Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
– 
mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganib chiqish;
– 
to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish;
– 
mavzuga oid interfaol metodlarni tanlab olish;
– interfaol darslarni tashkil qilishda o‘quv jarayonida yakka tartibda va juft bo‘lib 
ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o‘yinlar, axborot 
manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalangan holda bilim berish.
Hozirgi paytda pedagogik, ta’lim, o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga 
olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid 
ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‘or pedagogik 
texnologiya”, “zamonaviy ta’lim texnologiyasi”ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga 
tushurilmagan. 
Pedagogik texnologiya – shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming 
yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoli-
yati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, 
bilimga chanqoqlik, Vatanga 
mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab 
yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, 
qanoatli, o‘zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar 
kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu ma-
salaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining sa-
maradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida kat-
ta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritil moqda. 
Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassa-
salarida keng qo‘llanilayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim 
metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifala-
rini amalga oshirishda qo‘laniladi. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum 
maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqar gan.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-mu-
nozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shun
-
daki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga 
tayyorlaydi.
O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni 
va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, 
o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikr
-
lashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushu-
niladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga 
chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markaz-
da bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– 
ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– 
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– 
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
– 
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
– 
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– 
amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– 
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.


81
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga 
xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni 
sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi 
hamda muammoning to‘g‘ri ychimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-tala-
balarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar inter-
faol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari 
kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Huquq fanlarida interfaol ta’lim metodlaridan quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
1. 
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Bliz-so‘rov”, “Model
-
lashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
2. Interfaol ta’lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor” va hokazo. Interfaol 
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil 
qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslani-
ladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli 
bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
3. 
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, 
“Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. 
Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli 
grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik orga
-
nayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, 
ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari tex-
nologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ish ti-
rokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Huquq darslarini o‘tishda quyidagi interfaol metodlardan foydalanishni dars sama-
radorligini ortishda ahamiyati katta. Jumladan, quyidagi bir nechta interfaol metodlarni 
keltirib o‘tish mumkin:

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish