veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45
Tadqiqotlar
Badiiy tarjima boshqa xalq adabiyoti durdonalarini
ona tiliga o‘girib, o‘z eliga topshirish san’atidir. Chunki
tarjimon qaysi tildan o‘girmasin, o‘sha xalq adabiyoti-
ning eng sara kitobini tanlaydi.
O‘quvchini, albatta, badiiy mukammal asarlar qiziqti-
radi. Shunday o‘lmas tarjima asarlar muallifi , mohir
tarjimon Yanglish Egamova agar hayot bo‘lganida bu
yil 75 yoshga to‘lardi. Yanglish opa nemis allomasi, ja-
hon xalqlarining sevimli adibi Iogann Volfgang Gyote
asarlari tarjimoni sifatida nom qozondi, umri davomida
o‘zbek tarjimashunosligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
2015-yilda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
tomonidan Yanglish Egamova tarjimasida Iogann Peter
Ekkermanning “Gyote bilan gurunglar” asari, o‘g‘li Erkin
Rahmonov tarjimasida bolgar adibi Boris Aprilovning
“Tulkichaning sarguzashtlari” qissasi va turmush o‘rtog‘i
Vahob Rahmonovning “Mumtoz so‘z sehri” to‘plami
nashr etildi. Bu Yanglish Egamova yashagan muhitning
adabiyotga nechog‘liq oshno ekanligini ko‘rsatadi.
Tarjimon o‘tgan asrning 70-yillaridayoq Iogann
Volfgang Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani-
ni ilk marotaba olmon tilidan o‘zbek tiliga o‘girib, kitob-
xonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yanglish Egamovaga
shuhrat keltirgan ushbu tarjima asar haqida mutarjim
mahoratiga yuksak baho berib, fi lologiya fanlari doktori,
professor Akram Kattabekov: “Agar Gyote o‘zbek tilida
yozganida, aynan shunday yozgan bo‘lardi”, – degan
edi.
Adabiyotshunoslar Y.Egamovani gyoteshunos olima
va mohir tarjimon deb bilishadi. Negaki ustoz Gyotening
usluban o‘ta murakkab bo‘lgan “Hamroz dillar” romani,
Gyote haqida zamondoshlari xotiralarini o‘zbek tiliga
tarjima qildi; Gyote haqida ko‘plab ilmiy-tahliliy va tar-
jimashunoslikka doir maqolalar yozdi. Shu bois akade-
mik Akmal Saidov tarjimon xotirasiga bag‘ishlab yozgan
maqolasini “Gyote bog‘ining chinori edi” deb nomla-
di va fi doyi mutarjim xotirasini abadiylashtirish uchun
Gulistonda Yanglish Egamova uy-muzeyini tashkil etish
taklifi ni bildirdi. Bu voqea amalga oshsa, respublikada
birinchi yangilik – tarjimon sharafi ga uy-muzey ochi-
ladi, natijada 5000 nusxa kitobi bo‘lgan ushbu muzey
Guliston shahriga ma’naviy ko‘rk bo‘ladi.
Hayotining so‘nggi yillarida ham Y.Egamova Gyote
asarlari tarjimoni sifatida emas, balki uni qadrlovchi so‘z
san’atkori bo‘lib qoldi.
Har bir tarjimon ijodida uning shaxsiga haykal
bo‘lishga arzigulik asari bo‘ladi. Yanglish Egamova
tarjimasidagi uchta asarni shunday asarlar safi ga kiri-
tish mumkin: “Yosh Verterning iztiroblari”, “Gyote bi-
lan gurunglar”, Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi
Rashidiy”.
Tarjimonning ko‘p tilni bilishi nechog‘lik muhim ekan-
ligi Yanglish Egamova tajribasida tasdiqlandi. U “Verter”,
“Hamroz dillar”, “Bruno Apits”, “Qashqirlar changalida”,
“Gyote bilan gurunglar”, “Lottaning Vaymarga safari”
Do'stlaringiz bilan baham: