RUDYARD KIPLING QALAMIGA MANSUB “JUNGLI KITOBI” (“THE JUNGLE BOOK”) ASARIDAGI ZOONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARINI
ESHMAMATOV SAMANDARBEK ILHOM O’G’LI
samandareshmamatov7@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Rudyard Kiplingning qalamiga mansub ’’Jungli Kitobi” asaridagi zoonimlarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazaridan o’quvchi uni anglash uchun ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan zoonimlar to’qima bo’lgani tufayli hayvonlarning nomlaridan oldin ularning asardagi vazifasi hamda xarakteeri o’ylab topilgani, so’ngra uni lingvistik qoliplarga solingan.Shu tufayli maqola tarjimon ularni o’zbek tiliga o’girishdan oldin “etimologik’’, “leksikologik”, “semantik” tahlil qilish uchun qoliplar taklif qilingan.
Kalit so’zlar: zoonimlar, transliteratsiya, tarjima, ingliz o’zbek tarjima Rudyard Kipling
THE PROBLEMS OF TRANSLATING ZOONYMS IN RUDYARD KIPLING’S “THE JUNGLE BOOK” FROM ENGLISH INTO UZBEK
ABSTRACT
This article analyzes the translation of zoonyms from Rudyard Kipling’s “Jungle Book” from English into Uzbek and their essences from a linguistic point of view, taking into account the factors influencing the reader’s understanding of it. Because the zoonyms choosen as objects are texturet, the function and character of the animals were invented before the names of the animals, and then it was put into linguistic patterns. Templates have been proposed for “lexicological”, and “semantic” analysis.
Key words: zoonyms, transliteration, translation, English Uzbek translation Rudyard Kipling
KIRISH
Mazkur maqola Rudyard Kipling qalamiga mansub “Jungli kitobi” “The Jungle Book” asaridagi zoonimlarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish muammolarini tahlil qiladi.
Rudyard Kipling (1865- 1936) ingliz yozuvchisi. Nobel mukofoti laureati . Yoshligi Hindistonda oʻtgan. "Mahkama qoʻshiklari" (1886) sheʼriy toʻplami, "Togʻ hikoyalari" (1888) va "Uch soldat" (1888) novellalari, "Nur soʻndi" (1890), "Kim" (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, ingliz-sakson sivilizatsiyasi madh etilgan.
Kazarma qoʻshiqlari“ (1892), "Yetti dengiz" (1896), "Besh millat" (1903) sheʼriy toʻplamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi "Dovyurak dengiz sayyohlari" (1897), "Shunchaki ertaklar" (1902) qissalari, Maugli sarguzashtlariga bagʻishlangan "Jungli kitobi" (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. "Rikki-Tikki-Tavi" (1964),"Maugli" (1974) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA ISHLANISH METADOLOGIYASI
Mazkur maqola uchun tadqiqot davomida tarjima qiyosiy adabiyot, qarama qarshi tavsifli tarjima va lingvistiik zoonimlarni izohli tahlili, adabiyotning stilistik tahlili ko’rib o’rganib chiqildi.
Transiliteratsiya (lotincha: trans qarshi, orqali va litera- harf)deb bir yozuv tizimidagi tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi. Yangi tarjima jarayonida asl matn tilida keltirilgan atoqli otlar, geografik joy nomlari tarjima qilib bo’lmaydi. Ulardagi ba’zi tovushlarni tarjima tiliga boshqa tovushga o’zgartirilishiga aytiladi.
v
Leksikologiya (leksika va logiya) tilshunoslikning til lug’at tarkibi, ya’ni muayyan bir tilning leksikasini o’rganuvchi bo’lim. Leksikologiya har bir so’zni yolg’iz holda emas, balki boshqa so’zlar bilan bog’lab o’ranadi
Do'stlaringiz bilan baham: |