher Navoiy,  Bobur,  keyinchalik
164


Muqimiy,  Furqat  va  Zavqiylar  asarlarida  o ‘z  davrlarining  muhim 
muammolarini  ko ‘tarib  chiqdilar.  Shu  munosabat  bilan  ularni  o ‘zbek 
publitsistikasining  boshlovchilari  deyishimiz  mumkin.  Jurnalistika  kasbi 
jurnalistika  nashrlarining  paydo  b o iis h i  bilan  bogiiqligini  nazarda tutsak 
bu kasbning o ‘tgan asrning oxirlarida paydo boiganligini ko'ramiz.
1870-yildan  nashr  etila  boshlangan  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da 
shoir Furqat,  Ishoqxon to'ra,  Nodim Namangoniy  va boshqalar hamkorlik 
qildilar.  XX asrning boshlarida vujudga kelgan Turkiston milliy  uyg‘onish 
jurnalistikasida 
esa 
bu 
harakatlarning 
atoqli 
namoyandalari 
M.Abdurashidxonov,  M.Behbudiy,  A.Avloniy,  Hamza,  S.Ayniy  va 
boshqalar  faol  ishtirok  etdilar.  Bu  atoqli  ijodkorlar  jurnalistika  kasbim 
xalqqa,  millat  manfaatlariga,  taraqqiyotga  xizmat  qilish  deb  bildilar  • 
Keyinchalik  ularning  an’analarini  Abdulla  Qodiriy,  ChoTpon,  Fitrat  va 
boshqalar  davom  ettirdilar.  Keyinchalik  adiblarimiz  G ‘afur  G ‘ulom, 
Abdulla  Qahhor  va  boshqalar  jurnalistika  kasbi  bilan  samarali 
shug‘ullandilar.  Atoqli  o ‘zbek  jurnalistlarining  boy  va  sermazmun 
an’analarini hozirgi zamon o ‘zbek jurnalistlari davom ettirib kelmoqdalar.
Shuni  aytish  kerakki,  jurnalistika  kasbi  eng  qadimiy  kasblardan  biri 
bo ‘lib,  jurnalistika  paydo  b o iish i  bilan  vujudga  keldi  va  rivojlandi. 
Jumalistikaning  dastlabki  kurtaklari  paydo 
b o ig a n   davrda  unda 
ishlovchilami  “gazettant”,  maxsus  yangiliklarni  yetkazib  beruvchilarni  esa 
“novellant”  deb  atashgan.  “Jurnalist”  atamasi jurnallar kelib  chiqishi  bilan 
qo ilan ila  boshlandi  va  uning  mazmuni  kengayib,  jumalistikaning  barcha 
turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ham tegishli bo‘Idi.
Jurnalistika  taraqqiy  etishi  bilan  bu  kasbning  turli  qirralari,  xillari 
paydo  b o id i.  Jurnalistika  nashrlarini  xabardor  qiluvchi  jumalistlar  -  
muxbir,  reporter  deb,  keyinchalik  jurnalistika  va  adabiy  ijod  rivojlanishi 
bilan publitsist,  sharhlovchi, jumalistikaning m a’lum janrlari bo‘yicha ijod 
qiluvchilarni  -   feletonchi,  ocherkchi  deb  atash  odat  tusiga  kirdi. 
Jurnalistika  nashrlarini  bevosita  tayyorlash  va  chiqarish  bilan  b o g iiq  
b o ig an   muharrir,  musahhih.  (korrektor),  matbaachi  kabilar  kelib  chiqdi. 
Ommaviy  axborot  vositalarining  paydo  b o iish i  bilan  fotojurnalist. 
telejurnalist,  suxandon,  operator  kabi  kasblar  ham  paydo  b o id i.
165


Jurnalistika  va  ommaviy  axborot  vositalari  taraqqiy  eta  borishi  bilan  bu 
tarmoqlanish yana davom etaveradi.
Jurnalist  mehnatining  uch  asosi  va  uch  tarkibiy  qismi  mavjud. 
Jurnalist mehnatining  ijtimoiy-siyosiy  asosi  uning qaysi jamiyatda,  qanday 
mafkura  va  dunyoqarashga  xizmat  qilishidan  kelib  chiqadi.  O 'z   milliy 
mustaqilligiga  erishgan  0 ‘zbekistonda  jurnalistika  kasbining  ijtimoiy- 
siyosiy  va  huquqiy  asoslari  to ‘la  ko‘rsatib  berilgan.  Bu  o‘z  xalqi,  o ‘z 
vatanining  ravnaqi  uchun,  mustaqillikni  yanada  mustahkamlash,  milliy 
taraqqiyotga  erishish,  adolat  va  demokratiya y o iid a   ijod  qilishdan  iborat. 
Jurnalist  mehnatining  huquqiy  asoslari  parlamentimiz  tomonidan  qabul 
qilingan  “Ommaviy  axborot  vositalari  to ‘g ‘risida”,  “Jurnalistik  faoliyatni 
himoya  qilish  to ‘g ‘risida”,  “Axborot  olish  kafolatlari  va  erkinligi 
to ‘g ‘risida”  kabi  qonunlar  va  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasida  belgilab 
berilgan.  Bizning jamiyatimizda jurnalistika kasbi ulug‘lanadi  hamda unga 
yuksak talablar qo'yiladi.
Jurnalist  mehnatining  iqtisodiy  asosiga  uning  mehnatiga  muvofiq 
to io v lar  -   maosh,  qalam  haqi,  mukofotlar  kiradi.  Bizda  iste’dodli,  o ‘z 
kasbining  haqiqiy  egasi  bo ‘lgan  jurnalistlar  uchun  yetarli  darajada 
iqtisodiy 
shart-sharoitlar 
yaratilmoqda. 
Eng 
yaxshi 
jurnalistlar 
davlatimizning 
mukofotlariga 
sazovor 
bo‘lishmoqda, 
el 
orasida 
ardoqlanishmoqda.
Jurnalist  mehnatining  m a’naviy  asosini  jurnalistning  ichki  dunyosi, 
e’tiqodi,  maqsadi  belgilaydi.  0 ‘z  so‘zi  bilan  xalqqa,  vatanga,  ezgulikka, 
adolatu haqqoniylikka xizmat qilish har bir jurnalistning oliy burchidir.
Jurnalist  mehnatining  uch  tarkibiy  qismiga  kelganimizda  jurnalist 
birinchi navbatda muallif, yozuvchidir.
Jurnalist  mehnatining  ikkinchi  muhim  tarkibiy  qismi  esa  muharrirlik, 
tahrirchilikdan iborat.
Jurnalistning  ish  faoliyatida  uning  tashkilotchilik  qobiliyati  muhim 
ahamiyatga  ega.  Bu  -  jumalistikaning  bosh  ijtimoiy  vazifalaridan,  uning 
hayotga  bevosita  ta ’sir  etish  xususiyatidan  kelib  chiqadi.  Jurnalist 
jurnalistika  materiallarini  uyushtirish,  ulaming  ta ’sirchanligini  ta ’minlash, 
samaradorligini  oshirish  uchun  kurashishi  ham  lozim.  Bu  esa jurnalistdan
166


ijtimoiy  hayotga  bevosita  aralasha  bilish,  katta  salohiyatga  ega  b o iish , 
tadbirkor va ishbilarmon, hozirjavob b o iish n i talab qiladi.
Mustaqil  respublikamizda  jurnalistika  kasbiga  b o ig a n   talab  tobora 
oshib  bormoqda.  Bizda  ommaviy  axborot  vositalari  va  ularda  xizmat 
qilayotgan  ijodkorlarning  erkin,  keng  qamrovli,  oshkora  faoliyat 
ko‘rsatishlari,  vatanimiz  kelajagi,  xalq  baxt-saodati,  millatimiz  kamolati 
y o iid a   ijod  qilishlari  uchun  barcha  imkoniyatlar  mavjud.  Keng  tarmoqli 
jurnalistika  nashrlari  va  ommaviy  axborot  vositalarining  ijodiy  xodimlari 
o ‘z  kasblarini  ulugiab,  mustaqil  respublikamizga  munosib  xizmat  qilib 
kelmoqdalar. 
0 ‘zbekiston 
Ommaviy 
axborot 
vositalarini 
demokratlashtirish  va  qoilab-quvvatlash  ijtimoiy-siyosiy jam g‘armasi  va 
boshqa  ijodiy  tashkilotlar  bu  kasb  egalarining  ijodiy  kamolotlarini 
oshirishda,  ularning  haq-huquqlarini  himoya  qilishda  muntazam  ish  olib 
bormoqdalar.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish