Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”, “Bank va banklar faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Markaziy bankning 1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talabalari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.
Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning meʼyoriy xujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida bank operatsiyalarini aks ettirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qoʻllanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarining roʻyxatidan iboratdir.
Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan barcha operatsiyalari turli hisobvaraqlar rejasiga keltirilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim.
Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining koʻp valyutali tizimiga asoslangan boʻlib, chet el valyutasidagi operatsiyalar belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin boʻlgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi boʻyicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esaYordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta boʻyicha Yordamchi kitoblardagi summalar yigʻindisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yigʻindisiga mos kelishikerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi boʻyicha Bosh va Yordamchi kitoblarda roʻyxatga olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga koʻra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar boʻyicha jami summalari milliy valyutaga oʻtkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar boʻyicha bankning jamlanma (konsolidirovan) balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
Hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashitirish;
Hisob varaqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
Hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashitirish;
Operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema boʻyicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan: