Mavzuning mazmuni
Barcha medialarni shartli ravishda texnologiyalarning uchta tipiga ajratish mumkin.
Birinchi toifa – avtonom medialar: videokassetalar, optik disklar, dasturiy taʼminot, kompyuter oʼyinlari. Xuddi kitoblar va jurnallar singari audiogrammalar yoki filьmlar ham (grammplastinkalar, kompakt disklar, audiokassetalar, optik videodisklar) ularni saqlovchidan ajratib boʼlmaydigan tarkibga ega boʼladi, boshqacha aytganda, signallar maʼlum bir maʼlumot tashuvchi vositalarga yoziladi. Аmmo oʼsha kitob va jurnallardan farqli ravishda bu narsalar uchun axborotni oʼqiydigan maxsus vositalar: grammplastinka qoʼyadigan patefonlar, magnitafonlar, videomagnitafonlar, DVD qoʼygichlar, personal kompyuterlar kerak boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |