FSMU metodi
Mazkur metod o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish,
taqqoslash, qiyoslash orqali axborotlarni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
F – fikringizni bayon qiling;
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab, misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring;
xalq og‘zaki ijodi mavzusi yuzasidan “FSMU” o‘tkazish namunasi:
F – fikringizni bayon qiling: badiiy adabiyotimizning eng qadimiy shakli xalq og‘za
-
ki ijodi hisoblanadi. Muallifning noma‘lumligi, yillar mobaynida aytuvchilar tomonidan
sayqallanib, takomillashib, mukammal shaklga ega bo‘lish xalq og‘zaki ijodi namunala
-
riga xos belgilardir.
54
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
S – sabab xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyotidan ancha ilgari paydo bo‘lgan va yoz
-
ma adabiyotning bunyodga kelishiga zamin hozirlagan va h.k.
M – o‘zbek folklorida turlar quyidagicha:
1) epik tur: mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston va boshqalar;
2) lirik tur: marosim folklorining barcha ko‘rinishlari, bolalar folklorining ko‘pgina
turlari;
3) dramatik tur: og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yini, askiya, xalq teatrlari va shu ka
-
bilar;
4) maxsus tur: maqol, matal, topishmoq;
U – xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, xalq yaratgan barcha asarlar o‘zining
g‘oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan barcha davrlarda qadrlidir
va h.k.
demak, ushbu metod ham ona tili va adabiyot darslarida qo‘llanilsa, o‘quvchilarda
erkin fikrlashni shakllantiradi.
O‘zbekiston respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi
va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013-yil 4-iyundagi “Umumta’lim fanlari
bo‘yicha uzluksiz ta’limning dTS va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma
qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida barcha
fanlar bo‘yicha ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan o‘quvchilarda kompetentlik yonda-
shuvni shakl lantirish maqsadida uzluksiz ta’lim tizimi uchun dTS va o‘quv dasturi qayta
ko‘rib chiqildi.
kompetensiya – mazkur fan bo‘yicha o‘quvchi egallagan nazariy bilim, amaliy
ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalar
-
ni ye chishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
kompetentlik – bilimdonlik, tajribalilik, mas’uliyatlilik kabi boshqa xislat va fazilatlar
tushiniladi.
kompetensiya – ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bo‘lib, ko‘nikma va malaka
-
larni qo‘llay olish qobiliyatini namoyish etishni bildiradi.
Ta’limning barcha bosqichlarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning
kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarida faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kom
-
petensiyasini shakllantirishdan iborat.
Ona tili kommunikativ kompetensiyasi – tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarini muloqot jarayonida qo‘llash qobilyati.
Shu maqsadda o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi:
–
ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetensiya);
–
til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish
(grammatik kompetensiya).
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifo
-
yalanib qolmaydi. Bu ishga keng o‘qituvchilar ommasi ham bosh qo‘shsa, fanning rivoj
-
lanishi ancha yuqori bo‘ladi.
Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo‘llash peda
-
gogika fani va maktabdagi tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga ta’sir qiladi.
ilmiy tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan obyektiv borliqdagi bir butunlikni, ya’ni narsa
va hodisaning qonuniy bog‘ligini aniqlaydigan faoliyat turidir. ilm aniqlagan bilimlar fan
-
ning mulki bo‘lib qoladi.
Yuqorida keltirilgan barcha metodlar darsning sifat va samaradorligini oshirishni
ta’minlaydi. Faqatgina bu usullardan mavzuga mosini tanlab, foydalanish zarur. Chun
-
55
ki dars davomida zamonaviylikka erishishda barcha metodlardan o‘rinsiz va ko‘p foy
-
dalanish ham yaramaydi. Zero, noan’anaviy metodlardan foydalanib dars tashkil qilish
o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, darslarda samarali natijalarga erishish yo‘l
-
laridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |