Jurnalist va bloger tushunchasining mohiyati



Download 60 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi60 Kb.
#785611
  1   2
Bog'liq
Blogger kim


    1. Jurnalist va bloger tushunchasining mohiyati

Bugungi kunda hayotimizda eng ko'p va tez-tez uchrab turadigan holatlardan biri bloggerlar va ular haqida yaxshi yomon fikrlarga to'qnash kelyapmiz. Blogger so'zi O'zbekistonga endigina kirib kelgan atama emas aslida. Oldin blogger desa ko'pchilikning ko'z oldiga "paynetchi' yoki "kompyuterchi" tasavvuri kelar edi. Ya'ni bekorchi degan fikrlardan ham yiroq emas edik. Bugunga kelib esa ular "xalq qahramoni" sifatida gavdalanmoqda. Bunga sabab so'nggi paytlarda bloggerlarimiz tomonidan mamlakatimizdagi ba'zi sohalarda uchrab turgan muammolarni olib chiqib, hal etilishini yuqori tashkilot egalaridan so'rashmoqda va hal etilmoqda. Butun bir xalqimizga ta'sir ko'rsatadigan buyruq va qarorlarni muhokama qilib, kamchiliklarini yoritib berishyapti. Albatta ularning urinishlari bekor ketmayapti, aybdor shaxslar o'zlarining izohlarini beryapti va o'z yechimi topayotgan holatlarni ham ko'ryapmiz. Nega-ki, internet orqali ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlar yashin tezligida tarqalmoqda, ko'plab yurtdoshlarimiz so'nggi paytlarda muntazam ravishda internetdan foydalanishmoqda.
O'zbekistonda bloggerlarga shu qadar e'tibor kuchaydi-ki, hatto qonun darajasiga olib chiqildi. Bunga misol Saida Mirziyoyevaning sahifasidagi 2019 yil 3 avgust kungi postida bloggerlarga jurnalistlarga berilgani kabi huquqlar berilishi haqida qonun loyihasi haqida aytib o'tdi.
"Bugungi kunda biz tomondan mamlakatimiz OAV va blogerlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq normalar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan, qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda:
- Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘rovi asosida axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga bosim o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kiritish;
-Blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish.
Shu munosabat bilan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar taklif etilgan.
Ushbu loyiha bo‘yicha har qanday taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz. Ular hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganib chiqiladi va inobatga olinadi.1
Blogger - xabar va materiallarni to'plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug'ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jimladan, muhokama qilish uchun internet jahon tarmog'idagi o'z veb saytiga yoki veb sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Shunday ekan blogger degan tushunchaga aniq va tog'ri izoh berishni o'rganaylik. Blogger g'iybatchi yoki isyonchi emas, blogger bu muammolaringizni hal qilib berishga majbur yoki hal qilib beruvchi "avliyo" emas, blogger bu paynetchi yoki kompyutershik emas, blogger bu saviyasi, bilimi yo'q bekorchi emas, blogger bu soliq to'lashga majbur yuridik shaxs emas, blogger bu noqonuniy faoliyat olib borayotgan qonunbuzar emas, blogger bu 100 foiz aniq to'g'ri fikrlaydigan mutaxassis ham emas. 
Blogger - yuridik bo'lmagan jismoniy shaxs ham bo'lishi mumkin.
Blogger - biror voqea hodisa, biror predmet yoki buyumlarni, firma yoki brendlarni, hudud yoki joylarni hullas qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar ma'lumotlar asosida o'zining mustaqil fikrini bildiradigan shaxsdir.
Bloggerlar ichida jurnalistlar va jurnalistlarga teng kela oladigan ziyoli odamlar ham ko'p. Ularga hech kim oylik to'lamaydi. O'zining proyekti uchun o'zi jon kuydiradi. Odamlarga nima kerakligini mustaqil tahlil qiladi, o'rganadi, ahamiyatli tomonlarini izlab topadi, foydali tomonlarini topishga harakat qiladi, hatto diplom ishi, ilmiy ish kabi o'sha mavzuning ichiga chuqur kirib borishga majbur bo'ladi, ko'p mehnat sarflaydi. Rahbar tomonidan biror topshiriq berilganda topshiriqni rahbarga o'tkazish uchungina, qo'ldan chiqar egasiga yetar tarzida ham tayyorlash mumkin. Lekin bloggerlikda unaqasi ketmaydi. Sifatsiz axborotga shunchaki e'tibor qaratilmaydi va 0 effekt beradi. Boshlagan ishi rivojlanmaydi, aytilgan maqsadga erisha olmaydi tamom, hammasi tugaydi. Shuning uchun sifatga e'tibor berishga majbur. Ba'zida 1 tagina posti yoki maqolasi bilan mashhur bo'lib ketadi, lekin keyingilari u kabi bo'lmasa-da, keraksiz va sifatsiz bo'lsa millionlab a'zosi bo'lsa-da birortasi ham qolmaydi. Aytingchi qaysi ishda shunday mashaqqat bor? 
Ammo hamma sohada bo'lgani kabi noto'g'ri yo'nalishdagi, chalasavod bloggerlar ham bor. Ularning ham o'zining auditoriyasi ya'ni yomon ma'lumotlarni istab topib ko'radigan insonlar ham bor. Misol uchun youtubedagi pul topish haqidagi videolarni olaylik, ko'p saytlar 1-2 marotaba arzimas pul ishalashga yo'l beradi, lekin sayt ichidagi hisob raqamidagi pulni olib chiqishga kelganda shart qo'yadi. Shartni bajarish uchun real pulini internet hamyoni (Webmoney, Yandex dengi, PayPal va boshqalar) yoki visa kartasidagi pulni sayt ichidagi hisob raqamiga qo'yadi. Pulni olib chiqishga kelganda yana iloji yo'q. Shu kabi "loxotron" saytlarga bloggerlar video qilib odam chaqiradi. Nega deysizmi? Ular yo shu sayt egasi, yoki o'zlari ham hali beri aldanganini bilmay o'zi orqali kelgan va pul ishlaydigan odamlar hisobidan foiz ulush olish niyatidagi (referal) kimsalar bo'lishi mumkin. Xuddi shunaqa videolar ichida shunday holatni ko'rdim-ki, rus tilidagi ana shunaqa aldoqchi saytni videosini topib o'zbek tiliga tep-tekis tarjima qilib, videosi ustiga o'zini ovozini yozib qo'ya qolibdi. U videoga ishonib, bir nechta odamlar pulini yo'qotganliklarini kommentlarda yozib qoldiribdi. Video tayyorlagan ahmoqni qarang-ki, hatto ana shunaqa yomon kommentlarni ham o'chirib yubormapti. Chunki kallasi bor odam youtubega kirib kanal ochayotganda u saytning qonun qoidalarini o'rganadi, kommentlarni qanday ko'rish, qayerdan o'chirish kerakligini ham o'rganadi. Bu kabi ahmoqlarga odamlarning yo'qtishlari, videosi orqasidan bo'ladigan yomon oqibatlari bir pul. Kimdir ularga aql o'rgatgan, youtube kanal ochasan va boyib ketasan deb. Ko'proq podpischik bo'lishi va ko'proq ko'ruvga ega bo'lishi uchun vijdonini sotishga ham tayyor. Pul va mashxurlik keltirsa bo'ldi. Ular hatto o'zlari kirib, ishlab ko'rmagan bo'lsa-da, men faloncha pul topdim deb, photoshopda ishlagan rasmlarni ko'rsatadi. Bu bir misol holos, pul yo'qotilsa qayta topiladi, lekin qayta topilmaydigan narsalar, ortga qaytarib bo'lmaydigan holatlar bor. Yaxshi bilib bilmay o'ta og'ir vaziyatni keltirib chiqaradigan bloggerlar ham yo'q deb bo'lmaydi. Shaxsan men bunaqalarni misol keltira olmasamda, ular mavjud ekanligini bilamiz. Kimdir kimningdir ustidan kuladi, yillar davomida misqollab to'plagan obro'si va mehnatini kulga soviradigan bloggerlar ham bor. Xo'sh ularni nima qilish kerak. 1-2 ta yomon bloggerni deb hamma bloggerga yomon munosabatda bo'lish kerakmi yoki ularni yo'qotib yuborish kerakmi? Yo'qotishning iloji yo'q. Hammada so'z erkinligi bor. Hamma gap bizning o'zimizda. To'g'ri va not'g'ri, yomon va yaxshi axborotni farqlay olishimiz kerak. 

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish