Juft tuyoqlilarning umumiy tavsifi, iqtisodiy ahamiyati mavzusidagi kurs ishi



Download 429,5 Kb.
bet55/56
Sana29.12.2021
Hajmi429,5 Kb.
#80576
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
KURS ISHI. Usmonqulova 203

IV. Xulosa.

Qadim zamonlardan juft tuyoqlilar insonlar hayoti uchun ahamiyatli hisoblangan. Ular inson hayotida xòjalik, iqtisodiy va ozuqaviy ahamiyatga ega bòlib kelgan. Qadimda insonlar hali òtroq hayotga moslashmasliklaridan avval, kòchmanchi hayot kechirishgan. Xatto òsha davrlarda ham insonlar chorvachilik bilan shuĝullanishgan. Ibtidoiy davrlardayoq insonlar yovvoyi hayvonlarni qòlga òrgatib xonakilashtirishgan va ulardan turli maqsadlarda foydalanishgan. Hozirgi kunda ham chorvachilik inson turmush-tarzida òzining alohida òriniga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham juft tuyoqlilar òzining iqtisodiy ahamiyatiga ega. Xususan, yurtimizda chorvachilikni rivojlantirlishi, aholimizni tabiiy-toza mahsulotlar bilan ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar bermoqda. Chorvachilikni yanada rivojlantirishda quyidagi omillarga e'tibor berishimiz lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikning rivojlanishi o’ziga xos xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli mulk shaklidagi chorvachilik xo'jaliklarining faoliyat ko’rsatish, chorva mahsulotlariga davlat harid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha chorvachilik xo’jaliklari o’rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi. Bu esa bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlat, jamoa, shirkat, yordamchi, fermer va dehqon xo'jaliklari bemalol faoliyat ko'rsatishlari mumkin. Bozor iqtisodiyoti nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi. Bu esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari turlarini ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo’jaliklarning erkin raqobat qilishlari uchun xuquqiy va iqtisodiy asoslari yaratib beriladi. Barcha mulk shaklidagi xo'jaliklarda ishlab chikarishni to'g'ri tashkil qilish natijasida chorvachilik mahsulotlarini tannarxini kamaytirish, bozor imkoniyatlaridan kelib chiqib sotishni tashkil qilish, hamda asosiy chorva mahsulotlarini xo’jalikni o’zida qayta ishlab tayyor mahsulot holida sotishni taqoza etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi.

O’zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Uning xuquqiy va iqtisodiy asoslarini hukumat tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyatlar yaratib berdi. Mamlakat chorvachiligida sifat o’zgarishlar ro’y bermoqda, yoki mulk davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilmoqda, bu esa o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ko’plab fermalar xissadorlik, xususiy mulkka aylandi, yangidan minglab fermer va dehqon xo’jaliklari barpo etilmoqda. Mamlakatimizda chorvachilikni taqdirini albatta xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo’jaliklari tashkil qilishi aniq. Yildan-yilga chorva bosh sonlari ko’payib, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chikarish ko’payib bormoqda, bu asosan xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo’jaliklari evaziga ro’y bermoqda. Shunday qilib chorva bosh sonlarining asosiy qismi xususiy mulk egalari hisobiga to’g’ri kelmoqda yoki qoramollarning 85%, sigirlarning 88,2%, qo’ylar va echkilarning 65,7%, cho’chqalarning 39,9% i xususiy mulk egalari qo’lida jamlangan, shu boisdan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham xususiy mulk egalarining nisbati ancha yuqori bo’lmoqda.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan sutning 91,7%, go’shtning 89,7%, tuxumning 64,6%, junning esa 56,9% nodavlat chorvachilik korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Bu jarayon bundan keyin davom etib, nodavlat korxonalar nisbati ortib boraveradi. Ayniqsa fermer va dehqon xo’jaliklarini nisbati ortib boraveradi.

Ixtisoslashgan qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik va parrandachilik fermalari undagi bosh sonlaridan qat’iy nazar, hamda 250 kam bo’lgan qoramolchilik fermalari tarqatiladi va shaxsiy mulk uchun sotiladi. Agarda qoramolchilik fermasida 250 boshdan ko’p qoramol bo’lsa u fermalar fermer xo’jaligiga aylantiriladi. Naslchilik xo’jaliklari va fermalari, baliq xovuzlari va tabiiy suv xavzalari xususiylashtirilmaydi.

Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish uch ildizga suyangan holda olib borilishi shart. Birinchi navbatda mamlakatimizda mustahkam yem-hashak bazasini yaratishdan iborat bo’lib, bu masalani amalga oshirish uchun almashlab ekish. Oraliq va takroriy ekinlar ekishni joriy etish. Xashaki ekinlar hosildorligini oshirish evaziga har gektar xashaki ekin maydonidan 100-150 s. ozuqa olishni ta’minlash kerak. Fermalarni nasldor mollar bilan ta’minlash uchun barcha mulk shaklidagi chorvachilik xo’jaliklariga naslchilik ishlarini andozalar asosida yo’lga qo’yish. Turli mulk shaklidagi xo’jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy kilish asosida jahon andozalari darajasida ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ayniqsa, fermer xo’jaliklarida yangi jahon tajribasida sinovdan o'tgan texnologiyalarni joriy qilish bu sohani faqat obro’yini oshiradi. Mamlakatda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish uchun hayvonlarning mahsuldorligini keskin oshirishni taqoza etadi. Buning uchun mamlakatda har bir sigirdan sog’ib olinayotgan 1557 kg. sutni dastlab hech bo’lmaganda 3000 kg. ga yetkazish, 3 barobar sut yetishtirishni ko’paytirish imkonini beradi va xalqimizni sut mahsulotlariga bo’lgan talabni to’liq qondirishni ta’minlaydi. Go’sht uchun topshiriladigan chorva hayvonlarining o’rtacha vaznini oshirish, bu borada bosh omil bo’lmog’i kerak. Yoki qoramollar vaznini 400-450 kg., qo’ylarini 50 kg., cho’chqalarni 120-130 kg. ga yetkazib go’shtga topshirish ikki barobar go’sht yetishtirishni ko’paytirib xalqimiz talabini qondiradi. Qo’ychilik sohasida, ayniqsa qorako’l qo’ylarini takomillashtirish, barra terini yangi rang barangliklarni yaratish, yoki jaydari qo’ylarni hisor, oloy, saradja zotlari bilan takomillashtirishni aytish mumkin.




Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish