Ushbu reaksiyada – agglyutininlar (antitelolar)yordamida mikrob, eritrotsit, leykosit, trombotsit, to`qima hujayralari va antigen tutuvchi korpuskulyar zarrachalar elektrolitli( 0,85% nacl eritmasi) muhitda bir-biriga yopishib cho`kmaga tushadi.Bu reaksiya natijasida hosil bo`lgan birikma agglyutinat deyiladi.
Bu usulning sezgirligi yuqori bo`lganligi uchun bakteriya tashib yuruvchilardagi patogen mikroorganizmlarni borligini aniqlash uchun ham q`llaniladi.
Gemmaglyutinatsiya tormozlanish reaksiyasi.
Ko`pgina viruslar eritrotsitlarning yuzasiga yopishish xususiyatiga ega.Natijada eritrotsitlar yuzasi o`zgaradi va ular bir-biri bilan birikib cho`kmaga tushadi.gemagglyutinatsiyani tormozlash reaksiyasi (gatr)immune zardoblarning virus gemaagglyutinatsiyasini to`sishga asoslangan bo`lib, betaraflangan virus eritrorsitga birikmaydi.
Dispers kolloid holatidagi (suyuqliklarda eruvchan) antigen pretsipitinogen deb ataladi.pretsipitinogen bilan qo`shilib elektrolit ishtirokida pretsipitat halqa yoki flokkulat)hosil qiluvchi antitelolar pretsipitinlar deb ataladi.Pretsipitinogen va pretsipitininlar elektrolit birikmasi bilan qo`shilib cho`kma hosil qilishiga pretsipitatsiya reaksiyasi deyiladi.
Yuqori darajadagi sezgirlikka ega.
Pretsipitatsiya reaksiyasi amaliyotda ishlatilad:
1.yuqumli kasalliklar tashxisida
2.ba`zi bakteriyalar tmisol uchun streptokokklar identifikatsiyasi vatipini aniqlashda
3.sud tibbiyotida – qon dog`lari, spermalar turlarini aniqlashda.
5.biologiyada o`simlik navlari, hayvin turlari va mikroorganizm shtammlari orasidagi yaqinlikni aniqlash uchun
Immunoflyuoritsentsiya reaksiyasi.
Reaksiyaning asosi shundaki o`ziga xos antigenlar va flyuorestsent antitana immunoflyuoristsent kompleksni hosil qiladi.bu birikmani lyuministsent mikroskopda nishonda ko`rish mumkin.
Reaksiyadan pathogen mikroorganizmlar indikatsiyasi,organizmlarning antigenli tuzilmasini o`rganishda bemorlar va immunizatsiyalangan hayvonlar qon zardobida antitana turi vatitrini aniqlashda foydalaniladi.
Kumbs reaksiyasi to`liq bo`lmagan bir valentli antitanalarni aniqlash uchun ishlatiladi.bunda rezus musbat eritrotsitlar organizmda sensibilizatsiyalashgan to`liqsiz antirezus antitanalar bilan antiglobulinli zardob ta`sirida gemagglyutinatsiyani sodir qiladi.
Immunoblot reaksiyasi
Immunoblot (ing.immunoblot – immun dog`) – antitelo va antigenlarni aniqlashda ishlatiladigan pretsipitatsiya reaksiyalarida biri.selluloza membranasida mikroorganizm antigenlari elektroforez yordamida bo`lingani uchun molekulyar og`irligi bo`yicha ketma-ket joylashadi.bemor zardobi bilan gomologik antigen birlashganidan so`ng pretsipitatsiya chiziqlari hosil bo`ladi,ular ma`lum bo`yoqlar bilan bo`yaladi.reaksiya natijalariga ko`ra bemor organizmida qanday antigenlarga qarshi antitelolar borligi aniqlanadi.
Gemoliz reaksiyasi
Bu reaksiyada antitelo va komplimentlar eritrotsitlarni eritadi.gemoliz reaksiyasi juda ham maxsus bo`lgani uchun uni komplimentni bog`lash reaksiyasida indicator sifatida ishlatiladi.
Komplementni bog`lash reaksiyasi
Maxsus antitelolar antigen bilan birikkanidan so`ng ularga komplement qo`shiladi.bu reaksiya natijasini ko`rish juda qiyin,shuning uchun intikator sifatida gemolitik omil( qo`y eritrotsitlariga qo`shilgan quyonning antigemolitik immune zardobi) ishlatiladi.
Kbr serologic reaksiyalar ichida antitelo va antigenlarni aniqlashda juda keng qo`llaniladi.yuqori sezgirligi,maxsusligi va umumiyligi uni ko`pgina bakteriya va viruslar qo`zg`atgan KASALLIKLARGA SEROLOGIK TASHXIS QO`YISHDA ISHLATILADI.
MASALAN ZAXM VA RIKKETSIOZLARNING LABORATORIYA TASHXISIDA KBR DAN KENG FOYDALANILADI.
Viruslarni neytrallash reaksiyasi
Emlangan va virusli kasalliklardan sog`aygan odamlar qonida viruslarni neytrallash xususiyatiga ega bo`lgan antitelolar hosil bo`ladi.bunday antitelolarni aniqlash uchun immune zardob gomologik virus bilan aralashtiriladi va moyil tajriba hayvonlariga yuboriladi yoki hujayra kulturasiga qo`shiladi.agar hayvon tirik qolsa yoki virusning sitopatogen ta`siri kuzatilmasa zardobdagi antitelolar viruslarni neytrallagan bo`ladi.bu reaksiya virusologiyada ko`pgina qo`zg`atuvchilarning turi va virusni neytrallaydigan antitelolar titrini aniqlashda ishlatiladi.
Lizis reaksiyasi
Bu reaksiya maxsus antitelolarni o`zgargan hujayra, eritrotsit va bakteriyalar bilan birikib komplement ishtirokida ularni eritib yuborishiga asoslangan.bunday xossaga ega bo`lgan antitelolar “lizinlar” deb ataladi.shunday qilib lizinlarning boshqa antitelolardan farqi, ular faqat komplement ishtirokida antigenga ta`sir ko`rsatadi.