Ikkinchi toifa – telekoʼrsatuv mediasi: foydalanuvchiga maxsus uskunalar (masalan, antenna yoki dekoder) yordamida uzatuvchi tarmoqlardan (yer usti koʼrsatish tizimlari, kabel tizimlari, sunʼiy yoʼldosh tizimlari) signallarni qabul qilish tufayli yetib boradigan dastur va xizmatlar. Umuman medianing ushbu toifasi foydalanuvchilarga turlicha tabiatga ega boʼlgan dasturlarni qabul qilish hamda xizmatlarga kira olish imkoniyatini beradi, jumladan: bepul teleradiokanallar, aniq pulli audio va videodasturlar, shifrlangan va pulli teleradiokanallar. Ushbu medialarning ayrimlari, jumladan, teletekst va on-line xizmatlar uzatuvchi kompaniyalar bilan bogʼlangan boʼlib, foydalanuvchilarga individual xizmatlar koʼrsatish imkoniyatini beradi, yaʼni har kim oʼzi xohlagan narsani koʼradi(eshitadi) va aynan shu narsa uchun pul toʼlaydi.
Nihoyat,
Do'stlaringiz bilan baham: |