Jurnalistika fakulteti filologiya va



Download 311,61 Kb.
bet6/7
Sana01.07.2022
Hajmi311,61 Kb.
#728181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAVISH SO`Z TURKUMI TALQINI

Takrorlash usuli
a) ot bilan ot taktorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadambaqadam;
b) sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bеkordan bеkorga;
d) fе’l shakllari: uzil-kеsil, bilinar-bilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo‘yarda-qo‘ymay;
e) olmosh, son, taqlid va aralash holda so‘zlarning takrorlanishi: o‘z-o‘zidan, yakka-yakka, taqa-taq.
Ravishlarda daraja.
Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi:
1)Bosh daraja: U sekin yurdi;
2)Qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi
3)Orttirma daraja: Juda ko’p paxta terdi;
4)Kuchaytirma daraja: Juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kelishdi.
Ravishlarning otlashishi. Ravishlar ham otlarga xos so’roqlarga javob bo’lib otlashadi. Bunda ular ko’plik, kelishik, egalik qo’shimchalarini oladi: Ko’pdan quyon qochib qutulmas. Ko’pi ketib, ozi qoldi.
Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari.
1. Sodda ravishlar: ko’p, tez, do’stona;
2. Qo’shma ravishlar: bir oz, har zamon, ozmuncha;
3. Juft ravishlar: unda-bunda, birin-ketin, omon-eson;
4. Takroriy ravishlar: asta-asta, tez-tez


2.2 Ravishlarning tuzulish jihatdan turlari
Ravishlar morfologik tarkibiga ko’ra asosan uch guruhga bo’linadi:
1) Sodda ravishlar;
2) Qo’shma ravishlar;
3) Juft ravishlar.
1. Sodda ravishlar. Birgina suzdan iborat bulgan ravishlar sodda ravishlar deyiladi.
Sodda ravishlar o’zbek tilida tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajraladi:
1) Tub ravishlar. Bular morfologik jihatdan tarkibiy qismlarga bo’linmaydi. Masalan:juda, sira, to’satdan, zo’rg’a, arang, bultur, olg’a, yana, nari, beri, eng, sekin, doim nari, ilgari va boshqalar.
2) Yasama ravishlar. Bular morfologik tuzulishiga ko’ra ikki qismdan – o’zak va so’z yasovchi qo’shimchadan iborat bo’ladi. Har xil so’z turkumiga mansub bo’lgan o’zakka so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi bilan yasama ravish hosil bo’ladi. Masalan:tasodifan, aravalab, yashirin, yangicha, soldatchasiga, hazilnamo, do’stlarcha kabi.
Nemis tilida ham sodda ravishlar o’zbek tilidagi kabi tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajraladi:
1) Tub ravishlar. Bular morfologik jihatdan tarkibiy qismlarga bo’linmaydi. Masalan:dort, da, wo?, bald, wann?, sehr, wie?, sonst va boshqalar.
2) Yasama ravishlar. Bular morfologik tuzulishiga ko’ra ikki qismdan – o’zak va so’z yasovchi qo’shimchadan iborat bo’ladi. Har xil so’z turkumiga mansub bo’lgan o’zakka so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi bilan yasama ravish hosil bo’ladi.
Masalan: abends, mittags, morgens, nachts, anfangs, beiderseits, allerseits, allerorts, eilends, schnellstens, bestens, frühestens, neuerdings, jährlings, seewärts, talwärts, nordwärts, westwärts, seltsamerweise, lächerlicherweise, schrittweise, bekanntermaßen, mancherlei, keinerlei va boshqalar.
Qo’shma ravishlar. Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan ravishlar qo’shma ravishlar hisoblanadi.
O’zbek tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega:
1) Komponentlari alohida qo’llana oladigan, mustaqil leksik ma’noga ega bo’lgan qismlardan tarkib topgan ravishlar. Bunday ravishlarning komponentlaridan birortasi ham morfologik qo’shimchalar olmaydi.
Masalan: bir lahza, bir oz, bir zamon, bir zum, hech qachon, hech vaqt kabi.
2) O’z leksik ma’nolarini saqlagan so’zlarning aniqlovchi-aniqlanmish munosabatda birikishidan tarkib topgan ravishlar. Masalan
o’tgan kun(i), shu zahoti, hamma vaqt, kuni kecha, shu yerda, bu yerda, shu yoqqa, shu kuyi, shu kecha, tunov kun kabi.
Nemis tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega:
1) Olmosh-ravishlar (da, hier, wo o’rin ravishlari va an, auf, für, gegen va hokazo predloglarning birikuvidan yasaladi).
Masalan: daran, darauf, daraus, dabei, dadurch, dafür, dagegen, hieran, hierauf, hieraus, hierbei, hiermit, hierfür, hiergegen, woran, worauf, woraus, wodurch, womit va h.10
2) o’rin ravishlari + her yoki hin.
Masalan: daher, hierher, dorthin, wohin va h.
3) Predlog + her yoki hin.
Masalan nebenher, nebenhin, vorher, vorhin, hinterher, umher.
4) Sifat + her yoki hin.
Masalan: fernerhin, weiterhin, künftighin.
5) Ot + predlog.
Masalan: bergan, flußauf, kopfüber, tagaus.
6) Predlog + ko’rsatish olmoshi.
Masalan: außerdem, währenddessen, ohnedies.
Juft ravishlar. Juft ravishlar tubandagicha ko’rinishlarga ega:
1) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar. Masalan: bir-bir, bitta-bitta, yakka-yakka, oz-oz, kam-kam, kars-kars, gumbur-gumbur, kula-kula, kuta-kuta kabi.
2) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: asta-sekin, eson-omon, ochiq-oydin, uzil-kesil kabi.
3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: qishin-yozin, ostin-ustin, ochin-to’qin, erta-kech, kecha-kunduz, o’qir-o’qimas, chiqar-chiqmas kabi.
4) O’rin-payt, chiqish, junalish kelishik qo’shimchalaridan birortasi komponentlariga qo’shilib kelgan yoki komponentlaridan birortasiga -ma yoki -ba elementlari qo’shilgan juft ravishlar. Masalan: kundan-kun, o’z-o’zidan, taqa-taq, yildan-yilga, shundan-shunga, yuzma-yuz, tomma-tom, dam-badam kabi.
Nemis tilida juft ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega:
1) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar.
Masalan: bald bald, mehr, mehr, sehr, sehr, durch und durch.
2) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar.
Masalan: immer wieder, bereits schon, noch hinzu, ausschließlich nur, wieder von neuem, nachdem danach, einander gegenseitig, darüber hinaus nach, oder ferner, gern hoffen, zuerst anfangen, zuletzt schließen.
3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: hin und her, auf und ab, ab und zu.
Nemis tilida kompozitsiya usuli bilan ravishlarning yasalishi quyidagicha:
1) Ikki qadimgi ravishlarning qo’shilishidan ravishlar yasaladi;
2) Qadimgi ravishlar (bisland, vorgestern, übermorgen, jahraus, jahrein)ning boshqa turkumga oid so’zlar bilan qo’shilishi yoki otning sifat, olmosh va son bilan qo’shilishidan qo’shma ravishlar yasaladi;
3) Nemis tilining qadimgi davrida ravish hisoblanib, hozirgi davriga kelib predlogga ko’chib, turg’un holatga kelgan predlogli ravishlar deb ataladigan ravishlar qo’shma ravishlarning maxsus gruppasini tashkil qiladi.
O’zbek tilida kompozitsiya usuli bilan qo’shma, murakkab va juft ravishlar yasaladi. Bunday ravishlar komponentlarining birikish formasi va qanday turkumga oid so’zlardan tashkil topishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.
1) Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigida kelgan yer, yoq so’zlaridan biri qo’shilishi orqali ravish yasaladi;
2) Belgilash olmoshi har biri bilan bosh, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi ot, ravishlarning qo’shiluvi orqali ravish yasaladi;
3) Bosh, chiqish, o’rin-payt kelishigidagi ot va ravishlarning bir so’zi bilan qo’shilishi orqali yasaladi;
4) Hamma, hech va alla so’zlarining ot yoki ravishga qo’shilishi bilan ravish yasaladi;
5) So’zlarning takrorida ham ravishlar yasaladi: Bunday ravishlarda komponentlar aynan bir shaklda yoki turlicha shaklda bo’lishi mumkin;
6) Antonimlarning o’zaro birlashishidan juft ravishlar yasaladi;
O’zbek tilida bo’lganidek, nemis tilida ham ravish so’z turkumi boshqa so’z turkumlari hisobiga boyib boradi: otlar, fe’llar, butun so’z birikmalari ravish so’z turkumiga o’tadi. Adverbializatsiyaning kerakli sharti leksik ma’noning zaiflashuvi yoki ravishlangan so’z va so’z birikmalari ma’nosining o’zgarishidir.
Nemis tilida ravish gapda hol, aniqlovchi, ) ot - kesim vazifalarida, shuningdek, ba’zi ravishlar og’zaki nutqda fikrni obrazli ifodalash maqsadida qo’llanadi. O’zbek tilida ravishlar gapda kesim, fe’l-kesimga bog’lanib, hol vazifalarida keladi
Ravishlar ma’no jihatidan har ikkala tilda ham quyidagi turlarga bo’linadi:
1) O’rin ravishlari (lokale Adverbien);
2) Payt ravishlari (temporale Adverbien);
3) Holat ravishlari (modale Adverbien, Adverbien der Art und Weise);
4) Sabab ravishlari (Adverbien des Grundes);
5) Maqsad ravishlari (Adverbien des Zieles, der Folge und der Bedingung);
6) Miqdor - daraja ravishlari (Adverbien des Maßes und des Grades).
Ravishlar morfologik tarkibiga ko’ra har ikkala tilda ham asosan sodda, qo’shma, juft ravishlarga bo’linadi. O’z navbatida sodda ravishlar o’zbek tilida ham nemis tilda ham tuzilishi jihatidan tub va yasama ravishlarga ajraladi:
Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan ravishlar qo’shma ravishlar hisoblanadi. O’zbek tilida qo’shma ravishlar komponentlari alohida qo’llana oladigan, mustaqil leksik ma’noga ega bo’lgan qismlardan tarkib topgan ravishlar hamda o’z leksik ma’nolarini saqlagan so’zlarning aniqlovchi-aniqlanmish munosabatda birikishidan tarkib topgan ravishlarga bo’linsa, nemis tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega boladi:
1) Olmosh-ravishlar (da, hier, wo o’rin ravishlari va an, auf, für, gegen va hokazo predloglarning birikuvidan yasaladi);
2) o’rin ravishlari + her yoki hin;
3) Predlog + her yoki hin;
4) Sifat + her yoki hin;
5) Ot + predlog;
6) Predlog + ko’rsatish olmoshi;
Juft ravishlar o’zbek tilida tubandagicha ko’rinishlarga ega:
1) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar;
2) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar;
3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar;
4) O’rin-payt, chiqish, junalish kelishik qo’shimchalaridan birortasi komponentlariga qo’shilib kelgan yoki komponentlaridan birortasiga -ma yoki -ba elementlari qo’shilgan juft ravishlar;
Nemis tilida esa juft ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega:
1) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar.
2) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar.
3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: hin und her, auf und ab, ab und zu.
Ravishlardagi daraja formalari harakat belgisining ortiq-kamligini yoki chegaralangan ekanligini ko’rsatadi. Ravishlar nemis va o’zbek tillarida oddiy darajadan tashqari, qiyosiy va orttirma darajalarga ham ega.
Qiyosiy darajada harakat belgisi boshqa ayni shunday belgi bilan qiyoslanadi. Bu daraja o’zbek tilida tub ravishlarga -roq affiksini qo’shish bilan yasalsa, nemis tilida esa –er qo’shimchasini qo’shish bilan hamda o’zagida a,o,u, unlilari bo’lgan ravishlarning umlaut qabul qilishi bilan yasaladi.
Orttirma darajadagi ravishlar o’zlari ifodalayotgan belgining ortiqligini, kuchayganligini bildiradi.
O’zbek tilida orttirma darajadagi ravishlar quyidagicha tuziladi:
1) Ayrim ravishlarning birinchi bo’g’inini takrorlash bilan;
2) Eng, juda, g’oyat, nihoyat, yana, tag’in kabi ravishlar keltirish bilan; 3) Ravishlar -hali, -gina, -kina qo’shimchalarini olishi mumkin. Bu elementlar ravish ifodalagan belgini kuchaytirish va kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi;
Nemis tilida orttirma daraja -(e)sten suffiksini qo’shish bilan yasaladi. Orttirma darajada ravish oldidan am yuklamasi ishlatiladi.
Ravishlarning alohida guruhi qotib qolgan orttirma daraja shakllarini ifodalaydi. Shuningdek qotib qolgan qiyosiy daraja shakllarini ham ifodalaydi
Qo’shma ravishlarning orttirma darajasi qo’shimcha olmaydi. Ba’zi ravishlar o’z darajalirini suppletiv usulda yasaydi.
Nemis tilida ravishlarning maxsus bir guruhi mavjud. Ular olmosh-ravishlar deb ataladi. Nemis tilidagi so’roq olmosh – ravishlari (wo + predlog shakli) ifodalagan ma’no o’zbek tiliga so’roq sozlar orqali beriladi. Ko’rsatish olmosh – ravishlari (da + predlog shakli) ifodalagan ma’no esa o’zbek tiliga ko’rsatish olmoshi + ko’makchi shakli orqali beriladi.

XULOSA
Qiyosiy grammatika fani mustaqil fan sifatida o’z tekshirish obekti, metodi, ilmiy-nazariy va amaliy aspektlariga ega. Hozirgi nemis va o’zbek tillarida ravishlarning qiyoslanishi quyidagi xulosalarni berdi:
Ravish har ikkala tilda ham ish-harakatning qay holda bajarilishini, paytini, sababini, o’rnini va ba’zan predmetning belgisini ifodalaydi.
Ravishlar nemis tilida ham o’zbek tilida ham asosan ikki usul, ya’ni affiksatsiya (morfologik usul) usuli hamda kompozitsiya (sintaktik usul) usuli bilan yasaladi.. O’zbek tilida morfologik usul bilan ravish yasash, negizga -cha, -larcha, -day, -dek, -lab, -ona, -an, -lay (-layin), -nama, -ligicha, -(i)ncha, n(in), -iga, (-siga), -gacha, -chasiga,-siz, -simon kabi yasovchi affikslar qo’shish bilan hosil qilinsa, nemis tilida ravishlar -lings, -wärts, -lich, -sam, -weise, -maßen, -weise, -dings, -seits,-wegen, -wiellen, -halben, -willen –wegen, -s singari suffiks va yarim suffikslar yordamida yasaladi:
O’zbek va nemis tillaridagi ravish yasovchi qo’shimchalarning ayrimlari ma’no jihatdan ma’lum darajada mos kelsada, lekin ba’zilari butunlay mos kelmaydi. -lings, -lich suffikslari yordamida yasaluvchi ravishlar ma’nosi o’zbek tilining -larcha, -day, -dek affiksi bilan yasaluvchi ravishlarning ma’nolariga yaqin keladi.
Lekin solchermaßen - shunday qilib, meinerseits - men tomonimdan, um meinetwillen - menday - meni deb misollaridagi -maßen, -seits va willen ravish yasovchi suffikslar ma’no jihatdan o’zbek tili ravish yasovchi affikslariga hech mos kelmaydi.
O’zbek tilidagi ayrim ravish turlari nemis tilidagi ravishlarga mos kelmaydi. Bu ravishlarning ba’zilari nemis tiliga sifat bilan berilsa, boshqalari esa so’z birikmalari orqali ifoda etiladi, jumladan o’zbek tilidagi do’stona ravishiga xos ma’no nemis tiliga freundlich yoki freundschaftlich sifati yordamida ifoda etiladi.
So’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida qo’shma ravish yasash kompozitsiya usulida amalga oshiriladi.

Download 311,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish